Sanoat qahramonlari — O‘zbekiston sanoatining bugungi qiyofasiO‘zbekiston Mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligining
“Sanoat qahramonlari” maxsus loyihasi davom etmoqda.
🔉
Loyihaning sakkizinchi qahramoni — Nodir Yorqulov, ichimliklar uchun alyuminiy qadoqlar ishlab chiqarish va ichimlik quyish kompleksiga ega
“East Can Solutions” korxonasi savdo bo‘limi rahbari.
🏭Korxona yiliga
600 mln dona alyuminiy banka ishlab chiqarish quvvatiga ega bo‘lib, bugungi kunda mahsulotning
mahalliylashtirish darajasi 75 foizni tashkil etmoqda.
📦 Mazkur mahsulotlar ilgari asosan
Xitoy, Qozog‘iston va Rossiyadan import qilingan. Bugun esa ularning O‘zbekistonda ishlab chiqarilishi ichimlik ishlab chiqaruvchi mahalliy korxonalar uchun ta’minot jarayonini sezilarli darajada tezlashtirish imkonini bermoqda.
⏱️Xususan, avvallari ishlab chiqaruvchilar alyuminiy bankalar importini
bir necha hafta kutishiga to‘g‘ri kelgan bo‘lsa, endilikda zarur mahsulotni bir necha soat ichida yetkazib berish imkoniyati mavjud. Bu ishlab chiqarishni rejalashtirishni optimallashtirish, logistika vaqtini qisqartirish va mahalliy korxonalar o‘rtasidagi kooperatsiyani kuchaytirishga xizmat qilmoqda.
🎬Navbatdagi son orqali ilgari import qilingan mahsulotning bugun O‘zbekistonda ishlab chiqarilishi,
75 foizlik mahalliylashtirish darajasi hamda buning mahalliy ishlab chiqaruvchilar uchun amaliy samarasi bilan yaqindan tanishasiz.
Sanoat qahramonlari. O‘zbekiston sanoatining bugungi qiyofasi.🔹
Sakkizinchi sonni tomosha qiling.🌍Veb-sayt 🔹Telegram 🔹Instagram 🔹Facebook 📹Youtube X 🔹Linkedin