TGViewer
Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligi | ICPPA Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligi | ICPPA @icppa · 4.19K subscribers
Post #832 589
Sanoat qahramonlari — O‘zbekiston sanoatining bugungi qiyofasi

O‘zbekiston Mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligining “Sanoat qahramonlari” maxsus loyihasi davom etmoqda.

⚙️Loyihaning to‘qqizinchi qahramoni — Sayot Qosimov, neft-gaz sanoatida qo‘llaniladigan asbob-uskunalar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan “Kogon Mars Plyus” korxonasi rahbari.

🏭Bugungi kunga kelib korxonada neft-gaz sohasi uchun 700 turdan ortiq asbob-uskunalarni mahalliy sharoitda ishlab chiqarish o‘zlashtirilgan. Mahsulotlarning mahalliylashtirish darajasi 75 foizni tashkil etmoqda.

🔩 Bu orqali ilgari tashqi bozorlardan xarid qilinadigan qator sanoat mahsulotlarini mamlakatimizda ishlab chiqarish, mahalliy korxonalar o‘rtasidagi kooperatsiya aloqalarini kengaytirish va importga qaramlikni qisqartirish imkoniyati yaratilmoqda.

📈 Korxonaning yaqin istiqboldagi asosiy rejalaridan biri — quyuv sexini ishga tushirish. Yangi ishlab chiqarish bosqichining yo‘lga qo‘yilishi korxonaning o‘zida tayyorlanadigan butlovchi qismlar ulushini oshirish hamda mahalliylashtirilayotgan mahsulotlar turini yanada kengaytirish imkonini beradi.

🎬 Navbatdagi son orqali neft-gaz sanoati uchun asbob-uskunalarni mahalliylashtirish jarayoni, 75 foizlik mahalliylashtirish darajasi va korxonaning yangi ishlab chiqarish quvvatlarini yaratish bo‘yicha rejalari bilan yaqindan tanishasiz.

Sanoat qahramonlari. O‘zbekiston sanoatining bugungi qiyofasi.

🔹To‘qqizinchi sonni tomosha qiling.

🌍Veb-sayt 🔹Telegram 🔹Instagram 🔹Facebook 📹Youtube X 🔹Linkedin
  • 🔥 4
  • 👍 3
  • 🙏 3
  • 👏 1
More from @icppa
  1. Oct 12, 2026#Market_Signal 🔊MARKET SIGNAL | QURILISH YELIMLARI: 29,5 MILLION DOLLARLIK IMPORT BOZORI…
  2. Oct 12, 2026🏛️ Agentlikda sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari bo‘yicha maxsus o‘quv kursi boshl…
  3. Oct 12, 2026📢Tadbirkorlar bilan doimiy ochiq muloqotlar yo‘lga qo‘yiladi! Sanoat kooperatsiyasi va da…
  4. Oct 12, 2026Yangi Toshkent haqiqiy “yashil shahar” bo‘lishi shartligi yana bir bor ta’kidlandi. Bu yer…
  5. Oct 12, 2026Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev Yangi Toshkent qurilishini jadallashtirish masalalari yuz…
  6. Oct 12, 2026Bugun Prezident Shavkat Mirziyoyev Yangi Toshkentga tashrif buyurib, bu yerda yirik loyiha…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →