#Sanoat_Qahramonlari
11-qahramon
🩺85 foizgacha mahalliylashtirilgan tibbiyot mahsulotlari
Murakkab tibbiy buyumlarni O‘zbekistonda ishlab chiqarish — nafaqat yangi mahsulotni o‘zlashtirish, balki texnologiya va kompetensiyalarni mamlakat ichida shakllantirish demakdir.
“Sanoat qahramonlari”ning navbatdagi sonida Buxoro viloyatidagi “Tibtexnika” MChJ ish yurituvchisi Matluba Ochilova faoliyati bilan tanishamiz.
🏭1969-yildan buyon faoliyat yuritayotgan korxonada 2018-yilda yurak-qon tomir stentlari ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yildi. Bugungi kunda 7 turdagi kateter mahsulotlari ishlab chiqarilib, ularning mahalliylashtirish ko‘rsatkichi 45–85 foizni tashkil etmoqda.
Korxona bu bilan cheklanib qolmoqchi emas. Keyingi bosqichda mahsulotlar turini 40 taga yetkazish, jumladan, oshqozon-ichak tizimi va miya qon tomirlari uchun stentlar ishlab chiqarish rejalashtirilgan.
🌍 Navbatdagi maqsadlardan yana biri — Pokiston, Afg‘oniston va Bangladeshga eksportni yo‘lga qo‘yish.
🎬Mahalliylashtirish murakkab tibbiy mahsulotlar ishlab chiqarishda qanday natija bermoqda? 11-sonda tomosha qiling.
🌍Veb-sayt 🔹Telegram 🔹Instagram 🔹Facebook 📹Youtube X 🔹Linkedin
Post #835
456