Sanoat qahramonlari — O‘zbekiston sanoatining bugungi qiyofasi
O‘zbekiston Mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligining “Sanoat qahramonlari” maxsus loyihasi davom etmoqda.
🏗 Loyihaning yettinchi qahramoni — Istam To‘rayev, Surxondaryo viloyati Termiz shahrida joylashgan “Surkhon Sendwich” MChJ savdo bo‘limi xodimi.
🏭2016-yilda tashkil etilgan korxona sendvich panellar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan. Joriy yilning dastlabki 7 oyida korxonada 30 mlrd so‘mlik mahsulot ishlab chiqarildi.
🤝 Ishlab chiqarish jarayonida zarur bo‘lgan qurilish xomashyolari respublikaning turli hududlaridagi mahalliy korxonalardan yetkazib beriladi. Bu esa hududlararo sanoat kooperatsiyasi aloqalarini kengaytirish va mahalliy ishlab chiqaruvchilar o‘rtasida barqaror qiymat zanjirini shakllantirishga xizmat qilmoqda.
📈 Korxonaning istiqboldagi rejalari ham ishlab chiqarish ko‘lamini yanada kengaytirishga qaratilgan. Xususan, 2027-yilda 12 mln AQSH dollari miqdorida investitsiya jalb etish va yangi ishlab chiqarish quvvatlarini tashkil etish rejalashtirilgan.
🎬 Navbatdagi son orqali sendvich panellar ishlab chiqarish jarayoni, mahalliy korxonalar o‘rtasidagi kooperatsiya aloqalari hamda korxonaning kelgusidagi investitsiya rejalari bilan yaqindan tanishasiz.
Sanoat qahramonlari. O‘zbekiston sanoatining bugungi qiyofasi.
🔹 Yettinchi sonni tomosha qiling.
🌍Veb-sayt 🔹Telegram 🔹Instagram 🔹Facebook 📹Youtube X 🔹Linkedin
Post #822
462