#Sanoat_Qahramonlari
17-qahramon
100% mahalliylashtirilgan nasoslar — yangi eksport bozorlari sari
Mahalliylashtirish darajasi 100 foizga yetgan nasoslar, 350 dan ortiq mahsulot turi va tashqi bozorlarni kengaytirish maqsadi — Namangandagi korxonaning bugungi sanoat natijalari.
🇺🇿“Sanoat qahramonlari” loyihasining 17-qahramoni Namangan tumani Toshbuloq shaharchasida faoliyat yuritayotgan “NAM MOTOR SERVIS” MCHJ rahbari Sobirjon Bekmirzayev.
🏭Bugungi kunda zavodda 350 turdan ortiq nasoslar hamda 500 turdan ortiq elektr yuritma jihozlari ishlab chiqarilmoqda. Nasoslarning mahalliylashtirish darajasi 100 foizni, elektr yuritma jihozlarida esa 60–70 foizni tashkil etadi.
🤝 Korxona tomonidan tuzilgan shartnomalar hajmi 80 milliard so‘mdan oshgan. Shu bilan birga, ishlab chiqarilgan mahsulotlar tashqi bozorlarga ham yetkazib berilmoqda. Hozirda eksport hajmi 300 ming AQSH dollarini tashkil etmoqda.
🌍 Keyingi maqsad — Tojikiston, Turkmaniston va Qozog‘iston bozorlaridagi ishtirokni kengaytirib, yillik eksport hajmini 1 million dollarga yetkazish.
Qahramonimiz ta’kidlaganidek, mustaqillik tadbirkor uchun — erkin faoliyat yuritish, o‘z ishlab chiqarishini rivojlantirish va dunyo bozoriga mustaqil chiqish imkoniyati.
🎬 350+ turdagi nasos. 100% mahalliylashtirish. Keyingi marra — $1 mln eksport.
Batafsil — “Sanoat qahramonlari”ning 17-sonida.
🌍Veb-sayt 🔹Telegram 🔹Instagram 🔹Facebook 📹Youtube X 🔹Linkedin
Post #857
639