TGViewer
Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligi | ICPPA Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligi | ICPPA @icppa · 4.19K subscribers
Post #851 743
🇺🇿 Hurmatli tadbirkorlar!

Sizlarni Tadbirkorlar kuni bilan samimiy muborakbod etamiz!

Bugun yurtimizda yangi ishlab chiqarishlarni yo‘lga qo‘yish, ilgari import qilingan mahsulotlarni o‘zimizda o‘zlashtirish, sanoat kooperatsiyasini kengaytirish va milliy mahsulotlarimizni tashqi bozorlarga olib chiqishda tadbirkorlarning tashabbusi va mehnati muhim o‘rin tutmoqda.

Sizlarning mehnatingiz sanoat rivoji, kuchli kooperatsiya va raqobatbardosh milliy iqtisodiyotning muhim tayanchidir. Har bir yangi korxona, o‘zlashtirilgan yangi mahsulot va yaratilgan ish o‘rni ortida sizlarning tashabbusingiz, tavakkalingiz va fidokorona mehnatingiz mujassam.

Davlatimiz rahbari ta’kidlaganlaridek, bugungi kunda 1 million 200 ming nafardan iborat O‘zbekiston biznes hamjamiyati yurtimiz iqtisodiy qudratini mustahkamlashda muhim o‘rin tutmoqda. Tadbirkorlarning yuqori daromadli ish o‘rinlarini ko‘paytirishi, qo‘shilgan qiymatni oshirishi, yangi ishlab chiqarishlarni yo‘lga qo‘yishi hamda tashqi bozorlarga jadal kirib borishi uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish bundan buyon ham ustuvor vazifalardan biri bo‘lib qoladi.


Tadbirkorlarning tashabbuslari va yangi loyihalari yurtimiz sanoati rivojida bundan buyon ham muhim o‘rin tutishiga ishonamiz.

Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligi nomidan barcha tadbirkorlarni "Tadbirkorlar kuni" bilan yana bir bor samimiy muborakbod etamiz. Sizlarga mustahkam sog‘lik, oilaviy farovonlik, faoliyatingizda baraka, yangi loyihalar, ulkan zafarlar va muvaffaqiyatlar tilaymiz.

Tadbirkorlar kuni muborak bo‘lsin!

🌍Veb-sayt 🔹Telegram 🔹Instagram 🔹Facebook 📹Youtube X 🔹Linkedin
  • 👍 4
  • 👏 4
  • 🔥 3
  • 🙏 1
More from @icppa
  1. Oct 12, 2026#Market_Signal 🔊MARKET SIGNAL | QURILISH YELIMLARI: 29,5 MILLION DOLLARLIK IMPORT BOZORI…
  2. Oct 12, 2026🏛️ Agentlikda sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari bo‘yicha maxsus o‘quv kursi boshl…
  3. Oct 12, 2026📢Tadbirkorlar bilan doimiy ochiq muloqotlar yo‘lga qo‘yiladi! Sanoat kooperatsiyasi va da…
  4. Oct 12, 2026Yangi Toshkent haqiqiy “yashil shahar” bo‘lishi shartligi yana bir bor ta’kidlandi. Bu yer…
  5. Oct 12, 2026Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev Yangi Toshkent qurilishini jadallashtirish masalalari yuz…
  6. Oct 12, 2026Bugun Prezident Shavkat Mirziyoyev Yangi Toshkentga tashrif buyurib, bu yerda yirik loyiha…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →