Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligida mahalliy ishlab chiqaruvchilar hamda tadbirkorlik subyektlari ishtirokida “Mahalliy ishlab chiqarilgan tovar to‘g‘risidagi sertifikatni rasmiylashtirish jarayoni: muammo va takliflar” mavzusida ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvdan ko‘zlangan asosiy maqsad sertifikatlashtirish jarayonida tadbirkorlar duch kelayotgan masalalarni bevosita o‘rganish, ularning takliflarini tinglash hamda mavjud muammolarga amaliy yechimlar ishlab chiqishdir.
🎤 Muloqot davomida “O‘zbekekspertiza” AJ vakillari tomonidan O‘zbekistonda tovarlarning mahalliy korxonalar tomonidan ishlab chiqarilganligini aniqlash bo‘yicha ekspertiza o‘tkazish tartibi, mahalliy ishlab chiqarilganlik mezonlari, mahalliy ishlab chiqarilgan tovar to‘g‘risidagi sertifikatni rasmiylashtirish jarayoni va xizmat uchun to‘lov tartibi yuzasidan batafsil tushuntirishlar berilib, taqdimot qilindi.
Ochiq muloqotda Toshkent shahridagi tadbirkorlar bilan bir qatorda, respublikaning turli hududlaridan 70 ga yaqin mahalliy ishlab chiqaruvchilar va tadbirkorlik subyektlarining onlayn tarzda muloqotda qatnashishi ta’minlandi.
➡️ Batafsil
🌍Veb-sayt 🔹Telegram 🔹Instagram 🔹Facebook 📹Youtube X 🔹Linkedin



