🔊 Ochiq muloqotda onlayn ishtirok eting!
Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligida “Mahalliy ishlab chiqarilgan tovar to‘g‘risida”gi sertifikatni rasmiylashtirish jarayoni: muammo va takliflar mavzusida tadbirkorlar bilan ochiq muloqot o‘tkaziladi.
🎤 Muloqot davomida sertifikatlashtirish jarayonida mahalliy ishlab chiqaruvchilar duch kelayotgan muammolar, sertifikat olish bilan bog‘liq to‘lovlar hamda boshqa amaliy masalalar muhokama qilinadi.
Tadbirkorlarning taklif va mulohazalari tinglanib, mavjud muammolarni bartaraf etish bo‘yicha amaliy takliflar ishlab chiqiladi.
🗓 20-avgust, 2026-yil
⏱ Soat 16:00
💻 Ochiq muloqotda onlayn ishtirok etish:
🔗 Zoom havolasi.
Mahalliy ishlab chiqaruvchilar va tadbirkorlik subyektlarini ochiq muloqotda faol ishtirok etishga taklif qilamiz.
Veb-sayt 🔹Telegram 🔹Instagram 🔹Facebook 📹Youtube X 🔹Linkedin
Post #848
2.17K

- 👍 3
- 🔥 3
- 👏 3
- ❤ 1