#Sanoat_Qahramonlari
14-qahramon
💊Yangi korxona — 25 turdagi dori vositasi
🇺🇿“Sanoat qahramonlari” loyihasining 14-qahramoni — Ahadxon Muhammadov, “Nano Pharmaceuticals” MChJ direktori.
✔️ Korxonada bugungi kunda 25 turdagi dori vositalari ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilgan.
🏭Korxonaning dastlabki loyihasi ampula shaklidagi dori vositalarini ishlab chiqarishga ixtisoslashgan. Bugungi kunda ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning mahalliylashtirish darajasi 50 foizni tashkil etib, korxona ichki bozorni zarur dori vositalari bilan ta’minlashga o‘z hissasini qo‘shmoqda.
Ammo bu — loyihaning birinchi bosqichi.
📈 Keyingi bosqichlarda qo‘shimcha ishlab chiqarish sexlarini ishga tushirib, tabletka va surtma dori vositalari kabi yangi mahsulotlarni o‘zlashtirish rejalashtirilgan. 2027-yildan esa eksport yo‘nalishini rivojlantirish korxonaning ustuvor maqsadlaridan biri etib belgilangan.
🎬 Yanvarda ishga tushgan ishlab chiqarish. 25 turdagi dori. 50% mahalliylashtirish. Oldinda — yangi sexlar va eksport.
Batafsil — “Sanoat qahramonlari”ning 14-sonida.
🌍Veb-sayt 🔹Telegram 🔹Instagram 🔹Facebook 📹Youtube X 🔹Linkedin
Post #852
593