TGViewer
Channel Public Channel
Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligi | ICPPA

Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligi | ICPPA

@icppa

📍100022, Toshkent sh., Nukus 52

Veb-sayt: https://gov.uz/uz/icppa
Elektron pochta: info@icppa.uz
Bog’lanish: @Icppa_aloqa_bot

Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligining ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari — https://skdxuzb.taplink.ws
Subscribers
4.23K
Photos
913
Videos
261
Links
703

Showing posts older than #616 · Back to latest

Older Posts 12 shown
Post #615 633
🔊“Milliy sanoat zanjiri” ko‘rgazmasiga 7️⃣ kun qoldi

Joriy yilning 15–16-iyul kunlari Samarqand viloyati, Jomboy tumanidagi “Sof Expo” ko‘rgazma markazida transport sohasiga bag‘ishlangan “Milliy sanoat zanjiri” ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi.

Ko‘rgazmada yirik davlat va korporativ buyurtmachilarning mavjud va istiqboldagi xarid ehtiyojlari taqdim etiladi. Mahalliy ishlab chiqaruvchilar esa o‘z mahsulotlari, butlovchi qismlari, texnologik yechimlari hamda import o‘rnini bosuvchi ishlanmalarini namoyish etish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

Tadbir doirasida davlat xaridlari, mahalliylashtirish, sanoat kooperatsiyasi, logistika va investitsiyalar yo‘nalishlari bo‘yicha amaliy uchrashuvlar hamda B2B va B2G muloqotlar tashkil etiladi.

⏱️ Ro‘yxatdan o‘tish

👨‍💻 Ishtirokchilar QR-kod yoki havola orqali ro‘yxatdan o‘tishlari mumkin.

🌍Veb-sayt 🔹Telegram 🔹Instagram 🔹Facebook 📹Youtube X 🔹Linkedin
  • 👍 5
  • 🔥 4
  • 👏 4
  • 🫡 1
Post #614 3.24K
✔️“UZCERTEXPERT” AXBOROT PLATFORMASINING YANGILANGAN TALQINI ISHGA TUSHDI

“O‘zbekekspertiza” AJ tomonidan mahalliy ishlab chiqarilgan tovarlarni sertifikatlashtirish jarayonini yanada qulay, tezkor, shaffof va xavfsiz tashkil etish maqsadida “UzCertExpert” axborot platformasining takomillashtirilgan talqini ishga tushirildi.

Yangi platforma tadbirkorlarga arizalarni masofadan turib topshirish, ularning ko‘rib chiqilish jarayonini kuzatish va tayyor sertifikatni elektron shaklda olish imkonini beradi.

🟢 Foydalanuvchilar platforma orqali:
- ariza va zarur hujjatlarni onlayn topshirishi;
- ariza holatini real vaqt rejimida kuzatishi;
- hujjatlarni elektron raqamli imzo orqali tasdiqlashi;
- mahsulot va ishlab chiqarish jarayoniga oid foto - hamda videolarni biriktirishi;
- tayyor sertifikatni elektron shaklda yuklab olishi;
- sertifikatning haqiqiyligini QR-kod orqali tekshirishi mumkin.

✅ Platformaga kirish OneID va E-IMZO orqali amalga oshiriladi. Bu foydalanuvchini ishonchli identifikatsiya qilish, shaxsiy ma’lumotlar hamda hujjatlar xavfsizligini ta’minlashga xizmat qiladi.

“UzCertExpert” platformasi orqali sertifikat olish jarayoni 4 ta oddiy bosqichdan iborat:
➡️ Ariza yuborish
Kerakli xizmat turi tanlanadi va ariza hamda zarur hujjatlar onlayn topshiriladi.
➡️ Ekspertiza
Mutaxassislar taqdim etilgan hujjatlarni ko‘rib chiqadi va tegishli xulosani tayyorlaydi.
➡️ Elektron tasdiqlash
Tayyorlangan hujjat elektron raqamli imzo bilan tasdiqlanadi.
➡️ Sertifikatni olish
Tayyor sertifikat elektron shaklda yuklab olinadi va uning haqiqiyligi QR-kod orqali tekshiriladi.


Tizimda arizalarni ekspertlarning amaldagi ish yuklamasiga qarab avtomatik taqsimlash mexanizmi joriy etildi. Bu ekspertlar o‘rtasida ish hajmini mutanosib taqsimlash va arizalarni ko‘rib chiqish muddatlarini qisqartirish imkonini beradi.

Shuningdek, mahalliylashtirish darajasini avtomatik hisoblash funksiyasi yaratildi. Ushbu imkoniyat inson omilini kamaytirish, hisob-kitoblarning xolisligi va jarayonlarning shaffofligini oshirishga xizmat qiladi.

Mahsulot va ishlab chiqarish jarayoniga oid foto hamda videolarni arizaga biriktirish imkoniyati esa ayrim holatlarda ishlab chiqarish jarayonlarini masofadan turib o‘rganish uchun sharoit yaratadi.

Mahalliy ishlab chiqarilgan tovarlarni sertifikatlashtirish bo‘yicha arizalarni quyidagi manzil orqali yuborish mumkin:
🌐 Platforma:
https://app.expertiza.uz

📞 Qo‘llab-quvvatlash xizmati kontaktlari:
https://app.expertiza.uz/responsibles

🎬 Platformadan foydalanish bo‘yicha videoqo‘llanma:
https://www.youtube.com/watch?v=47SkWRca4w4

🌍Veb-sayt 🔹Telegram 🔹Instagram 🔹Facebook 📹Youtube X 🔹Linkedin
  • 👍 5
  • 👏 5
  • 🔥 4
  • 🫡 1
Post #613 3.98K
✅Tadbirkorlar bilan ochiq muloqotlar davom etmoqda

Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligining tadbirkorlar bilan ochiq muloqotlari respublika bo'ylab davom etmoqda. Navbatdagi ertaga 8-iyul kuni Amudaryo tumanida o'tkaziladi.

✔️Agentlikning loyiha ofisi mas'ullari quyidagi hududlardan bevosita ishtirok etadi:
Mirishkor, Toyloq, Boysun, Ohangaron, Bektemir tumanlari, Marg'ilon, Nukus, Bekobod shaharlari

🎤 Savol yoki takliflaringiz bormi?
Murojaat va takliflaringizni @Icppa_aloqa_bot orqali yuborishingiz mumkin. Mutaxassislar tomonidan bevosita javob beriladi.

➡️ 8-iyul 2026-yil,
⚫️ Soat 11:00 da
📌 Amudaryo tumanida

🎥Ochiq muloqotda onlayn ishtirok etish.

🔴Eslatib o'tamiz may–iyul oylarida 208 ta hududda uchrashuvlar bo'lib o'tadi.

🌍Veb-sayt 🔹Telegram 🔹Instagram 🔹Facebook 📹Youtube X 🔹Linkedin
  • 🔥 4
  • 👏 4
  • 👍 3
  • ❤ 1
  • 🫡 1
Post #612 2.35K
🔴"Milliy sanoat zanjiri" ko‘rgazmasida ishtirok etish uchun ro‘yxatdan o‘ting

Avval xabar berganimizdek, joriy yilning 15–16-iyul kunlari Samarqand viloyati, Jomboy tumanidagi "Sof Expo" ko‘rgazma markazida Transport sohasi yo‘nalishida "Milliy sanoat zanjiri" ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi.

Mazkur ko‘rgazma Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligi, Transport vazirligi hamda transport sohasining yirik davlat buyurtmachilari va tarmoq korxonalari hamkorligida tashkil etilmoqda.

➡️ Ko‘rgazmada transport sohasidagi yirik davlat buyurtmachilarining mavjud va istiqboldagi xarid ehtiyojlari taqdim etiladi. Shuningdek, mahalliy ishlab chiqaruvchilar o‘z mahsulotlari, butlovchi qismlari, texnologik yechimlari va import o‘rnini bosuvchi ishlanmalarini namoyish etish imkoniyatiga ega bo‘ladi.


🤝 Tadbir doirasida davlat xaridlari, mahalliylashtirish, sanoat kooperatsiyasi, investitsiyalar, logistika va yangi ishlab chiqarish loyihalari bo‘yicha amaliy uchrashuvlar hamda B2B va B2G muloqotlar tashkil etiladi.

✍️ Ko‘rgazmada ishtirok etish uchun yuqoridagi QR-kod yoki quyidagi havola orqali ro‘yxatdan o‘ting.

➡️ Ro‘yxatdan o‘tish

🗓 15–16-iyul 2026-yil
🌐 Samarqand viloyati, Jomboy tumani,
"Sof Expo" ko‘rgazma markazi


🌍Veb-sayt 🔹Telegram 🔹Instagram 🔹Facebook 📹Youtube X 🔹Linkedin
  • 👏 4
  • 🫡 3
  • ❤ 2
  • 🔥 2
  • 👍 1
Post #611 576
Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida Toshkent shahri, xususan, Sergeli tumanini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va mahallalarda xavfsiz muhit yaratish masalalari yuzasidan videoselektor yig‘ilishi boshlandi.

Bu yil Sergelini rivojlantirish uchun budjetdan 173 milliard so‘m, banklar orqali 2 trillion 200 milliard so‘m resurs ajratilgan. Tuman hokimi va mutasaddilarga ushbu mablag‘larni samarali ishlatib, qo‘shilgan qiymatni 2-3 karra oshirish bo‘yicha rejalarni amalga oshirish vazifasi qo‘yildi.

Joriy yil tuman hokimlari jami 9 milliard dollarlik investitsiyaviy loyihalarni amalga oshirishi belgilangan. Sergelining o‘ziga o‘tgan besh oyda 236 million dollar investitsiya kiritildi. Yil yakunigacha 60 ta loyihani boshlash hisobidan yana 750 million dollar investitsiya jalb qilish rejalashtirilgan.

Poytaxt sharoitida sanoat loyihalarini joylashtirishda yer masalasi eng katta muammo ekani ko‘rsatib o‘tildi. Shu bois, “Yangi avlod” sanoat zonasidan poytaxtning 12 ta tumaniga joy ajratish va investitsiya, sanoat, ish o‘rni, eksport hamda budjet tushumi ko‘rsatkichlarini loyiha qilgan tumanning o‘ziga yoziladigan tizimni joriy etish topshirildi.

🌍Veb-sayt 🔹Telegram 🔹Instagram 🔹Facebook 📹Youtube X 🔹Linkedin
  • 👏 5
  • 👍 4
  • 🔥 4
Post #609 435
🏛️ HAFTALIK DAYJEST | 29-iyundan 3-iyulgacha, 2026-yil

Hafta davomida Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligi tomonidan quyidagi muhim tadbirlar amalga oshirildi:

🇺🇿 🇩🇪 Agentlikda Germaniyaning xalqaro hamkorlik tashkiloti GIZ hamda ACT Global xalqaro ekspertlari ishtirokida barqaror davlat xaridlari (Sustainable Public Procurement – SPP) tizimini rivojlantirishga bag‘ishlangan ikki kunlik ilk missiya bo‘lib o‘tdi.

🤝 The Asia Foundation (TAF) vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Tomonlar davlat xaridlari tizimini takomillashtirish, institutsional salohiyatni mustahkamlash hamda ilm-fan, ta'lim va sanoat integratsiyasini rivojlantirish yo‘nalishlaridagi istiqbolli hamkorlik masalalarini muhokama qildilar.

📑 Oʻzlashtirishga tavsiya etiladigan raqobatbardosh mahsulotlar roʻyxati eʼlon qilindi.

🇺🇿 🇫🇷 Expertise France va AFD bilan yashil davlat xaridlarini rivojlantirish bo‘yicha ustuvor yo‘nalishlar belgilandi.

✔️ Transport sohasida o'tkaziladigan "Milliy sanoat zanjiri" ko‘rgazmasi ishtirokchilari uchun ro‘yxatdan o‘tish boshlandi!

🎤 Agentlik direktori rahbarligida yirik davlat korxonalari hamda davlat xaridlari elektron tizimi operatorlari ishtirokida davlat xaridlari, sanoat kooperatsiyasi va mahalliylashtirish yo‘nalishlaridagi dolzarb masalalarga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazildi.

📍 Sirdaryo viloyatining Sayxunobod tumanida tadbirkorlar bilan ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi.

💬 Filtr mahsulotlari ishlab chiqaruvchilari va yirik isteʼmolchi tarmoqlar oʻrtasida hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilindi.

🇺🇿🇫🇷Agentlikda Expertise France hamda Fransiya taraqqiyot agentligi (AFD) ekspertlari ishtirokida yashil davlat xaridlarini rivojlantirishga bag‘ishlangan navbatdagi amaliy trening bo‘lib o‘tdi.

🇺🇿🇨🇳Agentlik direktori Xitoy Xalq Respublikasining O‘zbekiston Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor Elchisi bilan uchrashdi.

🌍Veb-sayt 🔹Telegram 🔹Instagram 🔹Facebook 📹Youtube X 🔹Linkedin
  • 👍 5
  • 🔥 4
  • 🫡 3
Post #605 493
📍 Mahalliylashtirish dasturi ijrosi: loyihalar joyiga chiqqan holda o‘rganilmoqda

Mamlakatimizda sanoatni rivojlantirish, import o‘rnini bosuvchi mahsulotlar ishlab chiqarish hajmini kengaytirish hamda mahalliylashtirish dasturi ijrosini ta’minlash maqsadida Agentlik mas’ul xodimlari tomonidan tarmoq korxonalarida amalga oshirilayotgan ishlar tizimli ravishda o‘rganilmoqda.

🎤 Shu munosabat bilan mahalliylashtirish dasturiga kiritilgan “O‘zbekgidroenergo” AJ tasarrufidagi “UzHydroPower” zavodida gidroelektr stansiyalari uchun mo‘ljallangan uskunalarni ishlab chiqarish jarayonlari joyiga chiqqan holda o‘rganildi. O‘rganishlar davomida ishlab chiqarish quvvatlari, texnologik jarayonlar hamda istiqbolli rejalar tahlil qilindi.

➡️ Shuningdek, korxona tomonidan o‘zlashtirilishi rejalashtirilgan import o‘rnini bosuvchi mahsulotlar nomenklaturasi, ularni mahalliy xomashyo va resurslar asosida ishlab chiqarish imkoniyatlari, ishlab chiqarish quvvatlarini kengaytirish hamda mahsulotlarni mahalliylashtirish darajasini oshirish masalalari muhokama qilindi.

Uchrashuv davomida tarmoq ehtiyojlari uchun zarur bo‘lgan butlovchi qismlar va texnologik jihozlarni mahalliy korxonalarda ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish, boshqa tarmoq korxonalari bilan sanoat kooperatsiyasi aloqalarini rivojlantirish hamda o‘zaro manfaatli hamkorlikni kengaytirish yuzasidan amaliy takliflar ko‘rib chiqildi.

🤝 Muloqot yakunida mahalliylashtirish darajasini oshirish, ishlab chiqarish samaradorligini yuksaltirish, mahsulot sifatini xalqaro talablar darajasiga yetkazish hamda yangi kooperatsiya zanjirlarini shakllantirish bo‘yicha ustuvor vazifalar belgilab olindi.

🌍Veb-sayt 🔹Telegram 🔹Instagram 🔹Facebook 📹Youtube X 🔹Linkedin
  • 👍 5
  • 👏 5
  • 🔥 2
  • 🫡 1
Post #601 577
🇺🇿 🇨🇳Xitoy bilan sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari sohasida hamkorlikning yangi yo‘nalishlari muhokama qilindi

Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligida Xitoy Xalq Respublikasining O‘zbekiston Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor Elchisi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

🎤 Uchrashuv davomida Agentlikning asosiy faoliyat yo‘nalishlari, vakolatlari hamda sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari tizimini rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan islohotlar taqdim etildi. Shuningdek, 2030-yilgacha davlat xaridlari tizimini rivojlantirishning ustuvor maqsad va vazifalari yuzasidan ma'lumot berildi.

Tomonlar sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari sohalarida o‘zaro hamkorlikni rivojlantirish istiqbollarini muhokama qildilar. Xususan:
✔️ xalqaro ekspertlar va maslahatchilarni jalb etish;
✔️ tajriba almashish dasturlarini yo‘lga qo‘yish;
✔️ qo‘shma seminar va treninglarni tashkil etish;
✔️ davlat xaridlari hamda sanoat kooperatsiyasi tizimini xalqaro ilg‘or tajribalar asosida kompleks tahlil qilish masalalari yuzasidan fikr almashildi.


Shuningdek, istiqbolli loyihalarni amalga oshirishda moliyaviy va ekspert ko‘magini yo‘lga qo‘yish hamda mazkur yo‘nalishlarda amaliy hamkorlikni kengaytirish imkoniyatlari ham ko‘rib chiqildi.

➡️ Uchrashuv yakunida hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlarini belgilash, qo‘shma loyihalar portfelini shakllantirish, ularni amalga oshirish mexanizmlarini ishlab chiqish hamda navbatdagi ishchi uchrashuvlarni tashkil etish bo‘yicha o‘zaro anglashuvga erishildi.

🌍Veb-sayt 🔹Telegram 🔹Instagram 🔹Facebook 📹Youtube X 🔹Linkedin
  • 👍 8
  • 🔥 4
  • 🫡 3
Post #600 482
🇺🇿🇫🇷Expertise France: O‘zbekiston yashil davlat xaridlariga bosqichma-bosqich o‘tmoqda

Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligida Expertise France hamda Fransiya taraqqiyot agentligi (AFD) ekspertlari ishtirokida yashil davlat xaridlarini rivojlantirishga bag‘ishlangan navbatdagi amaliy trening bo‘lib o‘tdi.

Trening davomida yashil davlat xaridlarini joriy etishning xalqaro tajribasi, ekologik mezonlarni davlat xaridlariga integratsiya qilish, elektron platformalarni takomillashtirish hamda ushbu tizimni amaliyotga bosqichma-bosqich joriy etish masalalari muhokama qilindi.

✔️ Expertise France tashkilotining barqaror davlat xaridlari bo‘yicha yetakchi eksperti Farid Yaker ta'kidlaganidek, O‘zbekiston bilan hamkorlikning asosiy maqsadi mamlakatda yashil davlat xaridlarini izchil rivojlantirish hamda kelgusi yillarda davlat xaridlarida yashil xaridlar ulushini bosqichma-bosqich oshirishdan iborat.


Shuningdek, ekspertlar ekologik ta'siri yuqori bo‘lgan mahsulot toifalarini belgilash, elektron davlat xaridlari portalida yashil xaridlarni identifikatsiya qilish mexanizmlarini joriy etish hamda xalqaro tajribani milliy tizimga moslashtirish bo‘yicha amalga oshiriladigan navbatdagi vazifalar yuzasidan fikr almashdilar.

🤝 Mazkur hamkorlik O‘zbekistonda davlat xaridlari tizimini xalqaro standartlar asosida takomillashtirish, yashil iqtisodiyot tamoyillarini keng joriy etish hamda davlat buyurtmachilarining institutsional salohiyatini oshirishga xizmat qiladi.

🌍Veb-sayt 🔹Telegram 🔹Instagram 🔹Facebook 📹Youtube X 🔹Linkedin
  • 👍 7
  • 🔥 3
  • 👏 2
  • 😍 1
  • 🫡 1
Post #596 428
✔️ Filtr mahsulotlari ishlab chiqaruvchilari va yirik isteʼmolchi tarmoqlar oʻrtasida hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilindi

💬 Bugun Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligida import oʻrnini bosuvchi mahsulotlar ishlab chiqarishni kengaytirish, mahalliy sanoat korxonalari oʻrtasida kooperatsiyani mustahkamlash hamda davlat xaridlarida mahalliy mahsulotlar ulushini oshirish masalalariga bagʻishlangan amaliy muloqot boʻlib oʻtdi.

Tadbirda filtr mahsulotlari ishlab chiqaruvchi mahalliy korxonalar, yirik sanoat tarmoqlari, davlat ishtirokidagi korxonalar hamda tegishli tashkilotlar vakillari ishtirok etdi.
Uchrashuvda mamlakatimizda filtr mahsulotlariga boʻlgan talab, mavjud ishlab chiqarish quvvatlari, import hajmlari, mahalliylashtirish imkoniyatlari va yirik isteʼmolchi korxonalar ehtiyojlarini mahalliy mahsulotlar hisobidan taʼminlash masalalari muhokama qilindi.

🎤 Taʼkidlanganidek, soʻnggi yillarda mahalliy korxonalar tomonidan avtomobil, sanoat, energetika, neft-gaz, kimyo va boshqa tarmoqlar uchun turli xil filtr mahsulotlarini ishlab chiqarish oʻzlashtirilgan. Shu bilan birga, mahalliy ishlab chiqarish quvvatlarini kengaytirish, kooperatsiya aloqalarini mustahkamlash va yangi turdagi mahsulotlarni oʻzlashtirish boʻyicha mavjud imkoniyatlar muhokama qilindi.

💬 Muloqot davomida mahalliy ishlab chiqaruvchilar va yirik isteʼmolchilar oʻrtasida uzoq muddatli hamkorlikni yoʻlga qoʻyish, mahsulotlarning texnik talablarga muvofiqligini taʼminlash, sertifikatlash masalalarini hal etish, davlat xaridlarida mahalliy mahsulotlar ishtirokini kengaytirish hamda texnik topshiriqlarni raqobat muhitini taʼminlaydigan tarzda shakllantirish yuzasidan fikr almashildi.

Shuningdek, elektron kooperatsiya platformalari imkoniyatlaridan samarali foydalanish, mahalliylashtirish imkoniyatlarini kengaytirish va import oʻrnini bosuvchi yangi turdagi filtr mahsulotlarini ishlab chiqarish boʻyicha amaliy takliflar koʻrib chiqildi.


🤝 Tadbir yakunida mahalliy ishlab chiqaruvchilar va yirik isteʼmolchilar oʻrtasida doimiy muloqot mexanizmlarini yoʻlga qoʻyish, kooperatsiya aloqalarini mustahkamlash hamda raqobatbardosh mahalliy mahsulotlar ishlab chiqarishni kengaytirish boʻyicha hamkorlikni izchil davom ettirish yuzasidan kelishuvlarga erishildi.

🌍Veb-sayt 🔹Telegram 🔹Instagram 🔹Facebook 📹Youtube X 🔹Linkedin
  • 👍 9
  • 🫡 3
  • 🔥 2
Older posts →
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →