📍 Mahalliylashtirish dasturi ijrosi: loyihalar joyiga chiqqan holda o‘rganilmoqda
Mamlakatimizda sanoatni rivojlantirish, import o‘rnini bosuvchi mahsulotlar ishlab chiqarish hajmini kengaytirish hamda mahalliylashtirish dasturi ijrosini ta’minlash maqsadida Agentlik mas’ul xodimlari tomonidan tarmoq korxonalarida amalga oshirilayotgan ishlar tizimli ravishda o‘rganilmoqda.
🎤 Shu munosabat bilan mahalliylashtirish dasturiga kiritilgan “O‘zbekgidroenergo” AJ tasarrufidagi “UzHydroPower” zavodida gidroelektr stansiyalari uchun mo‘ljallangan uskunalarni ishlab chiqarish jarayonlari joyiga chiqqan holda o‘rganildi. O‘rganishlar davomida ishlab chiqarish quvvatlari, texnologik jarayonlar hamda istiqbolli rejalar tahlil qilindi.
➡️ Shuningdek, korxona tomonidan o‘zlashtirilishi rejalashtirilgan import o‘rnini bosuvchi mahsulotlar nomenklaturasi, ularni mahalliy xomashyo va resurslar asosida ishlab chiqarish imkoniyatlari, ishlab chiqarish quvvatlarini kengaytirish hamda mahsulotlarni mahalliylashtirish darajasini oshirish masalalari muhokama qilindi.
Uchrashuv davomida tarmoq ehtiyojlari uchun zarur bo‘lgan butlovchi qismlar va texnologik jihozlarni mahalliy korxonalarda ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish, boshqa tarmoq korxonalari bilan sanoat kooperatsiyasi aloqalarini rivojlantirish hamda o‘zaro manfaatli hamkorlikni kengaytirish yuzasidan amaliy takliflar ko‘rib chiqildi.
🤝 Muloqot yakunida mahalliylashtirish darajasini oshirish, ishlab chiqarish samaradorligini yuksaltirish, mahsulot sifatini xalqaro talablar darajasiga yetkazish hamda yangi kooperatsiya zanjirlarini shakllantirish bo‘yicha ustuvor vazifalar belgilab olindi.
🌍Veb-sayt 🔹Telegram 🔹Instagram 🔹Facebook 📹Youtube X 🔹Linkedin
Post #605
493




- 👍 5
- 👏 5
- 🔥 2
- 🫡 1