TGViewer
Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligi | ICPPA Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligi | ICPPA @icppa · 4.23K subscribers
Post #587 7.87K
🔴Transport sohasida "Milliy sanoat zanjiri" ko‘rgazmasi ishtirokchilari uchun ro‘yxatdan o‘tish boshlandi!

Joriy yilning 15–16-iyul kunlari Samarqand viloyati, Jomboy tumanidagi "Sof Expo" ko‘rgazma markazida Transport sohasi yo‘nalishida "Milliy sanoat zanjiri" ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi.

Mazkur ko‘rgazma Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligi, Transport vazirligi hamda transport sohasining yirik davlat buyurtmachilari va tarmoq korxonalari hamkorligida tashkil etilmoqda.

➡️ Ko‘rgazmada transport sohasidagi yirik davlat buyurtmachilarining mavjud va istiqboldagi xarid ehtiyojlari taqdim etiladi. Shuningdek, mahalliy ishlab chiqaruvchilar o‘z mahsulotlari, butlovchi qismlari, texnologik yechimlari va import o‘rnini bosuvchi ishlanmalarini namoyish etish imkoniyatiga ega bo‘ladi.


🤝 Tadbir doirasida davlat xaridlari, mahalliylashtirish, sanoat kooperatsiyasi, investitsiyalar, logistika va yangi ishlab chiqarish loyihalari bo‘yicha amaliy uchrashuvlar hamda B2B va B2G muloqotlar tashkil etiladi.

✍️ Ko‘rgazmada ishtirok etish uchun yuqoridagi QR-kod yoki quyidagi havola orqali ro‘yxatdan o‘ting.

➡️ Ro‘yxatdan o‘tish

🗓 15–16-iyul 2026-yil
🌐 Samarqand viloyati, Jomboy tumani,
"Sof Expo" ko‘rgazma markazi


🌍Veb-sayt 🔹Telegram 🔹Instagram 🔹Facebook 📹Youtube X 🔹Linkedin
  • 👍 5
  • 🔥 4
  • 🫡 3
  • ❤ 1
More from @icppa
  1. Oct 16, 2026🔴 Suyultirilgan gaz yetkazib berishda davlat monopoliyasi tugatiladi ❗️ Prezident Shavkat…
  2. Oct 16, 2026✔️ O‘quv kursi doirasida TMK va “Chirchiq” texnoparkiga sayyor mashg‘ulotlar tashkil etild…
  3. Oct 16, 2026🏛️ Jizzaxdagi “Milliy sanoat zanjiri” ko‘rgazmasi qanday natijalar berdi? Avtomobilsozlik…
  4. Oct 16, 2026Xitoyning “China Energy” kompaniyasi 8 ta energiya saqlash stansiyasi qurilishida qariyb 4…
  5. Oct 16, 2026Davlatimiz rahbari O‘zbekiston xalqaro energetika hamkorligiga o‘z salohiyati bilan kirib…
  6. Oct 16, 2026Prezident Shavkat Mirziyoyev yoqilg‘i-energetika sohasidagi investorlar bilan ochiq muloqo…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →