Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligining tadbirkorlar bilan ochiq muloqotlari davom etmoqda. 2-iyul kuni navbatdagi uchrashuv Sirdaryo viloyatining Sayxunobod tumanida bo‘lib o‘tdi.
Unda "Raqamli transformatsiya markazi" MChJ, "O‘zbekekspertiza" AJ, Agentlikning hududiy loyiha ofisi hamda tegishli tashkilotlar vakillari ishtirok etdi.
📈 Ochiq muloqotda 30 dan ortiq tadbirkorlik subyekti vakillari bevosita qatnashdi. Shuningdek, 11 ta hududiy studiya orqali 60 nafar tadbirkor jarayonga onlayn ulandi.
🔉 Muloqot davomida 16 ta muammo va taklif ko‘rib chiqildi:
✅ 5 tasi joyida hal etildi;
💬 3 ta masala yuzasidan tushuntirishlar berildi;
📍 8 ta murojaat vakolatli tashkilotlarga ko‘rib chiqish va hal etish uchun yo‘naltirildi.
Muloqot davomida davlat xaridlari, sanoat kooperatsiyasi va mahalliylashtirish yo‘nalishlarida tadbirkorlarni qiynayotgan masalalar yuzasidan fikr almashilib, ularni bartaraf etish bo‘yicha amaliy takliflar muhokama qilindi.
Mazkur ochiq muloqotlar O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti bilan tadbirkorlarning VI Ochiq muloqotiga tayyorgarlik doirasida izchil davom etmoqda. Asosiy maqsad hududlardagi tadbirkorlik subyektlarining muammolarini joyida o‘rganish, amaliy yechimlar ishlab chiqish hamda tadbirkorlik muhitini yanada yaxshilashga xizmat qiladigan takliflarni shakllantirishdan iborat.
🌍Veb-sayt 🔹Telegram 🔹Instagram 🔹Facebook 📹Youtube X 🔹Linkedin



