TGViewer
Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligi | ICPPA Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligi | ICPPA @icppa · 4.22K subscribers
Post #572 489
✔️ Institutsional rivojlanish va davlat xaridlari sohasidagi hamkorlik masalalari muhokama qilindi

30-iyun kuni Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligida The Asia Foundation (TAF) vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Tomonlar davlat xaridlari tizimini takomillashtirish, institutsional salohiyatni mustahkamlash hamda ilm-fan, ta'lim va sanoat integratsiyasini rivojlantirish yo‘nalishlaridagi istiqbolli hamkorlik masalalarini muhokama qildilar.

🎤 Uchrashuv avvalida Agentlik direktori tomonidan mamlakatimizda davlat xaridlari tizimini takomillashtirish, sanoatni rivojlantirish, ilm-fan va innovatsiyalarni qo‘llab-quvvatlash hamda inson kapitalini rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan islohotlar haqida ma'lumot berildi. O‘z navbatida, The Asia Foundation vakillari tashkilotning Osiyo va Tinch okeani mintaqasidagi faoliyati, ustuvor yo‘nalishlari hamda amalga oshirilayotgan dasturlarni taqdim etdilar.

➡️ Muloqot davomida davlat boshqaruvi va davlat xaridlari tizimida shaffoflik va halollik tamoyillarini mustahkamlash, korrupsiyaning oldini olish bo‘yicha ilg‘or xalqaro tajribalarni joriy etish hamda zamonaviy boshqaruv yondashuvlarini qo‘llash masalalariga alohida e'tibor qaratildi.

Shuningdek, davlat organlari va davlat xaridlari sohasi mutaxassislarining institutsional salohiyatini oshirish maqsadida o‘quv dasturlari, malaka oshirish kurslari, trening va seminarlarni tashkil etish, xalqaro ekspertlar ishtirokida tajriba almashish mexanizmlarini yo‘lga qo‘yish istiqbollari muhokama qilindi.

🤝 Tomonlar, shuningdek, universitetlar, ilmiy-tadqiqot institutlari va sanoat korxonalari o‘rtasidagi hamkorlikni rivojlantirish, amaliy ilmiy ishlanmalarni ishlab chiqarishga joriy etish, texnologiyalar transferini qo‘llab-quvvatlash hamda innovatsion ekotizimni rivojlantirish bo‘yicha AQSH Davlat departamenti dasturlari doirasida qo‘shma tashabbuslarni amalga oshirish imkoniyatlari yuzasidan fikr almashdilar.


Uchrashuv yakunida tomonlar mazkur yo‘nalishlarda amaliy hamkorlikni rivojlantirish, salohiyatni oshirishga qaratilgan qo‘shma loyihalarni amalga oshirish hamda muloqotni izchil davom ettirishga kelishib oldilar.

🌍Veb-sayt 🔹Telegram 🔹Instagram 🔹Facebook 📹Youtube X 🔹Linkedin
  • 👍 5
  • 👏 5
  • 🔥 2
  • 🏆 1
More from @icppa
  1. Oct 16, 2026🗣Energetika loyihalarida mahalliy mahsulotlar ulushini oshirish — muhim vazifa Prezidenti…
  2. Oct 16, 2026🔴 Suyultirilgan gaz yetkazib berishda davlat monopoliyasi tugatiladi ❗️ Prezident Shavkat…
  3. Oct 16, 2026✔️ O‘quv kursi doirasida TMK va “Chirchiq” texnoparkiga sayyor mashg‘ulotlar tashkil etild…
  4. Oct 16, 2026🏛️ Jizzaxdagi “Milliy sanoat zanjiri” ko‘rgazmasi qanday natijalar berdi? Avtomobilsozlik…
  5. Oct 16, 2026Xitoyning “China Energy” kompaniyasi 8 ta energiya saqlash stansiyasi qurilishida qariyb 4…
  6. Oct 16, 2026Davlatimiz rahbari O‘zbekiston xalqaro energetika hamkorligiga o‘z salohiyati bilan kirib…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →