TGViewer
Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligi | ICPPA Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligi | ICPPA @icppa · 4.11K subscribers
Post #915 673
🏛️ HAFTALIK DAYJEST | 24-29 avgust, 2026-yil

Hafta davomida Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligi tomonidan quyidagi muhim tadbirlar amalga oshirildi:

✔️ 34 mlrd so‘mlik import o‘rnini bosuvchi mahsulot mahalliylashtirilmoqda, Sho‘rtan neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasida gazni tayyorlash va tozalash jarayonlarida qo‘llaniladigan NaA markali seolitni mahalliylashtirish bo‘yicha amaliy ishlar olib borilmoqda.

🎤 Prezident Shavkat Mirziyoyevning tadbirkorlar bilan VI ochiq muloqotida belgilangan vazifalar asosida sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari tizimida yaratilayotgan yangi imkoniyatlar “O‘zbekiston 24” telekanalining “Ortga qaytmas islohotlar” ko‘rsatuvida yoritildi.

➡️Prezidentning PQ-104-son qaroriga muvofiq, 2026-yil 1-sentabrdan bojxona to‘lovlari bo‘yicha imtiyozlar qo‘llagan holda import qilinadigan tovarlar ro‘yxatini kompleks ekspertizadan o‘tkazish funksiyasi “O‘zbekekspertiza” AJga o‘tkaziladi.

🇺🇿Agentlikda O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan bayram tadbiri tashkil etildi.

🎤 Agentlikning Andijon viloyati loyiha ofisi tashabbusi bilan mahalliy ishlab chiqaruvchilar va tadbirkorlar ishtirokida ochiq muloqot o‘tkazildi.

🤝 Agentlik va BMTning Sanoatni rivojlantirish tashkiloti — UNIDO vakillari o‘rtasida onlayn uchrashuv o‘tkazilib, sanoat kooperatsiyasini rivojlantirish bo‘yicha hamkorlikning istiqbolli yo‘nalishlari ko‘rib chiqildi.

🇺🇿🇰🇷 Agentlik direktori Baxtiyor Xaydarov Koreya Respublikasining O‘zbekistondagi Favqulodda va Muxtor elchisi Von Do Yon boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashdi.

🇺🇿🇨🇳 Xitoyning Suzhou shahrida Suzhou New District Bonded Zone mutasaddilari hamda yangi energetika, sanoat zonalarini rejalashtirish, savdo-investitsiya va yuqori texnologiyalar yo‘nalishidagi yetakchi kompaniyalar vakillari bilan amaliy uchrashuv o‘tkazildi.

📍 Agentlikning hududiy loyiha ofislari tomonidan mahalliy ishlab chiqaruvchilar va tadbirkorlik subyektlari bilan bevosita uchrashuvlar o‘tkazilib, ularning faoliyati, mavjud muammo va takliflari o‘rganilmoqda.

🇺🇿O‘zbekiston Mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan Agentlik tomonidan “Sanoat qahramonlari” maxsus loyihasining 21–33-sonlari e’lon qilindi.

➡️ Agentlik faoliyatidagi eng muhim yangiliklarni kuzatib boring.

🌍Veb-sayt 🔹Telegram 🔹Instagram 🔹Facebook 📹Youtube X 🔹Linkedin
  • 👍 3
  • 🔥 3
  • 👏 2
More from @icppa
  1. Oct 10, 2026🏛️ HAFTALIK DAYJEST 5- 10 oktabr, 2026-yil Hafta davomida Sanoat kooperatsiyasi va davlat…
  2. Oct 10, 2026🏅Sanoat rivojiga munosib hissa qo‘shganlar maxsus ko‘krak nishoni bilan taqdirlanadi O‘zb…
  3. Oct 10, 2026#OAV_BIZ_HAQIMIZDA Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari sohasidagi islohotlar xususid…
  4. Oct 9, 2026💬 Murojaat yechim topdi: 529 mln so‘mlik zakalat mablag‘lari qaytarildi 📍 Toshkent shahr…
  5. Oct 9, 2026🗣Market Signal: 43,4 million dollarlik import – mahalliy ishlab chiqarish uchun imkoniyat…
  6. Oct 9, 2026✔️Mustafo Bafoyev tavalludining 80 yilligiga bag‘ishlangan ilmiy-amaliy konferensiya: ilmi…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →