Shoʻrtan neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasida gazni tayyorlash va tozalash jarayonlarida qoʻllaniladigan NaA markali seolitni mahalliylashtirish boʻyicha amaliy ishlar olib borilmoqda.
✍️ Ayni paytda mazkur mahsulot import asosida xarid qilinadi. Dastlabki hisob-kitoblarga koʻra, 2027-yilda NaA seolitga boʻlgan ehtiyoj qariyb 1 ming tonnani tashkil etadi va bu maqsad uchun 34 mlrd soʻmdan ortiq mablagʻ sarflanishi rejalashtirilgan. Mahsulotni mahalliylashtirish natijasida esa 12 foizga yaqin iqtisodiy samara olinishi kutilmoqda.
Loyiha Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligi, Milliy metrologiya agentligi, Texnik jihatdan tartibga solish agentligi, “Oʻztransgaz” AJ va “Oʻzbekneftgaz” AJ hamkorligida mahalliy ishlab chiqaruvchi “Shturval” MCHJ bilan amalga oshirilmoqda.
➡️ Navbatdagi bosqichda mahalliy mahsulotning texnik va sifat koʻrsatkichlari akkreditatsiyadan oʻtgan laboratoriyada sinovdan oʻtkaziladi. Ijobiy natija qayd etilgan taqdirda mahsulot sanoat tajriba-sinoviga yoʻnaltiriladi.
🌍Veb-sayt 🔹Telegram 🔹Instagram 🔹Facebook 📹Youtube X 🔹Linkedin


