TGViewer
Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligi | ICPPA Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligi | ICPPA @icppa · 4.12K subscribers
Post #909 519
#Sanoat_Qahramonlari

32-QAHRAMON | Avtomobildan — butun boshli sanoat zanjirigacha


Bitta avtomobil — minglab detallar. Ularning tobora ko‘proq qismini O‘zbekistonda ishlab chiqarish esa o‘nlab mahalliy korxonalarni yagona sanoat zanjiriga bog‘lamoqda.

“Sanoat qahramonlari” loyihasining 32-qahramoni — “UzAuto Motors” AJ ijrochi direktori Odiljon Bastamqulov.

🚗Bugun kompaniyada avtomobillar uchun zarur butlovchi qismlarni mahalliylashtirish, ilgari import qilingan komponentlarni o‘zimizda ishlab chiqarish hamda mahalliy yetkazib beruvchilar bilan kooperatsiyani kengaytirishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

⚙️ Natijada “UzAuto Motors”da mahalliylashtirish darajasi 50 foizdan yuqori ko‘rsatkichga yetgan. Navbatdagi maqsad esa bu ko‘rsatkichni 70 foizga olib chiqish.

Ayniqsa, avtomobil kuzovi uchun presslangan panellar kabi texnologik jihatdan murakkab komponentlarni O‘zbekistonda ishlab chiqarishning o‘zlashtirilayotgani mahalliy avtomobilsozlik sanoatining yangi imkoniyatlarini ochmoqda.

Bu jarayonning ahamiyati faqat bitta avtomobilda qancha mahalliy detal borligi bilan o‘lchanmaydi. Har bir o‘zlashtirilgan komponent — mahalliy korxona uchun yangi buyurtma, yangi texnologiya va sanoat kooperatsiyasidagi yangi imkoniyatdir.

🎥 “UzAuto Motors” mahalliylashtirishni 70 foizga yetkazish uchun qanday vazifalarni oldiga qo‘ygan?

Batafsil — “Sanoat qahramonlari” loyihasining 32-sonida.

🌍Veb-sayt 🔹Telegram 🔹Instagram 🔹Facebook 📹Youtube X 🔹Linkedin
  • 👍 5
  • 🔥 3
  • ❤ 2
More from @icppa
  1. Oct 10, 2026🏛️ HAFTALIK DAYJEST 5- 10 oktabr, 2026-yil Hafta davomida Sanoat kooperatsiyasi va davlat…
  2. Oct 10, 2026🏅Sanoat rivojiga munosib hissa qo‘shganlar maxsus ko‘krak nishoni bilan taqdirlanadi O‘zb…
  3. Oct 10, 2026#OAV_BIZ_HAQIMIZDA Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari sohasidagi islohotlar xususid…
  4. Oct 9, 2026💬 Murojaat yechim topdi: 529 mln so‘mlik zakalat mablag‘lari qaytarildi 📍 Toshkent shahr…
  5. Oct 9, 2026🗣Market Signal: 43,4 million dollarlik import – mahalliy ishlab chiqarish uchun imkoniyat…
  6. Oct 9, 2026✔️Mustafo Bafoyev tavalludining 80 yilligiga bag‘ishlangan ilmiy-amaliy konferensiya: ilmi…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →