TGViewer
Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligi | ICPPA Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligi | ICPPA @icppa · 4.11K subscribers
Post #905 456
🇺🇿🇨🇳 O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasida sanoat zonalarini rivojlantirish bo‘yicha amaliy hamkorlik muhokama qilindi

Joriy yil 28-avgust kuni Agentlik vakillarining taklifiga ko‘ra, Xitoy Xalq Respublikasining Suzhou shahrida Suzhou New District Bonded Zone mutasaddilari hamda yangi energetika, sanoat zonalarini rejalashtirish, arxitektura, savdo-investitsiya va yuqori texnologiyalar sohasida faoliyat yurituvchi yetakchi kompaniyalar vakillari bilan amaliy uchrashuv o‘tkazildi.

Uchrashuv doirasida Agentlik vakillari tomonidan O‘zbekistonning iqtisodiy va investitsiyaviy salohiyati, Agentlikning asosiy vazifalari hamda sanoat kooperatsiyasini rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan islohotlar yuzasidan taqdimot qilindi.

Shuningdek, taqdimotda Xitoyning Comprehensive Bonded Zone tajribasini O‘zbekistonda qo‘llash bo‘yicha hamkorlik takliflari ilgari surilib, xitoylik tajribali zona operatorini jalb qilish, raqamli bojxona tizimini joriy etish, yirik investorlarni olib kirish, qo‘shma rivojlantirish jamg‘armasini tashkil etish va Xitoyning texnik tajribasidan foydalanish masalalari taqdim etildi. Agentlik xalqaro investorlar va texnologiya egalari bilan qo‘shma sanoat kooperatsiyasi loyihalarini amalga oshirishga tayyorligi bildirildi.

Muloqotlar davomida SCP Consultants bilan esa Suzhou Industrial Park tajribasini O‘zbekistondagi sanoat zonalariga tatbiq etish imkoniyatlari muhokama qilindi. SCP kompaniyasi 14 dan ortiq mamlakatda 2 mingdan ziyod loyihalarda ishtirok etgan bo‘lib, Suzhou Industrial Parkni rejalashtirish bo‘yicha katta tajribaga ega.

Uchrashuv yakunida tomonlar sanoat zonalarini rivojlantirish, texnologiyalarni mahalliylashtirish, sanoat kooperatsiyasi va qo‘shma investitsiya loyihalarini amalga oshirish yo‘nalishlarida amaliy hamkorlikni davom ettirishdan manfaatdor ekanini bildirdi.

🌍Veb-sayt 🔹Telegram 🔹Instagram 🔹Facebook 📹Youtube X 🔹Linkedin
  • 🔥 5
  • 👍 4
  • 👏 3
  • ✍ 1
More from @icppa
  1. Oct 10, 2026🏛️ HAFTALIK DAYJEST 5- 10 oktabr, 2026-yil Hafta davomida Sanoat kooperatsiyasi va davlat…
  2. Oct 10, 2026🏅Sanoat rivojiga munosib hissa qo‘shganlar maxsus ko‘krak nishoni bilan taqdirlanadi O‘zb…
  3. Oct 10, 2026#OAV_BIZ_HAQIMIZDA Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari sohasidagi islohotlar xususid…
  4. Oct 9, 2026💬 Murojaat yechim topdi: 529 mln so‘mlik zakalat mablag‘lari qaytarildi 📍 Toshkent shahr…
  5. Oct 9, 2026🗣Market Signal: 43,4 million dollarlik import – mahalliy ishlab chiqarish uchun imkoniyat…
  6. Oct 9, 2026✔️Mustafo Bafoyev tavalludining 80 yilligiga bag‘ishlangan ilmiy-amaliy konferensiya: ilmi…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →