TGViewer
Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligi | ICPPA Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligi | ICPPA @icppa · 4.16K subscribers
Post #749 1.1K
🔊OAV vakillarini matbuot anjumaniga taklif etamiz

29-iyul kuni Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligining birinchi yarim yillik faoliyati yakunlariga bag‘ishlangan matbuot anjumani o‘tkaziladi.

Unda Agentlik tashkil etilganidan buyon sanoat kooperatsiyasini rivojlantirish, mahalliylashtirish loyihalarini qo‘llab-quvvatlash, davlat xaridlarida ochiqlik va raqobatni oshirish, shuningdek, tadbirkorlar bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri ishlash borasida amalga oshirilgan ishlar va dastlabki natijalar taqdim etiladi.

Matbuot anjumanida, jumladan:
➡️davlat xaridlarining birinchi yarim yillik tahlili;
➡️ mahalliy ishlab chiqaruvchilarning davlat xaridlaridagi ishtirokini kengaytirish choralari;
➡️ sanoat kooperatsiyasi va mahalliylashtirish bo‘yicha yangi mexanizmlar;
➡️ raqamli platformalardagi yangiliklar;
➡️ tadbirkorlar bilan o‘tkazilgan ochiq muloqotlar natijalari;
➡️ yilning ikkinchi yarmi uchun rejalashtirilgan loyihalar
haqida ma’lumot beriladi.


Tadbirda Agentlik rahbariyati ishtirok etadi. OAV vakillari, jurnalistlar, bloger va ekspertlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarni bevosita mas’ullarga yo‘llash imkoniyatiga ega bo‘ladi.

🗓 Sana: 29-iyul 2026 yil;
⏲ Vaqti: 10:30;
📍 Manzil: O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Ommaviy axborot vositalari uchun kontent tayyorlash markazi;
✔️Ro'yxatdan o'tish: Press agentlik;
📞 Aloqa uchun: +998 95 838 00 70.

🌍Veb-sayt 🔹Telegram 🔹Instagram 🔹Facebook 📹Youtube X 🔹Linkedin
  • 🔥 5
  • 👍 4
  • 👏 4
More from @icppa
  1. Oct 13, 2026✅ Tadbirkorlarga 19,6 milliard so‘mdan ortiq zakalat mablag‘lari qaytarildi Prezidentimiz…
  2. Oct 13, 2026📢 Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligi mutaxassislarni jalb qilish bo‘yich…
  3. Oct 13, 2026🗣Mutal Burhonov tavalludining 110 yilligiga bag‘ishlangan ilmiy-amaliy konferensiya O‘zbe…
  4. Oct 13, 2026🇺🇿 Davlat xaridlari tizimini yanada takomillashtirishga qaratilgan qonun loyihasi deputa…
  5. Oct 12, 2026#Market_Signal 🔊MARKET SIGNAL | QURILISH YELIMLARI: 29,5 MILLION DOLLARLIK IMPORT BOZORI…
  6. Oct 12, 2026🏛️ Agentlikda sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari bo‘yicha maxsus o‘quv kursi boshl…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →