TGViewer
Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligi | ICPPA Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligi | ICPPA @icppa · 4.18K subscribers
Post #746 529
#Mirziyoyev #BizningPrezident

Tavallud ayyomingiz muborak bo‘lsin, hurmatli Prezident!

Bugun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tavallud topgan kun.

Davlatimiz rahbari boshchiligida mamlakatimizda inson qadri, xalq farovonligi va barqaror taraqqiyotga qaratilgan keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilmoqda. Yurtimizning barcha hududlarida ro‘y berayotgan yangilanishlar, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash, zamonaviy sanoatni rivojlantirish, yangi ish o‘rinlari yaratish hamda O‘zbekistonning xalqaro nufuzini mustahkamlash yo‘lidagi tashabbuslar xalqimiz hayotida muhim o‘zgarishlarga zamin yaratmoqda.


Davlatimiz rahbari tomonidan belgilab berilgan ustuvor vazifalar sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari sohasida ham yangicha yondashuvlarni qaror toptirdi. Bugun mahalliy ishlab chiqaruvchilarni qo‘llab-quvvatlash, korxonalar o‘rtasidagi kooperatsiyani kengaytirish, yangi mahsulotlarni o‘zlashtirish hamda davlat xaridlarida ochiqlik va raqobatni kuchaytirishga qaratilgan mexanizmlar izchil rivojlantirilmoqda.

🇺🇿 Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligi jamoasi nomidan hurmatli Prezidentimizga mustahkam sog‘lik, uzoq umr, yurtimiz ravnaqi va xalqimiz farovonligi yo‘lidagi mas’uliyatli faoliyatida kuch-g‘ayrat hamda ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz.

Tavallud ayyomingiz muborak bo‘lsin, hurmatli Shavkat Miromonovich!

🌍Veb-sayt 🔹Telegram 🔹Instagram 🔹Facebook 📹Youtube X 🔹Linkedin
  • 👍 7
  • ❤ 3
  • 🔥 3
  • 👌 1
More from @icppa
  1. Oct 13, 2026✅ Tadbirkorlarga 19,6 milliard so‘mdan ortiq zakalat mablag‘lari qaytarildi Prezidentimiz…
  2. Oct 13, 2026📢 Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligi mutaxassislarni jalb qilish bo‘yich…
  3. Oct 13, 2026🗣Mutal Burhonov tavalludining 110 yilligiga bag‘ishlangan ilmiy-amaliy konferensiya O‘zbe…
  4. Oct 13, 2026🇺🇿 Davlat xaridlari tizimini yanada takomillashtirishga qaratilgan qonun loyihasi deputa…
  5. Oct 12, 2026#Market_Signal 🔊MARKET SIGNAL | QURILISH YELIMLARI: 29,5 MILLION DOLLARLIK IMPORT BOZORI…
  6. Oct 12, 2026🏛️ Agentlikda sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari bo‘yicha maxsus o‘quv kursi boshl…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →