TGViewer
Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligi | ICPPA Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligi | ICPPA @icppa · 4.16K subscribers
Post #733 607
🇺🇿🇨🇳 Bank texnologiyalarini mahalliylashtirish istiqbollari muhokama qilindi

Bugun Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligida Xitoyning “China Electronic Financial Equipment Systems” (CFES) kompaniyasi delegatsiyasi bilan ishchi uchrashuv o‘tkazildi.

🎤 Uchrashuvda O‘zbekistonda bank uskunalari, bankomatlar, o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatish terminallari, POS-terminallar va aqlli kassa tizimlarini ishlab chiqarishni mahalliylashtirish, texnologiyalar transferini amalga oshirish hamda qo‘shma investitsiya loyihalarini yo‘lga qo‘yish imkoniyatlari muhokama qilindi.

CFES vakillari kompaniyaning ishlab chiqarish salohiyati, xalqaro tajribasi, shuningdek, sun’iy intellekt asosidagi moliyaviy yechimlar, aqlli bank filiallari va raqamli moliyaviy xizmatlarni rivojlantirishga qaratilgan loyihalari haqida taqdimot o‘tkazdilar. Qayd etilishicha, kompaniya mahsulotlari dunyoning 100 dan ortiq mamlakat va hududlarida qo‘llaniladi.

🎤 Tomonlar O‘zbekistonda bank uskunalari va zamonaviy moliyaviy texnologiyalarni ishlab chiqarishni mahalliylashtirish, texnologiyalar transferini amalga oshirish, qo‘shma ishlab chiqarish loyihalarini yo‘lga qo‘yish, ilg‘or texnologiyalarni joriy etish hamda istiqbolda o‘zaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirish masalalari yuzasidan batafsil fikr almashdilar.


Uchrashuv yakunida tomonlar istiqbolli investitsiya va sanoat kooperatsiyasi loyihalarini birgalikda ishlab chiqish, hamkorlikning aniq yo‘nalishlarini belgilash hamda o‘zaro muloqotni davom ettirishga kelishib oldilar.

🌍Veb-sayt 🔹Telegram 🔹Instagram 🔹Facebook 📹Youtube X 🔹Linkedin
  • 🔥 5
  • 👍 4
  • 👏 4
  • ❤ 1
More from @icppa
  1. Oct 14, 2026🇬🇧Xalqaro ekspert O‘zbekistondagi davlat xaridlari islohotlarini e’tirof etdi Bugungi ku…
  2. Oct 13, 2026✅ Tadbirkorlarga 19,6 milliard so‘mdan ortiq zakalat mablag‘lari qaytarildi Prezidentimiz…
  3. Oct 13, 2026📢 Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligi mutaxassislarni jalb qilish bo‘yich…
  4. Oct 13, 2026🗣Mutal Burhonov tavalludining 110 yilligiga bag‘ishlangan ilmiy-amaliy konferensiya O‘zbe…
  5. Oct 13, 2026🇺🇿 Davlat xaridlari tizimini yanada takomillashtirishga qaratilgan qonun loyihasi deputa…
  6. Oct 12, 2026#Market_Signal 🔊MARKET SIGNAL | QURILISH YELIMLARI: 29,5 MILLION DOLLARLIK IMPORT BOZORI…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →