TGViewer
Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligi | ICPPA Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligi | ICPPA @icppa · 4.18K subscribers
Post #727 478
#Hududiy_loyiha_ofislari

〰️ Sirdaryoda Xitoy investorlari bilan xalqaro hamkorlik bo‘yicha muhim kelishuvlarga erishildi

Sirdaryo viloyatida Xitoy Xalq Respublikasidan tashrif buyurgan investorlar va rasmiy delegatsiya ishtirokida xalqaro hamkorlikka bag‘ishlangan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Muzokaralar davomida investitsiya loyihalari, sanoat kooperatsiyasini rivojlantirish, zamonaviy texnologiyalarni joriy etish hamda yangi ishlab chiqarish quvvatlarini yaratish masalalari muhokama qilindi.

🤝 Uchrashuv yakunida to‘qimachilik sohasida sun’iy aralash tolalar (viskoza, poliyester va liyon) hamda matolar ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishga qaratilgan 3 ta hamkorlik memorandumi imzolandi.

Mazkur kelishuvlar hududda yuqori qo‘shilgan qiymatga ega mahsulotlar ishlab chiqarishni kengaytirish, yangi investitsiyalarni jalb etish hamda sanoat kooperatsiyasini rivojlantirish uchun muhim zamin yaratadi.

✔️Uchrashuv Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligining Sirdaryo viloyati loyiha ofisi hamda "BA Holding" hamkorligida tashkil etildi.

🌍Veb-sayt 🔹Telegram 🔹Instagram 🔹Facebook 📹Youtube X 🔹Linkedin
  • 👍 5
  • 🔥 4
  • 👏 3
  • ❤ 1
More from @icppa
  1. Oct 13, 2026✅ Tadbirkorlarga 19,6 milliard so‘mdan ortiq zakalat mablag‘lari qaytarildi Prezidentimiz…
  2. Oct 13, 2026📢 Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligi mutaxassislarni jalb qilish bo‘yich…
  3. Oct 13, 2026🗣Mutal Burhonov tavalludining 110 yilligiga bag‘ishlangan ilmiy-amaliy konferensiya O‘zbe…
  4. Oct 13, 2026🇺🇿 Davlat xaridlari tizimini yanada takomillashtirishga qaratilgan qonun loyihasi deputa…
  5. Oct 12, 2026#Market_Signal 🔊MARKET SIGNAL | QURILISH YELIMLARI: 29,5 MILLION DOLLARLIK IMPORT BOZORI…
  6. Oct 12, 2026🏛️ Agentlikda sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari bo‘yicha maxsus o‘quv kursi boshl…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →