🇩🇪
YANGI VAKANSIYA: GERMANIYAGA TO‘G‘RIDAN-TO‘G‘RI RASMIY ISH🌿🚧
GÄRTNER VA TIEFBAU BO‘YICHA UNIVERSAL ISHCHI (m/w/d)Germaniyada
to‘g‘ridan-to‘g‘ri doimiy ish asosida ishlashni xohlaysizmi?
Ish beruvchi ko‘kalamzorlashtirish, hududlarni obodonlashtirish hamda yerosti qurilishi ishlarini bajara oladigan mas’uliyatli nomzodlarni qabul qilmoqda.
📄
ISH HAQIDA:▪️ Lavozim:
Gärtner va Tiefbau ishchisi▪️ Yo‘nalish:
ko‘kalamzorlashtirish, obodonlashtirish va yerosti qurilishi▪️ Ish turi:
doimiy ish — Festanstellung▪️ Joylashuv:
Germaniya bo'ylab▪️ Qabul holati:
hozir ochiq ✅⚠️
MUHIM: Ushbu vakansiyada vazifalar faqat bog‘dorchilik yoki faqat Tiefbau bilan cheklanmaydi. Nomzod
ikkala yo‘nalishdagi aralash vazifalarni bajarishga tayyor bo‘lishi kerak.
💶
ISH HAQI VA ISH SHAROITLARI:▪️ Ish haqi:
soatiga 17 € brutto dan boshlanadi▪️ Ish vaqti:
haftasiga taxminan 39–40 soat▪️ Nomzodga Germaniyada
ijara asosida turar joy topib beriladi▪️ Germaniyaga uchib kelish uchun
aviachipta va yo‘l xarajatlarini nomzodning o‘zi to‘laydiBrutto — soliqlar va ijtimoiy badallar ushlanishidan oldingi ish haqi.🌿
VAZIFALAR:✅ Bog‘lar, yashil hududlar va tashqi maydonlarni yaratish hamda parvarishlash
✅ Daraxt, buta, gul va boshqa o‘simliklarni ekish
✅ Ekish uchun tuproqni tayyorlash, tekislash va unumdor qatlam hosil qilish
✅ Maysazorlarni yaratish, tayyor chimlarni yotqizish, o‘rish va parvarishlash
✅ Daraxt va butalarni kesish, shakl berish hamda qurigan qismlarini olib tashlash
✅ Begona o‘tlarni tozalash, o‘simliklarni o‘g‘itlash va sug‘orish
✅ Sug‘orish va drenaj tizimlarini o‘rnatishda ishtirok etish
✅ Yo‘laklar, bordyurlar, bruschatka, tosh va plita qoplamalarini yotqizish
✅ Devor, panjara va boshqa tashqi hudud elementlarini o‘rnatishda yordam berish
✅ Mavjud yashil hududlarni ta’mirlash va qayta obodonlashtirish
✅ Yo‘l, kanal, quvur va yerosti kommunikatsiyalari qurilishida ishlash
✅ Xandaq va chuqurlar qazish, qurilish maydonini tayyorlash
✅ Suv, oqova suv va drenaj quvurlarini yotqizishda ishtirok etish
✅ Kanalizatsiya tizimlari, quvur ulanishlari va nazorat quduqlarini o‘rnatishga yordam berish
✅ Qum, shag‘al va boshqa asos qatlamlarini yotqizish
✅ Tuproq va qurilish qatlamlarini maxsus uskunalar yordamida zichlash
✅ Yo‘l ustki qatlamlarini qurish va ta’mirlash
✅ Bordyur, yo‘l cheti elementlari, beton tosh va plitalarni o‘rnatish
✅ Qurilish maydonida balandlik, masofa va nishabni o‘lchash ishlarida qatnashish
✅ Qurilish materiallarini yuklash, tushirish va belgilangan joyga joylashtirish
✅ Zichlagich, kesish uskunalari va boshqa kichik qurilish texnikalaridan foydalanish
✅ Qurilish maydonini tartibli saqlash va xavfsizlik talablariga rioya qilish
📌 Ish vazifalari obyekt va ish beruvchining buyurtmalariga qarab
Gärtner, obodonlashtirish va Tiefbau ishlari o‘rtasida almashib turishi mumkin.👥
NOMZODLARGA TALABLAR:✅ Kollej, texnikum, institut yoki universitet diplomi —
diplom yo‘nalishi muhim emas✅ Gärtner, obodonlashtirish, yo‘l qurilishi, Tiefbau yoki umumiy qurilish sohasidagi tajriba ustunlik beradi
✅ Nemis tili:
kamida A2 daraja (Sertifikat talab qilinmaydi)
✅
B toifali haydovchilik guvohnomasi✅ Jismonan bardoshli va ochiq havoda ishlashga tayyor bo‘lish
✅ Qurilish asboblari va texnikalaridan foydalana olish
✅ Mustaqil, mas’uliyatli va ehtiyotkor ishlash
✅ Jamoada ishlay olish
✅ Turli vazifalarni bajarishga moslashuvchan bo‘lish
💼
ISH BERUVCHI TAKLIF QILADI:✅ Germaniyada rasmiy va doimiy ish o‘rni
✅ Zamonaviy texnika va uskunalar bilan ishlash imkoniyati
✅ Kasbiy hamda shaxsiy rivojlanish imkoniyatlari
⚠️
SARALASH JARAYONI 4 BOSQICHDAN IBORAT:1️⃣ Hujjatlar asosida dastlabki saralashNomzodning diplomi, ish tajribasi, haydovchilik guvohnomasi, nemis tili darajasi va boshqa topshirilgan hujjatlari tekshiriladi.
2️⃣ ConsultingUz xodimlari bilan ichki suhbatNomzodning nemis tilida muloqot qila olishi, ish tajribasi, kasbiy tayyorgarligi, motivatsiyasi va Germaniyada ishlashga tayyorligi baholanadi.
3️⃣ Kasbiy-amaliy imtihonNomzod amaliy topshiriqlar orqali o‘z kasbiy mahoratini ko‘rsatishi kerak. Jumladan:
▪️ Bruschatka — yo‘lak toshlarini to‘g‘ri terish
▪️ Yer maydonini o‘lchash, tayyorlash va tekislash
▪️ Bordyur va plitalarni o‘rnatish
▪️ Xandaq qazish va kanal yoki quvur tizimini yotqizish
▪️ Qum, shag‘al va asos qatlamlarini tayyorlash hamda zichlash
▪️ Maysa yoki tayyor chim yotqizish
▪️ Qurilish asboblari va kichik texnikalardan to‘g‘ri foydalanish
▪️ Ish sifati, tezligi va xavfsizlik qoidalariga rioya qilish
4️⃣ Germaniyadagi ish beruvchi bilan yakuniy suhbatKasbiy imtihondan muvaffaqiyatli o‘tgan nomzodlar ish beruvchi bilan suhbatga tavsiya qilinadi. Ishga qabul qilish bo‘yicha yakuniy qarorni ish beruvchi qabul qiladi.
📩
SAVOLLAR UCHUN:👉
@consultinguz_chat📝
ARIZA TOPSHIRISH UCHUN:👉
Hoziroq ariza topshiring📢 Germaniyada to‘g‘ridan-to‘g‘ri ishlashni istayotgan do‘stlaringiz va yaqinlaringizga ushbu e’lonni yuboring!
Telegram |
Instagram |
YouTube