TGViewer
Channel Public Channel
XORIJDA ISH

XORIJDA ISH

@migratsiyaagentligi

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Migratsiya agentligi
🏢 Toshkent sh., Qamarniso, 1
📞1282, 71 202 33 55
🌐www.gov.uz/ru/migration
📥 info@migration.uz
📲 www.instagram.com/migratsiya_agentligi
📲 www.youtube.com/@age
📲 t.me/uzmigration
https://xorijdaish.uz/
Subscribers
260K
Photos
10.5K
Videos
2.5K
Links
9.1K
Recent Posts 20 shown
Post #16303 41.8K
📌📌📌📌📌

📢 МУҲИМ ЭСЛАТМА!

📱 Сўнгги вақтларда “Telegram реклама” орқали тарқатилаётган айрим эълонлар фойдаланувчиларда уларнинг Миграция агентлигига тегишли деган таассуротни уйғотмоқда.

⚠️ Шу муносабат билан қуйидагиларни маълум қиламиз:

📱 Telegram платформаси 2024 йилдан бошлаб пуллик реклама эълонларини автоматик жойлаштириш тизимини жорий этган.

❗️ Бундай реклама хабарлари, уларнинг мазмуни ҳамда жойлаштирилиши канал маъмуриятининг назоратида бўлмайди.

📌 Миграция агентлигининг “XORIJDA ISH” ва «Migratsiya agentligi» Telegram каналларида чиқадиган қисқа рекламалар агентлик фаолияти билан ҳеч қандай алоқага эга эмас.

📌 Хорижда ишга жойлашиш ёки хизматлар ҳақидаги эълонлар билан танишиш жараёнида, аввало, уларнинг Миграция агентлиги номи билан берилганига ишонч ҳосил қилинг!

☎️ Мурожаат учун: 1282 қисқа рақами

📢 Огоҳлантиришни яқинларингизга ҳам юборинг!

👉 @uzmigration
  • ❤ 72
  • 👍 50
  • ✍ 7
  • 👀 3
Post #16302 56.9K
«Worknet XUSUSIY BANDLIK AGENTLIGI» MCHJ LISENZIYASINING AMAL QILISHI VAQTINCHA TO‘XTATILDI

Migratsiya agentligining 2026 yil 21 sentyabrdagi 9-son qaroriga asosan «Worknet xususiy bandlik agentligi» MCHJga berilgan lisenziyaning amal qilishi 10 (o‘n) kun muddatga to‘xtatildi.

Ushbu qaror Agentlik tomonidan o‘tkazilgan tekshiruvda qonunchilik talablari buzilganligi aniqlanib, qoidabuzarliklarni bartaraf etish bo‘yicha berilgan ko‘rsatmalar belgilangan muddatda bajarilmaganligi munosabati bilan qabul qilindi.


❗️Fuqarolardan mazkur xususiy bandlik agentligi lisenziyasining amal qilishi tiklanguniga qadar xorijda ishga joylashish bilan bog‘liq shartnomalar tuzmaslik hamda ushbu xizmatlar uchun to‘lovlarni amalga oshirmaslik so‘raladi.

📌 Eslatib o‘tamiz, xususiy bandlik agentliklarining lisenziya holati haqidagi ma’lumotlarni Migratsiya agentligining rasmiy manbalari orqali tekshirishingiz mumkin👇

https://gov.uz/oz/migration/activity_page/xususiy-bandlik-agentliklari_

🤝 Xavfsiz mehnat migratsiyasini tanlang! Xorijda ishga joylashishda faqat rasmiy va ishonchli manbalarga murojaat qiling.

📲 Yaqinlaringizga ulashing!

📢 So‘nggi yangiliklar va xorijda ishlash imkoniyatlaridan XORIJDA ISH kanali orqali xabardor bo‘lib turing.
  • ❤ 93
  • 👍 37
  • 😴 23
  • 🤔 11
  • 🔥 7
  • 👀 4
  • ⚡ 3
  • 👌 2
  • 💯 2
  • 🥰 1
Post #16301 76.3K
🇷🇸 SERBIYADA RASMIY ISH O‘RINLARI!

«EXPO 2027» xalqaro loyihasi doirasida ishlash imkoniyati

Serbiyada o‘tkaziladigan «EXPO 2027» xalqaro ko‘rgazmasi doirasidagi qurilish obyektlari hamda ishlab chiqarish sohalarida ishlash uchun O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari taklif etilmoqda.

💼 Mehnat sharoitlari va afzalliklari:

💰Ish haqi: bajariladigan ish turi, mutaxassislik va nomzod malakasiga qarab 700-1500 yevro
🏠 🍽Turar joy va oziq-ovqat: ish beruvchi tomonidan bepul ta’minlanadi;
🪪 Ishga joylashish: rasmiy mehnat shartnomasi va tegishli mehnat vizasi asosida.

Nomzodlarga qo‘yiladigan talablar:

▪️Yoshi: 18–45 yosh;
▪️Til bilishi: rus yoki ingliz tilini boshlang‘ich yoki muloqot darajasida bilish;
▪️Sog‘lig‘i: mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun sog‘lom bo‘lish;

Ma'lumot uchun: Oliy ma’lumotli va tegishli sohada ish tajribasiga ega Qurilish va elektr muhandislari uchun alohida ish o‘rinlari mavjud.
💶 Ish haqi: 1 500 yevrodan boshlab.

📌 Ishga qabul qilish jarayoni nomzodning malakasi, ish tajribasi va ish beruvchi talablaridan kelib chiqib amalga oshiriladi.

Muhim: Nomzodlar o'z ish faoliyatidan 30 sekundlik videorolikni telegram orqali EXPO SERBIA botga yuborishilari kerak.

Elektriklar ARIZA QOLDIRISH
Betonchilar ARIZA QOLDIRISH

📲 Yaqinlaringizga ulashing!

📢 So‘nggi yangiliklar va xorijda ishlash imkoniyatlaridan XORIJDA ISH kanali orqali xabardor bo‘lib turing.
  • ❤ 123
  • 👍 37
  • 😴 30
  • 🔥 13
  • 🤔 6
  • 💯 3
  • 😐 3
Post #16300 88.5K
🔴 SAMARQAND VILOYATIDA “XORIJDA ISH” MEHNAT YARMARKASI

Xorijda ishlash istagidagi hamyurtlarimizni joriy yil 23-sentabr kuni Samarqand viloyatida bo‘lib o‘tadigan “Xorijda ish” mehnat yarmarkasida ishtirok etishga taklif qilamiz!

Yarmarkada xususiy bandlik agentliklari tomonidan xorijiy davlatlardagi bo‘sh ish o‘rinlari va ishga joylashish imkoniyatlari taqdim etiladi.

➡️ “Common Sense” xususiy bandlik agentligi MChJ — 500 ta bo‘sh ish o‘rni;
➡️ “Youth Globe” xususiy bandlik agentligi MChJ — 5 500 000 ta bo‘sh ish o‘rni;
➡️ “SKD Man Power” xususiy bandlik agentligi MChJ — 2 000 ta bo‘sh ish o‘rni;
➡️ “Workline” xususiy bandlik agentligi MChJ — 3 000 ta bo‘sh ish o‘rni;
➡️ “Mora Work Group” xususiy bandlik agentligi MChJ — 1 200 ta bo‘sh ish o‘rni;
➡️ “Aimjob” xususiy bandlik agentligi MChJ — 1 610 ta bo‘sh ish o‘rni;
➡️ “Imkon” xususiy bandlik agentligi MChJ — 3 000 ta bo‘sh ish o‘rni;
➡️ “The Best Staff” xususiy bandlik agentligi MChJ — 2 000 ta bo‘sh ish o‘rni;
➡️ “Jobbridge” xususiy bandlik agentligi MChJ — 3 000 ta bo‘sh ish o‘rni;
➡️ “Horizon Work” xususiy bandlik agentligi MChJ — 4 000 ta bo‘sh ish o‘rni;
➡️ “Meros Job” xususiy bandlik agentligi MChJ — 5 000 ta bo‘sh ish o‘rni.


📌 Yarmarkada qurilish, ishlab chiqarish, xizmat ko‘rsatish, qishloq xo‘jaligi, haydovchilik, avtomexaniklik va mehmonxona sohasi kabi yo‘nalishlar bo‘yicha ish imkoniyatlari haqida ma’lumot olish mumkin.

📅 Sana: 23-sentabr
Vaqti: 10:00
📍 Manzil: Samarqand viloyati, Samarqand shahri, Narpay ko‘chasi, 7-B uy — Kasbiy ko‘nikmalar markazi binosi.

🗺 Lokatsiya

📢 Yaqinlaringizga tarqating!

So‘nggi yangiliklardan XORIJDA ISH kanali orqali xabardor bo‘lib turing!
  • ❤ 130
  • 👍 76
  • 😴 18
  • 🔥 10
  • 🤔 10
  • ✍ 2
  • 💯 1
Post #16299 85.8K
🇬🇧 Buyuk Britaniyada ishlayapsizmi yoki ishlab kelganmisiz? Ingliz tilingizni kuchaytiring!

Ingliz tilini yaxshi bilish mavsumiy ishda oddiy ishchi lavozimi bilan cheklanib qolmay, menejer yoki supervayzer bo‘lib ishlash hamda qo‘shimcha haq olish imkoniyatini oshiradi.

Buyuk Britaniyada Mavsumiy ishchilar sxemasida hozir ishlayotgan yoki so‘nggi 3 yilda ishlab qaytganlar uchun bepul onlayn ingliz tili kursiga qabul boshlandi.

🎓 Saralashdan o‘tgan 100 nafar ishtirokchi:

🔹 5 oy davomida bepul ta’lim oladi;
🔹 darslarda o‘ziga qulay vaqtda qatnashadi.

👩‍💼 Ayollarning faol ishtiroki alohida qo‘llab-quvvatlanadi.

👉 Ariza topshirish 👈

🗓 Arizalar 2026-yil 1-oktyabrgacha qabul qilinadi.

Loyiha Migratsiya bo‘yicha xalqaro tashkilot (IOM) va Migratsiya agentligi hamkorligida, ishlayotgan hamyurtkarimizni qo‘llab-quvvatlash maqsadida amalga oshirilmoqda.
(ishga joylashtirish yoki xorijga yuborishni nazarda tutilmaydi.)

📲 Savollar uchun: +998 90 021 50 38 (Telegram)

@uzmigration
  • ❤ 175
  • 👍 64
  • 😴 27
  • 🔥 8
  • 🤔 4
  • ⚡ 3
  • 🤩 3
  • 😇 2
  • 🕊 1
Post #16298 123K
🇩🇪 Toshkentda “BerufsEXPO — 2026” ko‘rgazmasi!

🔰 Nemis tilini kamida A2 darajasida bilasiz va Germaniyada ta’lim olish, ish topish yoki nemis kompaniyalari bilan bevosita tanishishni istaysizmi? Unda aynan siz uchun ajoyib imkoniyat bor!

🌐 “BerufsEXPO — 2026” — kasbiy yo‘nalish, dual ta’lim (Ausbildung) va ish imkoniyatlariga bag‘ishlangan yirik ko‘rgazma o‘tkaziladi!

👉BATAFSIL TANISHISH👈

Ko‘rgazmada siz:

✅ Germaniyadagi kasb-hunar ta’limi tizimi bilan tanishasiz;
✅ nemis va o‘zbek tashkilotlari vakillari bilan bevosita suhbatlashasiz;
✅ o‘zingizga mos ta’lim yoki ish yo‘nalishini topishingiz mumkin.


❗️Tadbirda ishtirok etish mutlaqo bepul, biroq oldindan ro‘yxatdan o‘tish majburiy!

👉RO'YXATDAN O'TISH 👈

O‘zbekiston va Germaniya hamkorligida tashkil etilgan ushbu yarmarka yoshlarga kasbiy yo‘nalish tanlashda yordam beradi.

Asosiy tashkilotchilar: GP Günter Papenburg, Germaniya elchixonasi, Goethe-Institut, Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyati (GIZ), Germaniya Savdo-sanoat palatasining Markaziy Osiyodagi vakolatxonasi.

📆 2026-yil 30-sentyabr — 1-oktyabr
⏰ Boshlanish vaqti: 10:00

📍 Manzil: Toshkent shahri, Mirobod tumani, Haydar Aliyev ko‘chasi, 89-uy (Toshkent transport texnikumi)

📍 Lokatsiya

📢 Yaqinlaringizga tarqating!

So‘nggi yangiliklardan XORIJDA ISH kanali orqali xabardor bo‘lib turing!
  • ❤ 133
  • 👍 38
  • 😴 15
  • 🔥 6
  • ⚡ 5
  • 👀 5
  • 🙏 2
  • 😇 1
Post #16297 111K
🇯🇵🚛 YAPONIYADA HAYDOVCHILAR UCHUN ISH IMKONIYATI!

Yaponiyada haydovchilik sohasida ishlash istagida bo‘lgan hamyurtlarimiz uchun navbatdagi qabul boshlandi.

Migratsiya agentligi hamda Yaponiyaning “Proud Partners” kompaniyasi hamkorligida tashkil etilayotgan dastur doirasida nomzodlar uchun 8 oygacha bepul intensiv tayyorgarlik kursi tashkil etiladi.

📌 Nomzodlarga qo‘yiladigan talablar:

🚛 21–35 yoshdagi, BC toifadagi haydovchilik guvohnomasiga ega bo‘lganlar;

📋 C toifadagi haydovchilik guvohnomasi olinganiga kamida 2 yil bo‘lgan bo‘lishi kerak;

🇯🇵 Yaponiyada ishlash va belgilangan tayyorgarlik dasturida jiddiy ishtirok etishga tayyor nomzodlar;

📚 Yapon tilini biladigan nomzodlarga ustunlik beriladi.

🎓 Dastur doirasida:

🇯🇵🚛 Yapon tili va haydovchilik sohasi bo‘yicha 8 oygacha bepul intensiv tayyorgarlik;

🏠 Bepul yotoqxona;

💰 Yashash xarajatlariga Migratsiya agentligi tomonidan 90 foizgacha yordam ko‘rsatiladi.

🇯🇵 Yaponiyada:

💼 Ishchi vizasi asosida rasmiy ish o‘rinlari;

🏠 Turar joy bilan ta’minlashda yordam;

🩺 Tibbiy va ijtimoiy sug‘urta masalalarida yordam;

✈️ Belgilangan tartib asosida aviachipta va viza xarajatlari bo‘yicha yordam.

📅 Yangi guruhda o‘qish oktabr oyidan boshlanadi.

Tayyorgarlik kursining maksimal muddati — 8 oy. Dastur ishtirokchilarining asosiy qismi 5–6 oy davomida zarur yapon tili va kasbiy sertifikatlarni qo‘lga kiritib, ish takliflariga ega bo‘lgan.

💰 Oylik daromad ish joyi, ish soati va qo‘shimcha to‘lovlarga qarab farq qiladi.

📝 Dasturda ishtirok etish uchun ro‘yxatdan o‘ting

📩 Batafsil ma’lumot uchun:

Telegram:
@UPA_rouch_07
@bexruz_UPA

📞 Murojaat uchun: +998 99 855 87 45

📲 Yaqinlaringizga ulashing!

📢 So‘nggi yangiliklar va xorijda ishlash imkoniyatlaridan «XORIJDA ISH» kanali orqali xabardor bo‘lib turing.
  • ❤ 170
  • 🤔 30
  • 👍 21
  • 🤩 10
  • 🔥 7
  • ⚡ 3
  • 🎉 2
  • 😐 2
  • 👌 1
  • 💯 1
Post #16296 125K
📌📌📌📌📌

📣 Xorijdagi O‘zbekiston fuqarolari diqqatiga!

❗️Qurolli mojarolarda ishtirok etish – jinoiy javobgarlikka olib keladi

⚠️ Qator davlatlarda xorijiy ishchilarni qurolli harakatlarda ishtirok etishga yollash holatlari ko‘paymoqda. Bu sizning hayotingizga, erkinligingizga va kelajagingizga xavf soladi.

🚫 Qat’iy ravishda taqiqlanadi:

▪️qurolli mojaro va jangovar harakatlar olib borilayotgan hududlarga yaqinlashish;
▪️harbiy operatsiyalarda ishtirok etish;
▪️xorijiy davlatlarning qurolli kuchlari, xavfsizlik xizmatlari, harbiy adliyasi yoki boshqa kuch tuzilmalari safiga qo‘shilish;
▪️shubhali shaxslar, guruhlar yoki tashkilotlar tomonidan amalga oshirilayotgan yollash yoki jalb qilish (verbovka) takliflariga rozilik berish.


📌 Muhim ma’lumot:
O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 154¹-moddasiga muvofiq, xorijiy davlatlarda yollanma asosda harbiy xizmat o‘tash 3 yildan 5 yilgacha ozodlikdan mahrum etish bilan jazolanadi.

🛡 Xavf tug‘ilganda nima qilish kerak?

Shubhali taklif yoki vaziyatlar yuzaga kelganda, darhol O‘zbekiston Respublikasining diplomatik vakolatxonalari va коnsullik muassasalari yoki Migratsiya agentlikning vakolatxonalariga murojaat qiling.

Hayotingiz va erkinligingizni asrang.  Faqat qonun doirasida harakat qiling!

📲 Yaqinlaringizga ulashing!

📢 So‘nggi yangiliklar va xorijda ishlash imkoniyatlaridan XORIJDA ISH kanali orqali xabardor bo‘lib turing.
  • ❤ 149
  • 👍 107
  • 😴 20
  • 🤔 19
  • 💯 17
  • 🤩 10
  • ✍ 7
  • 😍 4
  • 👨‍💻 4
  • 👀 4
  • 🔥 2
Post #16295 211K
🇩🇪 GERMANIYADA ISHLASH UCHUN TO‘LIQ BEPUL DASTUR!

Migratsiya agentligi va “RRG AG” tashkiloti qurilish sohasi mutaxassislarini Germaniyada ishlashga taklif qiladi!

💼 Vakansiyalar:

Ish o‘rinlari: 200 ta
Ish vaqti: haftasiga 5 kun, 40 soat
Sinov muddati: 6 oy

💶 Oylik ish haqi: 2 500 yevro (qo‘lga tegadigan)

🔣 Nomzod hisobidan qoplanadigan xarajatlar:

• Germaniyada turar joy — oyiga 300 yevro;
• oziq-ovqat xarajatlari.

👤 Kimlar ishtirok etishi mumkin?

• 18–39 yoshdagi, oliy yoki kasb-hunar ta’limi to‘g‘risidagi diplomga ega nomzodlar.

Talablar:

• tegishli yo‘nalish bo‘yicha kamida 2 yillik texnikum yoki kollej diplomi;
• so‘nggi 5 yil ichida tegishli sohada kamida 2 yillik ish tajribasi.

🧮 Imtiyozlar:

📖 Talabgorlar Toshkent shahridagi “Berlitz” o‘quv markazida 8 oy davomida A1 darajadan B1 darajagacha bepul nemis tili kursida o‘qitiladi. Xarajatlar Migratsiya agentligi va ish beruvchi tomonidan qoplanadi.

🧮 Til sertifikati imtihoni, viza va aviachipta xarajatlari ish beruvchi tomonidan qoplanadi.

Mehnat sharoitlari — ish haqi, ustamalar, sug‘urta, ta’til va boshqa imtiyozlar — Germaniyadagi xodimlar bilan teng darajada belgilanadi.

Nomzodlar bilan 6 oylik sinov muddatini o‘z ichiga olgan muddatsiz mehnat shartnomasi tuziladi.

📌 Germaniyaga joylashganingizdan so‘ng oila a’zolaringizni doimiy yashash uchun olib kelish hamda bolalar uchun nafaqa olish imkoniyati mavjud.

📌 Ro‘yxatdan o‘tish uchun kerakli yo‘nalish ustiga bosing:

G'isht teruvchi
Qurilish duradgor
Qurilish chilangar
Sanoat mexanigi
Qurilish kran operatori
Qurilish payvandchi
Qurilish beton quyuvchi

🗓 Muddatlar:

Arizalar joriy yilning 30-sentyabriga qadar qabul qilinadi.
Ish beruvchilar bilan onlayn suhbatlar joriy yilning oktyabr oyidan boshlab har hafta o‘tkaziladi. Suhbatdan muvaffaqiyatli o‘tgan nomzodlar guruhlar shakllanishiga qarab o‘qishga jalb etiladi.

📞 Murojaat uchun: 1282

📢 Yaqinlaringizga ulashing!

👉 So‘nggi yangiliklardan “Xorijda ish” kanali orqali xabardor bo‘lib boring!
  • ❤ 472
  • 👍 199
  • 😴 32
  • 🔥 27
  • ⚡ 18
  • 🤔 14
  • 👌 8
  • 🎉 4
  • 🙏 3
  • 🥰 2
  • 😘 1
Post #16294 348K
🇷🇸 SERBIYADA RASMIY ISH O‘RINLARI!

«EXPO 2027» xalqaro loyihasi doirasida ishlash imkoniyati

Serbiyada o‘tkaziladigan «EXPO 2027» xalqaro ko‘rgazmasi doirasidagi qurilish obyektlari hamda ishlab chiqarish sohalarida ishlash uchun O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari taklif etilmoqda.

💼 Mehnat sharoitlari va afzalliklari:

💰Ish haqi: bajariladigan ish turi, mutaxassislik va nomzod malakasiga qarab 700-1500 yevro
🏠 🍽Turar joy va oziq-ovqat: ish beruvchi tomonidan bepul ta’minlanadi;
🪪 Ishga joylashish: rasmiy mehnat shartnomasi va tegishli mehnat vizasi asosida.

Nomzodlarga qo‘yiladigan talablar:

▪️Yoshi: 18–45 yosh;
▪️Til bilishi: rus yoki ingliz tilini boshlang‘ich yoki muloqot darajasida bilish;
▪️Sog‘lig‘i: mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun sog‘lom bo‘lish;

Ma'lumot uchun: Oliy ma’lumotli va tegishli sohada ish tajribasiga ega Qurilish va elektr muhandislari uchun alohida ish o‘rinlari mavjud.
💶 Ish haqi: 1 500 yevrodan boshlab.

📌 Ishga qabul qilish jarayoni nomzodning malakasi, ish tajribasi va ish beruvchi talablaridan kelib chiqib amalga oshiriladi.

Muhim: Nomzodlar o'z ish faoliyatidan 30 sekundlik videorolikni telegram orqali EXPO SERBIA botga yuborishilari kerak.

Elektriklar ARIZA QOLDIRISH
Betonchilar ARIZA QOLDIRISH

📲 Yaqinlaringizga ulashing!

📢 So‘nggi yangiliklar va xorijda ishlash imkoniyatlaridan XORIJDA ISH kanali orqali xabardor bo‘lib turing.
  • ❤ 269
  • 👍 98
  • 🤔 30
  • 😴 21
  • 😐 11
  • 🔥 8
  • 🤝 6
  • 🤗 5
  • ⚡ 3
  • 🤩 3
  • 🥰 2
Post #16293 178K
🇺🇿🇰🇷 JANUBIY KOREYADA MEHNAT QILAYOTGAN YURTDOSHLARIMIZ UCHUN OCHIQ MULOQOT

📌 Migratsiya agentligi rahbari Muxsinxo‘ja Abdurahmonov Janubiy Koreyada mehnat faoliyatini olib borayotgan yurtdoshlarimiz bilan ochiq muloqot o‘tkazadi.

Uchrashuv davomida yurtdoshlarimiz o‘zlarini qiziqtirgan masalalar yuzasidan Migratsiya agentligi rahbariga bevosita murojaat qilishlari mumkin.

📌 Asosiy mavzular:

— mehnat faoliyati va ish vizalari;
— ish qidirish va qonuniy bandlik;
— ish beruvchi bilan bog‘liq masalalar;
— mehnat huquqlarini himoya qilish;
— O‘zbekistonga qaytish va qayta ishga joylashish;
— davlat tomonidan ko‘rsatiladigan moliyaviy yordam;
— migratsiyaga oid boshqa masalalar.


📆 Sana: 13-sentabr, 2026-yil
🕙 Vaqt: 10:00–14:00
📍 Manzil: Seul shahri HANPASS kompaniyasi binosi

B2, S Tower, 92 Achasan-ro, Seongdong-gu, Seoul
서울특별시 성동구 아차산로 92, 에스타워 B2층

📍Lokatsiya

Barcha yurtdoshlarimizni ochiq muloqotda faol ishtirok etishga taklif qilamiz.

🇬🇧 EN
🇷🇺 RU

📢 Yaqinlaringizga ham ulashing!

So‘nggi yangiliklardan XORIJDA ISH kanali orqali xabardor bo‘lib turing!
  • ❤ 106
  • 👍 39
  • 🤔 8
  • 😴 7
  • 🔥 4
  • 👀 4
  • ✍ 2
Post #16292 157K
🚌 NOYABR OYIDA YAPONIYADA ISHLASH TAKLIFINI QO‘LGA KIRITING! 🇯🇵

Migratsiya agentligi, “Vatanparvar” tashkiloti, “Onodera User Run” va Yaponiya kompaniyalari hamkorligida haydovchilarni Yaponiyada ishga joylashtirishga qaratilgan grant dasturiga taklif etadi!

🇯🇵 Noyabr oyida Yaponiyadan haydovchilik sohasida faoliyat yurituvchi 20 ga yaqin haydovchilik sohasi kompaniya vakillari O‘zbekistonga kelib, nomzodlar bilan suhbat o‘tkazadi.

📚 Yo‘nalishlar:

🔹 JLPT N3 sertifikatiga ega bo‘lganlar — noyabr oyida to‘g‘ridan-to‘g‘ri suhbatda qatnashib, ish taklifini olishlari mumkin;
🔹 JFT A2 / JLPT N4 sertifikatiga ega bo‘lganlar — iyun oyida boshlangan guruhga qo‘shilib, suhbatga tayyorgarlik ko‘rishlari mumkin;
🔹 Yapon tilini bilmaydiganlar — oktabr oyida tashkil etiladigan yangi guruhda tilni noldan o‘rganishlari mumkin.

🚘 Haydovchilik guvohnomasi: BC — kamida 1 yillik tajriba; CE va D — muddat talabi yo‘q.

📚 O‘qish: yapon tili va kasbiy tayyorgarlik — bepul.

🏠 Yotoqxona: Migratsiya agentligi tomonidan bepul taqdim etiladi.
📍 Manzil: Toshkent shahri, Yashnobod tumani, Parkent ko‘chasi, 331-uy, Xalqaro til va ko‘nikmalar maktabi.

💴Oylik daromad ish joyi, ish vaqti, bonuslar va qo‘shimcha to‘lovlarga qarab kompaniyalar kesimida farq qiladi.

✍️ Joyingizni band qilish uchun hoziroq anketani to‘ldiring! 👇👇

➡️ ANKETA TO‘LDIRISH ⬅️

📱 Batafsil ma’lumot uchun @Our_Xurshid Telegram profiliga murojaat qiling.

📞 +998 77 971 53 00
📞 +998 70 308 61 69
📞 +998 70 308 61 67

Batafsil malumot olish uchun bugun 20:30 da Online Seminar o'tkaziladi qatnashing👇

SEMINARGA KIRISH

📢 Yaqinlaringizga ham ulashing!

So‘nggi yangiliklardan XORIJDA ISH kanali orqali xabardor bo‘lib turing!
  • ❤ 144
  • 👍 34
  • 😴 13
  • 🔥 5
  • 🎉 3
  • 🤝 3
  • 💯 1
Post #16291 152K
🇩🇪 Toshkentda “BerufsEXPO — 2026” ko‘rgazmasi!

🔰 Nemis tilini kamida A2 darajasida bilasiz va Germaniyada ta’lim olish, ish topish yoki nemis kompaniyalari bilan bevosita tanishishni istaysizmi? Unda aynan siz uchun ajoyib imkoniyat bor!

🌐 “BerufsEXPO — 2026” — kasbiy yo‘nalish, dual ta’lim (Ausbildung) va ish imkoniyatlariga bag‘ishlangan yirik ko‘rgazma o‘tkaziladi!

👉BATAFSIL TANISHISH👈

Ko‘rgazmada siz:

✅ Germaniyadagi kasb-hunar ta’limi tizimi bilan tanishasiz;
✅ nemis va o‘zbek tashkilotlari vakillari bilan bevosita suhbatlashasiz;
✅ o‘zingizga mos ta’lim yoki ish yo‘nalishini topishingiz mumkin.


❗️Tadbirda ishtirok etish mutlaqo bepul, biroq oldindan ro‘yxatdan o‘tish majburiy!

👉RO'YXATDAN O'TISH 👈

O‘zbekiston va Germaniya hamkorligida tashkil etilgan ushbu yarmarka yoshlarga kasbiy yo‘nalish tanlashda yordam beradi.

Asosiy tashkilotchilar: GP Günter Papenburg, Germaniya elchixonasi, Goethe-Institut, Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyati (GIZ), Germaniya Savdo-sanoat palatasining Markaziy Osiyodagi vakolatxonasi.

📆 2026-yil 30-sentyabr — 1-oktyabr
⏰ Boshlanish vaqti: 10:00

📍 Manzil: Toshkent shahri, Mirobod tumani, Haydar Aliyev ko‘chasi, 89-uy (Toshkent transport texnikumi)

📍 Lokatsiya

📢 Yaqinlaringizga tarqating!

So‘nggi yangiliklardan XORIJDA ISH kanali orqali xabardor bo‘lib turing!
  • ❤ 134
  • 👍 47
  • 🔥 4
  • 🤔 4
  • 💯 4
  • ⚡ 2
  • 🥰 2
Post #16290 136K
XORIJDA ISH 🎉 XORIJDA ISHLAB KELGANLAR UCHUN GRANT IMKONIYATI! Xorijda ishlab qaytgach, o‘z biznesingizni yo‘lga qo‘ydingizmi? Endi uni kengaytirish va yangi ish o‘rinlari yaratish uchun grant yutib olish imkoniyatidan foydalaning! Migratsiya bo‘yicha xalqaro tashkilot…
❓ 60 МЛН СЎМЛИК ГРАНТ КИМЛАРГА БЕРИЛАДИ?

💰 Грант маблағи қўлга бериладими?
🌍 Қайси давлатдан қайтганлар иштирок эта олади?
📊 Ғолиблар қандай танланади?
💼 Ўз маблағингизни киритиш шартми?


Хорижда ишлаб қайтган фуқаролар учун эълон қилинган грант танлови бўйича энг кўп берилаётган саволларга ушбу видеода жавоб берамиз.

▶️ Видеони кўринг ва танлов шартлари билан батафсил танишинг.

📢 Хабарни тарқатинг!
👉 @uzmigration
  • ❤ 87
  • 😴 37
  • 👍 12
  • 🤔 11
  • 🔥 10
  • 👀 7
  • 💯 5
  • 🤩 3
  • 🏆 2
  • 👨‍💻 2
  • 🕊 1
Post #16289 134K
🇺🇿🇯🇵 TIL VA KASBIY TAYYORGARLIKDAN — YAPONIYADAGI ISH O‘RINLARIGA

Migratsiya agentligi tomonidan yana bir guruh yurtdoshlarimiz Yaponiyaga mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun jo‘nab ketdi.

Ular 5 oy ichida yapon tilidan N4 darajasini egalladi.

Yurtdoshlarimiz Yaponiyada havoza o‘rnatuvchi va qolipchi yo‘nalishlarida faoliyat olib boradi.

💴 Oylik sof daromad — o‘rtacha 150–160 ming iyena

Egallangan til va kasbiy ko‘nikmalar — xalqaro mehnat bozorida munosib ish o‘rniga erishishning muhim omilidir.

Sizga ham ushbu yo‘nalish qiziq bo‘lsa o‘zingizga to‘g‘ri keladigan kasbni tanlab, havola orqali ariza qoldirnig👇

1. Armaturachi

2. Opalubkachi

3. Umumiy qurilish

🇬🇧 EN
🇷🇺 RU

Murojaat uchun:
☎️ +99871 202-33-55 (545)

Yaqinlaringizga tarqating!
So‘nggi yangiliklardan XORIJDA ISH kanali orqali xabardor bo‘lib turing!
  • ❤ 110
  • 👍 55
  • 😴 18
  • 🤔 16
  • 🔥 4
  • 👌 2
Post #16288 165K
🇬🇧Buyuk Britaniyada Mavsumiy ishchilar sxemasi doirasida ishlab qaytganlar — 60 MLN so‘mgacha GRANT yutib olishlari mumkin!

💼 Migratsiya bo'yicha xalqaro tashkilot (IOM) va Migratsiya agentligi tomonidan kichik biznesni kengaytirishga qaratilgan grantlar uchun tanlov o‘tkazilmoqda. 60 mln so‘mgacha grant yutib oling va mavjud biznes faoliyatingizni yanada kengaytiring
❓Tanlovda kimlar qatnasha oladi:

▪️2024 - 2026 - yillarda Buyuk Britaniyaning Mavsumiy ishchilar sxemasida ishlab qaytgan fuqarolar;
▪️Biznesga o‘z tomonidan sarmoya kiritishga tayyorlar;
▪️Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadigan 1 kunlik intensiv treningda shaxsan ishtirok etish imkoniyati borlar (barcha xarajatlar tashkilot tomonidan qoplanadi).

❗️Nomzodlar quyidagi mezonlarga javob berishi kerak:

▪️Biznes yuritish bo‘yicha tasdiqlangan tajriba (biznes yoki startap);
▪️Yangi ish o‘rinlarini yaratish salohiyati;
▪️Biznes-rejaning uzoq muddatliligi, ta’siri va barqarorligini ta’minlash istagi;
▪️Ishtirokchilarning turmush sharoitini yaxshilash bo'yicha grantlar ta’sirini baholash uchun kelgusi 24 oy davomida IOM bilan hamkorlik qilishga roziligi.


📥 Biznesingizni puxta rejalashtirib tanlovda ishtirok etish uchun arizangizni havola orqali yuboring.

👩‍💼 Tanlovda ayollarning faol ishtirok etishi alohida qo‘llab-quvvatlanadi.

📥 Ariza yuborish joriy yil 20-sentyabrgacha

📲 Savollaringiz bo‘lsa, telegram orqali biz bilan bog‘laning:
+998 920012418

Yaqinlaringizga tarqating!
So‘nggi yangiliklardan XORIJDA ISH kanali orqali xabardor bo‘lib turing!
  • ❤ 208
  • 👍 81
  • 🤔 34
  • 😴 31
  • ✍ 15
  • 🔥 8
  • ⚡ 5
  • 💯 5
  • 🥰 3
  • 🍾 1
  • 👨‍💻 1
Post #16286 185K
🇭🇷 XORVATIYADA QURILISH SOHASIDA ISH IMKONIYATI

Migratsiya agentligi hamyurtlarimizni Xorvatiyada qurilish sohasida ishlashga taklif etadi.
📌 Vakansiyalar:

🧱 G‘ishtchi-devorchi — 4 ta
💰 Maosh: 8 YEVRO/soat, o‘rtacha 1 500–1 800 YEVRO oyiga
🔗 Ariza qoldirish

🪚 Pardozlash ustasi — 2 ta
💰 Maosh: 8 YEVRO/soat, o‘rtacha 1 500–1 800 YEVRO oyiga
🔗 Ariza qoldirish

🔩 Fasad ishchilari — 4 ta
💰 Maosh: 8 YEVRO/soat, o‘rtacha 1 500–1 800 YEVRO oyiga
🔗 Ariza qoldirish

🏗 Qolibchilar / Opalubkachilar — 4 ta
💰 Maosh: 8 YEVRO/soat, o‘rtacha 1 500–1 800 YEVRO oyiga
🔗 Ariza qoldirish

🧱 Knauf ishchisi (gipsokarton montajchisi) — 2 ta
💰 Maosh: 1 500–1 800 YEVRO oyiga
🔗 Ariza qoldirish

⏰ Ish vaqti: oyiga 176–220 soat
📄 Mehnat shartnomasi: 3 yil, uzaytirish imkoniyati bilan
🕐 Sinov muddati: 3 oy, boshlang‘ich maosh 8 YEVRO/soat

👤 Nomzodlarga qo‘yiladigan talablar:

▪️ Tegishli yo‘nalish bo‘yicha malaka (kamida 3 yillik ish tajribasi, malaka sertifikati bo‘lsa afzal);
▪️ Emlash sertifikati (Xorvatiya tomonidan beriladigan 18a-forma majburiy, formani rasmiylashtirishda Migratsiya agentligi ko'maklashadi).

🧳 Ish beruvchi tomonidan qoplanadi:

🚐 Aeroportdan yashash joyigacha transfer;
🏠 Yashash joyi;
🍽 Kuniga 1 mahal ovqatlanish;
🩺 Tibbiy sug‘urta;
🎓 O‘quv xarajatlari;
🚌 Ish joyigacha yo‘l xarajati;
📋 Ish ruxsatnomasini rasmiylashtirish xarajatlari;
🎫 Yiliga 1 marta ta’til chiptasi — imkon bo‘lsa.

💳 Nomzodning xarajatlari:

✈️ O‘zbekistondan Xorvatiyagacha aviachipta;
📇 Ish vizasi xarajatlari (konsullik/viza markazida);
🧮 Ishga joylashgandan so'ng — viza va aviachipta xarajatlari Migratsiya agentligi tomonidan kompensatsiya qilinadi.

📲 Yaqinlaringizga ulashing!

📢 So‘nggi yangiliklar va xorijda ishlash imkoniyatlaridan «XORIJDA ISH» kanali orqali xabardor bo‘lib turing.
  • ❤ 340
  • 👍 200
  • 🤔 37
  • 😴 20
  • 🔥 14
  • 👀 10
  • 🫡 10
  • 💯 5
  • 🥰 4
Post #16285 174K
🎉 XORIJDA ISHLAB KELGANLAR UCHUN GRANT IMKONIYATI!

Xorijda ishlab qaytgach, o‘z biznesingizni yo‘lga qo‘ydingizmi? Endi uni kengaytirish va yangi ish o‘rinlari yaratish uchun grant yutib olish imkoniyatidan foydalaning!

Migratsiya bo‘yicha xalqaro tashkilot (MXT) va Migratsiya agentligi hamkorligida, Shvetsiya Adliya vazirligi moliyaviy ko‘magida grant tanlovi e’lon qilinadi.

🎯 Tanlovda quyidagilarga ustuvorlik beriladi:

— biznesni rivojlantirish bo‘yicha aniq va asoslangan g‘oya;
— yangi ish o‘rinlarini yaratish imkoniyati;
— mavjud biznesning barqarorligi va samaradorligi.

👥 Kimlar ishtirok etishi mumkin?

🛩 2025–2026-yillarda xorijda ishlab, O‘zbekistonga qaytganlar;
👩‍💼 Xotin-qizlarning faol ishtiroki alohida qo‘llab-quvvatlanadi.

📅 Arizalar 2026-yil 21-sentyabrga qadar qabul qilinadi.

📩 Ariza topshirish:
https://docs.google.com/forms/d/e/1FAIpQLSfW-51HnsIY9bN55rq6h0vRDj7oxLWkgQiyWjE8Of_W2jCETQ/viewform?usp=header

📲 Savollar uchun Telegram:
+998 90 021 50 38

Imkoniyatni qo‘ldan boy bermang — xorijda orttirgan bilim va tajribangizni muvaffaqiyatli biznesga aylantiring!

Yaqinlaringizga tarqating!
So‘nggi yangiliklardan XORIJDA ISH kanali orqali xabardor bo‘lib turing!
  • ❤ 173
  • 👍 45
  • 😴 17
  • 🔥 8
  • 👀 5
  • 👌 2
  • 😍 2
  • 🤗 2
Post #16284 170K
🇯🇵🚛 BC TOIFADAGI HAYDOVCHILIK GUVOHNOMANGIZ BORMI?

Unda bu imkoniyatni o‘tkazib yubormang! 🇯🇵

Migratsiya agentligi va Yaponiyaning “Proud Partners” kompaniyasi hamkorligida Yaponiyada haydovchilik sohasida ishlash istagidagi nomzodlar uchun navbatdagi qabulimiz ochiqligini eʼlon qilamiz.

🎓 Nega aynan bu dastur?

Tayyorgarlik kursining maksimal muddati — 8 oy (natijaga tezroq erishganlar esa keyingi jarayonlarga oldinroq tayyor bo‘lishi mumkin).

💪🇯🇵 Dastur ishtirokchilarining asosiy qismi 5–6 oy ichida zarur yapon tili va kasbiy sertifikatlarni qo‘lga kiritdi va ish takliflarni oldi. Kuz oylaarida Yaponiyada ish boshlashadi.


📅 NAVBATDAGI YANGI GURUHGA — SENTYABR OYIDAN O'QISH BOSHLANADI!

👤 KIMLAR ISHTIROK ETISHI MUMKIN?

🚛 21–35 yoshdagi BC toifadagi haydovchilik guvohnomasiga ega bo‘lganlar (C toifadagi guvohnoma olinganiga kamida 2 yil bo‘lgan bo‘lishi kerak);

🇯🇵 Yaponiyada ishlashga va belgilangan tayyorgarlik dasturida jiddiy qatnashishga tayyor nomzodlar;

📚 Yapon tilini biladiganlarga ustunlik beriladi.

🎓 SIZNI NIMALAR KUTADI?

🇯🇵🚛 Yapon tili va haydovchilik sohasi bo‘yicha 8 oygacha bepul intensiv tayyorgarlik;

🏠 Bepul yotoqxona.

🇯🇵 YAPONIYADA:

💼 Ishchi viza va Yaponiya bo‘ylab rasmiy ish o'rinlari ;

🏠 Turar joy bilan ta’minlash yordam;

🩺 Tibbiy va ijtimoiy sug‘urta;

✈️ Belgilangan tartib asosida aviabilet va viza xarajatlari bo‘yicha yordam.

💰 Oylik daromad ish joyi, ish soati va qo‘shimcha to‘lovlarga qarab farq qiladi.


📩 Batafsil ma’lumot uchun:
Telegram:
@UPA_rouch_07
@bexruz_UPA

Murojaat uchun: +998998558745

📢 Yaponiyada ishlashni istayotgan haydovchi tanishlaringizga ham yuboring!
So‘nggi yangiliklardan XORIJDA ISH kanali orqali xabardor bo‘lib boring!
  • ❤ 223
  • 👍 68
  • 😴 25
  • 🤔 8
  • 😐 7
  • 🔥 6
  • ⚡ 1
  • 🤝 1
Post #16281 162K
ISO 9606 — payvandchilar uchun xalqaro sertifikat

Mohir Usta Training markazida payvandchilar uchun ISO 9606 xalqaro sertifikatini olish imkoniyati mavjud.

Test sinovlari:
• MIG/MAG — yarim avtomat payvandlash
• TIG — argon payvandlash
• Elektr payvandlash

Test jarayonida zamonaviy uskunalar va Soldamatic 5.0 payvandlash simulyatoridan foydalaniladi.

Test natijalari 16 xil tilda taqdim etilishi mumkin.

Payvandchilar malakasini xalqaro standartlar asosida tasdiqlang.

Ish beruvchilar va xususiy bandlik agentliklarini hamkorlikka taklif qilamiz.

📍 TashGRES koʻchasi, 14, Qibray.

📞 +998 77 736 90 90
📩 Telegram: @mohirusta_support
  • ❤ 134
  • 👍 54
  • 🔥 16
  • 🫡 8
  • ✍ 6
  • ⚡ 4
  • 🍾 4
Older posts →

About this channel

How can I read @migratsiyaagentligi without a Telegram account?
TGViewer shows the public web preview Telegram publishes for XORIJDA ISH: recent posts, photos, videos and the subscriber count, with no app, login or account.
How many subscribers does XORIJDA ISH have?
XORIJDA ISH (@migratsiyaagentligi) has 260K subscribers on Telegram, refreshed roughly every 30 minutes.
Does XORIJDA ISH know I viewed it here?
No. Public channel previews carry no viewer identity, and TGViewer has no accounts or tracking of what you look up.
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →