TGViewer
Xorijiy vakansiyalar Xorijiy vakansiyalar @f_vacancy · 868 subscribers
Post #187 4.68K
🇰🇷 KOREYANING SPAS BAZASIDAGI FUQAROLAR DIQQATIGA!

📢 Koreya Respublikasida SPAS bazasiga kiritilgan nomzodlar uchun ish beruvchilar tanlovi quyidagi muddatlarda o‘tkazilishi rejalashtirilgan:

🔹 19–23-oktabr — ishlab chiqarish va tog‘-konchilik;
🔹 26–30-oktabr — xizmat ko‘rsatish va boshqa sohalar.

❗️MUHIM YANGILIK!

Bu galgi tanlovda xizmat ko‘rsatish sohasiga ish beruvchilardan kutilganidan ko‘proq talabnomalar kelib tushgan.

Shu sababli HRD Korea tomonidan SPAS bazasida ishlab chiqarish sohasida ro‘yxatda turgan, bazadagi amal qilish muddati yakunlanayotgan va xizmat ko‘rsatish sohasiga o‘tish imkoniyatiga ega nomzodlar ro‘yxati HRD Korea tomonidan Migratsiya agentligiga taqdim etildi.

📌 Ro‘yxatda bormisiz?

Agar ism-familiyangiz ro‘yxatda bo‘lsa va xizmat ko‘rsatish sohasiga o‘tishni istasangiz, 18-oktabrga qadar Migratsiya agentligining yashash hududingizdagi filialiga murojaat qiling.

📍Migratsiya agentligining 👉hududiy filiallari manzillari👈

👉 Ro‘yxatni tekshirish 👈

⚠️ Eslatma: Sohani o‘zgartirish istagini bildirgan nomzodlarning ma’lumotlari Koreya tomoniga taqdim etiladi. Bu ish beruvchi tomonidan tanlanish yoki Koreyada ishga joylashishni kafolatlamaydi. Yakuniy tanlov Koreya tomonining vakolatli tashkilotlari va ish beruvchilari tomonidan amalga oshiriladi.

⏰ Murojaatlar 2026-yil 18-oktabrga qadar qabul qilinadi!

📞 Ma’lumot uchun: 71 202 33 55 (ichki raqam - 243)

Yaqinlaringizga tarqating!

So‘nggi yangiliklardan XORIJDA ISH kanali orqali xabardor bo‘lib turing!
  • ❤ 2
More from @f_vacancy
  1. Oct 16, 2026🇪🇪 PAYVANDCHIMISIZ? ESTONIYA SIZNI KUTMOQDA! ✈️ Estoniyalik ish beruvchilar O’zbekistong…
  2. Oct 16, 2026🇰🇷 KOREYAGA BORISH SARI BIRINCHI QADAMINGIZNI BUGUN TASHLANG! 🇰🇷 🔥 EPS-TOPIK — ISHCHI…
  3. Oct 16, 2026🔥XORIJDA MALAKALI PAYVANDCHI BOʻLIB ISHLAMOQCHIMISIZ? 🎯UNDA SIZNI ,,QIZILQUM’’ XALQARO P…
  4. Oct 16, 2026🚛🇭🇷 XORVATIYADA FURA HAYDOVCHILARI UCHUN ISH Xalqaro yuk tashishda ishlashni istaysizmi…
  5. Oct 16, 2026📣 Global HR хусусий бандлик агентлигининг Наманган филиали ишга таклиф қилади! (Лицензия…
  6. Oct 16, 2026🇪🇺 ESTONIYADA ISHLASH NIYATIDA BO‘LGAN MUTAXASSISLAR DIQQATIGA! Estoniyada (Yevropa Itti…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →