RASMIY MUNOSABAT
Ijtimoiy tarmoqlarda Yunusobod tumani, 4-mavze, 22–23-uylar yonida joylashgan “Shoxsaroy” restorani faoliyati natijasida tutun chiqayotgani va mazkur holat atrofdagi aholi uchun noqulaylik tug‘dirayotgani yuzasidan murojaat e’lon qilingan.
Mazkur murojaat Toshkent shahar Ekologiya va iqlim o‘zgarishi bosh boshqarmasi Ekopolitsiyasining Yunusobod tumani bo‘limi xodimlari tomonidan joyiga chiqib o‘rganildi.
O‘rganish davomida umumiy ovqatlanish shoxobchasida belgilangan tartibda filtr qurilmalari o‘rnatilmagan holda kabob tayyorlash uchun ochiq olovdan foydalanilgani hamda buning natijasida tutun tarqalayotgani aniqlandi.
Aniqlangan holat yuzasidan huquqbuzarga nisbatan qonunchilikda belgilangan tartibda ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirildi.
___
🍀 Toshkent shahar Ekologiya va iqlim o'zgarishi bosh boshqarmasi matbuot xizmati
📱Telegram 🌐Instagram 🌐Facebook
Post #36720
175
