Rasmiy munosabat
Ijtimoiy tarmoqlarda Yunusobod tumani 8-mavzesi, 49-uy orqa qismida joylashgan umumiy ovqatlanish shoxobchasidan tutun chiqayotgani, buning oqibatida atrofdagi aholi xonadonlarining derazalarini ochish imkoniyati cheklanayotgani hamda tutun chiqarish tizimida filtr mavjud emasligi yuzasidan murojaat e’lon qilingan.
Mazkur murojaat Toshkent shahar Ekologiya va iqlim o‘zgarishi bosh boshqarmasi Ekopolitsiyasining Yunusobod tumani bo‘limi xodimlari tomonidan joyiga chiqib o‘rganildi.
O‘rganish davomida belgilangan tartibda filtr o‘rnatilmagan holda mangalda go‘sht pishirish uchun ochiq olov yoqib, atrof-muhitga tutun tarqatish holatlari aniqlandi.
Aniqlangan huquqbuzarliklar yuzasidan mas’ullarga nisbatan qonunchilikda belgilangan tartibda ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirildi.
___
🍀 Toshkent shahar Ekologiya va iqlim o'zgarishi bosh boshqarmasi matbuot xizmati
📱Telegram 🌐Instagram 🌐Facebook
Post #36725
282

- 👍 1