TGViewer
Channel Public Channel
Toshkent shahar Ekologiya va iqlim o'zgarishi bosh boshqarmasi

Toshkent shahar Ekologiya va iqlim o'zgarishi bosh boshqarmasi

@ecopoytaxt

Toshkent shahar Ekologiya va iqlim
o'zgarishi bosh boshqarmasining rasmiy sahifasi

Bot manzilimiz: @Ecopoytaxt_murojaat_bot

https://instagram.com/ekopoytaxt

https://www.facebook.com/tashkentecology
Subscribers
1.78K
Photos
28.8K
Videos
3.6K
Links
9.6K
Recent Posts 9 shown
Post #36566 271
Ijtimoiy tarmoqlarda Yunusobod tumanida, Niyozbek yo‘li va Aripova ko‘chalari chorrahasida joylashgan hududda daraxt kesilgani yuzasidan tarqalgan murojaat Toshkent shahar Ekologiya va iqlim o‘zgarishi bosh boshqarmasi Ekopolitsiyasining alohida maxsus topshiriqlar bo‘yicha tezkor guruhi inspektori hamda Yunusobod tumani bo’limi xodimi tomonidan o‘rganildi.

O‘rganish davomida mazkur hududda haqiqatdan ham 3 tup daraxtlarning noqonuniy kesilganligi o’z tasdig’ini topdi.

Aniqlangan holat yuzasidan huquqbuzarlarga nisbatan 80 520 000 so‘m o‘simlik dunyosiga yetkazilgan zarar undirish belgilandi.

Mazkur holat bo‘yicha yuridik shaxsga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 79-moddasi 1-qismi asosida ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirildi.

Shuningdek, MJtKning 245-moddasi 3-qismiga muvofiq to‘plangan hujjatlari qonuniy chora ko‘rish uchun jinoyat ishlari bo‘yicha Yunusobod tuman sudiga yuborilmoqda.
——
🍀 Toshkent shahar Ekologiya va iqlim o‘zgarishi bosh boshqarmasi axborot xizmati

📱 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐Facebook
  • 👍 2
Post #36565 177
Olmazor tumani hududida o‘tkazilgan reyd tadbirlari davomida 277-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti (DMTT) hududida sanitariya tozaligi va infratuzilma talablariga rioya etilmagani aniqlandi.

🔎 Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar Ekologiya va iqlim o‘zgarishi bosh boshqarmasi Ekopolitsiyasining Olmazor tumani bo‘limi xodimlari tomonidan huquqbuzarlikni sodir etgan fuqaroga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining tegishli moddasiga asosan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirildi.

——
🍀 Toshkent shahar Ekologiya va iqlim o‘zgarishi bosh boshqarmasi axborot xizmati

📱 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐Facebook
  • 👍 1
Post #36563 186
Shayxontohur tumani, Jarariq MFY, Tinchlik ko‘chasi, 37-uy oldida Toshkent shahar Ekologiya va iqlim o‘zgarishi bosh boshqarmasi Ekopolitsiyasining Shayxontohur tumani bo‘limi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan reyd tadbirlari davomida qurilishdan hosil bo‘lgan chiqindilarni belgilanmagan joyga tashlash holati aniqlandi.

Mazkur holat yuzasidan huquqbuzarlikni sodir etgan fuqarolarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining tegishli moddasi bilan ma’muriy bayonnomalar rasmiylashtirildi.
——
🍀 Toshkent shahar Ekologiya va iqlim o‘zgarishi bosh boshqarmasi axborot xizmati

📱 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐Facebook
Post #36559 156

Forwarded from Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi

O‘zbekiston OTB forumida iqlim tashabbuslarini taqdim etdi

14–16-sentabr kunlari Osiyo taraqqiyot banki (OTB)ning mintaqaviy forumi doirasida iqlim o‘zgarishiga moslashuvni investitsiyaviy rejalashtirish, moliyalashtirishni jalb qilish hamda iqlim loyihalarini tayyorlash masalalari muhokama qilindi.
https://gov.uz/oz/eco/news/view/223

Узбекистан представил климатические инициативы на форуме АБР

14–16 сентября 2026 года в рамках регионального форума Азиатского банка развития (АБР) были обсуждены вопросы инвестиционного планирования адаптации к изменению климата, привлечения финансирования и подготовки климатических проектов.
https://gov.uz/ru/eco/news/view/223131

Uzbekistan Presents Climate Initiatives at ADB Regional Forum

From 14 to 16 September 2026, a regional forum of the Asian Development Bank (ADB) brought together experts to discuss investment planning for climate change adaptation, financing opportunities, and the development of climate-related projects.
https://gov.uz/en/eco/news/view/223131

📱Instagram | 📱Telegram | 📱Facebook | X | 📱 Linkedin
Post #36558 240
Olmazor tumani hududida o‘tkazilgan reyd tadbirlari davomida Farobiy ko‘chasida chiqindilarni belgilanmagan joyga tashlash holati aniqlandi.


🔎 Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar Ekologiya va iqlim o‘zgarishi bosh boshqarmasi Ekopolitsiyasining Olmazor tumani bo‘limi xodimlari tomonidan huquqbuzarlikni sodir etgan fuqaroga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 91¹-moddasi 1-qismiga asosan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirildi.

Atrof-muhitni asrash, hududlar tozaligini ta’minlash va chiqindilarni belgilangan joylarga tashlash har bir fuqaroning mas’uliyatidir.

——
🍀 Toshkent shahar Ekologiya va iqlim o‘zgarishi bosh boshqarmasi axborot xizmati

📱 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐Facebook
  • ❤ 1
  • 👍 1
Post #36557 2.18K
25-sentabr — “Avtomobilsiz kun”!

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 25-martdagi PF–46-son Farmoni — “Atmosfera havosi sifatini yaxshilashga qaratilgan «Toza havo» umummilliy loyihasini amalga oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi hujjatga muvofiq, 2026-yil 1-maydan boshlab har oyning 10 va 25-sanasida “Avtomobilsiz kun”, shuningdek, “Avtomobilsiz hafta” aksiyalari o‘tkaziladi.

Navbatdagi “Avtomobilsiz kun” 25-sentabr kuni o‘tkaziladi. Keling, 25-sentabr kuni imkon qadar jamoat transportidan foydalanaylik!
———
🍀Toshkent shahar Ekologiya va iqlim o‘zgarishi bosh boshqarmasi matbuot xizmati

✅Telegram | 🌐Instagram | 🌐Facebook
  • 👍 2
  • ❤ 1
Post #36555 248
Korrupsiyaning oldini olish va xizmat intizomi masalalari muhokama qilindi

Bugun Toshkent shahar Ekologiya va iqlim o‘zgarishi bosh boshqarmasining korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha bosh mutaxassisi D.X. Taymuxamedov tomonidan Ekopolitsiyaning Olmazor tumani bo‘limi xodimlari ishtirokida korrupsiyaning oldini olish, xizmat intizomini mustahkamlash hamda xodimlar o‘rtasida yuksak odob-axloq tamoyillarini shakllantirishga qaratilgan davra suhbati tashkil etildi.

Davra suhbatida korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashish borasidagi amaldagi qonunchilik talablari, xususan, O‘zbekiston Respublikasining “Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida”gi Qonuni hamda korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashish tizimini takomillashtirishga qaratilgan Prezident Farmonining mazmun-mohiyati tushuntirildi.

Shuningdek, xizmat faoliyatida korrupsiyaviy xavf-xatarlarning oldini olish, manfaatlar to‘qnashuviga yo‘l qo‘ymaslik, poraxo‘rlik va boshqa noqonuniy holatlarga nisbatan murosasiz munosabatda bo‘lish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Suhbat davomida xodimlarga xizmat vazifalarini qonuniylik, halollik, xolislik va mas’uliyat tamoyillari asosida bajarish, xizmat intizomiga qat’iy rioya qilish hamda fuqarolar bilan muloqotda odob-axloq qoidalariga amal qilish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

Tadbir yakunida korrupsiyaning har qanday ko‘rinishiga yo‘l qo‘ymaslik, qonunbuzilishlarning oldini olish va xizmat faoliyatida halollik tamoyillariga qat’iy amal qilish har bir xodimning muhim vazifasi ekani ta’kidlandi.
———
🍀Toshkent shahar Ekologiya va iqlim o‘zgarishi bosh boshqarmasi matbuot xizmati

✅Telegram | 🌐Instagram | 🌐Facebook
  • 👍 3
  • ❤ 1
Post #36554 169

Forwarded from Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi

Bugun kechqurun atmosferada inversiya hodisasi kuzatilishi mumkin

Bugun, 22-sentabr soat 21:00 dan 23-sentabr tongi soat 4:00gacha yer yuzasidagi havo sovib, yuqoriroq qatlamdagi havo iliqroq qolishi natijasida harorat inversiyasi shakllanishi kutilmoqda.

Meteorologik prognozga ko‘ra, shamol tezligi Toshkent shahrida ayrim soatlarda 0,5–1 m/s gacha pasayadi, havoning vertikal aralashuvi esa sekinlashadi.

Yog‘ingarchilik kutilmayotgani sababli havodagi zarrachalarning uzoqroq muddat havoda qolib ketish ehtimolligi mavjud. Bu omillar PM2.5 va PM10 zarrachalarining yerga yaqin qatlamda to‘planishiga qulay sharoit yaratadi.

Prognozlar poytaxtning aksariyat hududlarida sutkaning 22:00 va 1:00 oralig'ida havo sifati AQI standartiga ko'ra "sezgir guruhlar uchun nosog‘lom" darajagacha yomonlashishi mumkinligini ko‘rsatmoqda.

Ertalab yer yuzasi isib, inversiya zaiflashishi va vertikal aralashuv kuchayishi bilan havo sifati asta-sekin yaxshilanishi kutilmoqda. Shu sababli kechki vaqtlarda ochiq havoda uzoq vaqt bo‘lmaslik tavsiya qilinadi.

Hozirda atmosfera havosi sifati Maxsus komissiya tomonidan doimiy monitoring qilinmoqda.

📱Instagram | 📱Telegram | 📱Facebook | X | 📱 Linkedin
  • ❤ 1
Post #36548 183

Forwarded from Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi

🇺🇿“Suv va tabiatga munosabatni tubdan o‘zgartiramiz”: Prezident nutqining mazmun-mohiyatiga e'tibor qaratildi

Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning mustaqilligimizning 35 yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi nutqining mazmun-mohiyatiga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi.
https://gov.uz/oz/eco/news/view/222760

🇺🇿«Мы коренным образом изменим отношение к воде и природе»: в центре внимания — основные положения выступления Президента

В Национальном комитете по экологии и изменению климата состоялось мероприятие, посвящённое содержанию и основным положениям выступления Президента Республики Узбекистан Шавката Мирзиёева на торжественном мероприятии, посвящённом 35-летию независимости страны.
https://gov.uz/ru/eco/news/view/222760

🇺🇿“We will fundamentally change our approach to water and nature”: President’s address takes centre stage

The National Committee on Ecology and Climate Change hosted an event focusing on the key messages and substance of the address delivered by President of the Republic of Uzbekistan Shavkat Mirziyoyev at the ceremony marking the 35th anniversary of the country’s independence.
https://gov.uz/en/eco/news/view/222760

📱Instagram | 📱Telegram | 📱Facebook | X | 📱 Linkedin
Older posts →

About this channel

How can I read @ecopoytaxt without a Telegram account?
TGViewer shows the public web preview Telegram publishes for Toshkent shahar Ekologiya va iqlim o'zgarishi bosh boshqarmasi: recent posts, photos, videos and the subscriber count, with no app, login or account.
How many subscribers does Toshkent shahar Ekologiya va iqlim o'zgarishi bosh boshqarmasi have?
Toshkent shahar Ekologiya va iqlim o'zgarishi bosh boshqarmasi (@ecopoytaxt) has 1.78K subscribers on Telegram, refreshed roughly every 30 minutes.
Does Toshkent shahar Ekologiya va iqlim o'zgarishi bosh boshqarmasi know I viewed it here?
No. Public channel previews carry no viewer identity, and TGViewer has no accounts or tracking of what you look up.
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →