TGViewer
Toshkent shahar Ekologiya va iqlim o'zgarishi bosh boshqarmasi Toshkent shahar Ekologiya va iqlim o'zgarishi bosh boshqarmasi @ecopoytaxt · 1.78K subscribers
Post #36554 158

Forwarded from Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi

Bugun kechqurun atmosferada inversiya hodisasi kuzatilishi mumkin

Bugun, 22-sentabr soat 21:00 dan 23-sentabr tongi soat 4:00gacha yer yuzasidagi havo sovib, yuqoriroq qatlamdagi havo iliqroq qolishi natijasida harorat inversiyasi shakllanishi kutilmoqda.

Meteorologik prognozga ko‘ra, shamol tezligi Toshkent shahrida ayrim soatlarda 0,5–1 m/s gacha pasayadi, havoning vertikal aralashuvi esa sekinlashadi.

Yog‘ingarchilik kutilmayotgani sababli havodagi zarrachalarning uzoqroq muddat havoda qolib ketish ehtimolligi mavjud. Bu omillar PM2.5 va PM10 zarrachalarining yerga yaqin qatlamda to‘planishiga qulay sharoit yaratadi.

Prognozlar poytaxtning aksariyat hududlarida sutkaning 22:00 va 1:00 oralig'ida havo sifati AQI standartiga ko'ra "sezgir guruhlar uchun nosog‘lom" darajagacha yomonlashishi mumkinligini ko‘rsatmoqda.

Ertalab yer yuzasi isib, inversiya zaiflashishi va vertikal aralashuv kuchayishi bilan havo sifati asta-sekin yaxshilanishi kutilmoqda. Shu sababli kechki vaqtlarda ochiq havoda uzoq vaqt bo‘lmaslik tavsiya qilinadi.

Hozirda atmosfera havosi sifati Maxsus komissiya tomonidan doimiy monitoring qilinmoqda.

📱Instagram | 📱Telegram | 📱Facebook | X | 📱 Linkedin
  • ❤ 1
More from @ecopoytaxt
  1. Sep 23, 2026Shayxontohur tumani, Jarariq MFY, Tinchlik ko‘chasi, 37-uy oldida Toshkent shahar Ekologiy…
  2. Sep 23, 2026O‘zbekiston OTB forumida iqlim tashabbuslarini taqdim etdi 14–16-sentabr kunlari Osiyo tar…
  3. Sep 23, 2026Olmazor tumani hududida o‘tkazilgan reyd tadbirlari davomida Farobiy ko‘chasida chiqindila…
  4. Sep 23, 202625-sentabr — “Avtomobilsiz kun”! O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 25-martd…
  5. Sep 22, 2026Korrupsiyaning oldini olish va xizmat intizomi masalalari muhokama qilindi Bugun Toshkent…
  6. Sep 22, 2026🇺🇿“Suv va tabiatga munosabatni tubdan o‘zgartiramiz”: Prezident nutqining mazmun-mohiyat…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →