Olmazor tumani hududida o‘tkazilgan reyd tadbirlari davomida Farobiy ko‘chasida chiqindilarni belgilanmagan joyga tashlash holati aniqlandi.
🔎 Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar Ekologiya va iqlim o‘zgarishi bosh boshqarmasi Ekopolitsiyasining Olmazor tumani bo‘limi xodimlari tomonidan huquqbuzarlikni sodir etgan fuqaroga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 91¹-moddasi 1-qismiga asosan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirildi.
Atrof-muhitni asrash, hududlar tozaligini ta’minlash va chiqindilarni belgilangan joylarga tashlash har bir fuqaroning mas’uliyatidir.
——
🍀 Toshkent shahar Ekologiya va iqlim o‘zgarishi bosh boshqarmasi axborot xizmati
📱 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐Facebook