Shayxontohur tumani, Jarariq MFY, Tinchlik ko‘chasi, 37-uy oldida Toshkent shahar Ekologiya va iqlim o‘zgarishi bosh boshqarmasi Ekopolitsiyasining Shayxontohur tumani bo‘limi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan reyd tadbirlari davomida qurilishdan hosil bo‘lgan chiqindilarni belgilanmagan joyga tashlash holati aniqlandi.
Mazkur holat yuzasidan huquqbuzarlikni sodir etgan fuqarolarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining tegishli moddasi bilan ma’muriy bayonnomalar rasmiylashtirildi.
——
🍀 Toshkent shahar Ekologiya va iqlim o‘zgarishi bosh boshqarmasi axborot xizmati
📱 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐Facebook
Post #36563
215

