TGViewer
Toshkent shahar Ekologiya va iqlim o'zgarishi bosh boshqarmasi Toshkent shahar Ekologiya va iqlim o'zgarishi bosh boshqarmasi @ecopoytaxt · 1.78K subscribers
Post #36566 380
Ijtimoiy tarmoqlarda Yunusobod tumanida, Niyozbek yo‘li va Aripova ko‘chalari chorrahasida joylashgan hududda daraxt kesilgani yuzasidan tarqalgan murojaat Toshkent shahar Ekologiya va iqlim o‘zgarishi bosh boshqarmasi Ekopolitsiyasining alohida maxsus topshiriqlar bo‘yicha tezkor guruhi inspektori hamda Yunusobod tumani bo’limi xodimi tomonidan o‘rganildi.

O‘rganish davomida mazkur hududda haqiqatdan ham 3 tup daraxtlarning noqonuniy kesilganligi o’z tasdig’ini topdi.

Aniqlangan holat yuzasidan huquqbuzarlarga nisbatan 80 520 000 so‘m o‘simlik dunyosiga yetkazilgan zarar undirish belgilandi.

Mazkur holat bo‘yicha yuridik shaxsga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 79-moddasi 1-qismi asosida ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirildi.

Shuningdek, MJtKning 245-moddasi 3-qismiga muvofiq to‘plangan hujjatlari qonuniy chora ko‘rish uchun jinoyat ishlari bo‘yicha Yunusobod tuman sudiga yuborilmoqda.
——
🍀 Toshkent shahar Ekologiya va iqlim o‘zgarishi bosh boshqarmasi axborot xizmati

📱 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐Facebook
  • 👍 2
More from @ecopoytaxt
  1. Sep 25, 2026#AvtomobilsizKun Bugun navbatdagi “Avtomobilsiz kun”! Keling, imkon qadar shaxsiy avtomobi…
  2. Sep 24, 2026Post #36583
  3. Sep 24, 2026Toshkent va Surxondaryoda ichimlik idishlarini qayta ishlash uchun yig‘uvchi fandomatlar i…
  4. Sep 24, 2026♻️ Belgilanmagan joyga chiqindi tashlagan fuqaro aniqlandi Yashnobod tumani, Mohinur mahal…
  5. Sep 24, 2026Avval xabar qilinganidek Yashnobod tumani, Farg‘ona yo‘li ko‘chasida joylashgan qurilayotg…
  6. Sep 24, 2026🇺🇳Saida Mirziyoyeva BMTda Orol fojiasi va ekologik yechimlar haqida gapirdi O‘zbekiston…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →