TGViewer
Toshkent shahar Ekologiya va iqlim o'zgarishi bosh boshqarmasi Toshkent shahar Ekologiya va iqlim o'zgarishi bosh boshqarmasi @ecopoytaxt · 1.78K subscribers
Post #36569 179

Forwarded from Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi

💬Rasmiy munosabat

Ijtimoiy tarmoqlarda Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi ortidagi 1,3 gektar hududda avtoturargoh tashkil etish va hududni obodonlashtirish loyihasi rejalashtirilayotgani haqida ma’lumotlar tarqalmoqda.

Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi ma’lum qiladiki, mazkur loyiha bo‘yicha hozircha ekologik ekspertiza xulosasi mavjud emas.

Shu sababli hududda har qanday qurilish va obodonlashtirish ishlari, jumladan daraxt va butalarga, yashil maydonlarga hamda tuproq qoplamiga ta’sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan ishlar tegishli ekologik baholashdan o‘tkazilmasdan amalga oshirilishi mumkin emas.

Loyihada 1 000 dan ortiq daraxt va buta ekilishi rejalashtirilgani qayd etilgan. Biroq yangi ko‘chatlar mavjud ko‘p yillik daraxtlar va shakllangan yashil hududlarning ekologik, iqlimiy va rekreatsion ahamiyatini to‘liq o‘rnini bosa olmaydi.

Qo‘mita hududdagi mavjud yashil maydon va daraxtlarni maksimal darajada saqlab qolish, ularni to‘liq xatlovdan o‘tkazish hamda loyiha hujjatlarini belgilangan tartibda ekologik ekspertizadan o‘tkazish zarur, deb hisoblaydi.

💬Официальное заявление

В социальных сетях распространяется информация о планируемом проекте по созданию автомобильной парковки и благоустройству территории площадью 1,3 гектара за Национальной библиотекой Узбекистана имени Алишера Навои.

Национальный комитет по экологии и изменению климата сообщает, что на данный момент по данному проекту заключение экологической экспертизы отсутствует.

В связи с этим любые строительные и благоустроительные работы на данной территории, в том числе работы, которые могут повлиять на деревья и кустарники, зелёные насаждения и почвенный покров, не могут проводиться без прохождения соответствующей экологической оценки.

В проекте предусмотрена высадка более 1 000 деревьев и кустарников. Однако новые саженцы не могут в полной мере компенсировать экологическое, климатическое и рекреационное значение существующих многолетних деревьев и сформировавшихся зелёных насаждений.

Комитет считает необходимым максимально сохранить существующие на территории зелёные насаждения и деревья, провести их полную инвентаризацию, а также обеспечить прохождение проектной документацией экологической экспертизы в установленном порядке.

📱Instagram | 📱Telegram | 📱Facebook | X | 📱 Linkedin
More from @ecopoytaxt
  1. Sep 26, 2026🌳“Yashil makon” umummilliy loyihasini amalga oshirishda yangi tizimga o‘tiladi Endilikda…
  2. Sep 25, 2026Dron yordamida ekologik nazorat tadbirlari o‘tkazildi Toshkent shahar Ekologiya va iqlim o…
  3. Sep 25, 2026Ijtimoiy tarmoqlarda Mirzo Ulug‘bek tumani, Tamaraxonim ko‘chasida ko‘p yillik daraxtlarni…
  4. Sep 25, 2026💻▶️ video lavha 🔼🆕 🎬🌿 Yoshlar bilan "Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish" mavz…
  5. Sep 25, 2026#avtomobilsiz_kun 🟢O‘zingizdan "yashil" iz qoldiring! Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milli…
  6. Sep 25, 2026Rasmiy munosabat Yunusobod tumanidagi “Zenit” zavodi hududida olib borilayotgan buzilish i…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →