Rasmiy munosabat
Yunusobod tumanidagi “Zenit” zavodi hududida olib borilayotgan buzilish ishlari vaqtida chang ko‘tarilayotgani yuzasidan ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan murojaat Toshkent shahar Ekologiya va iqlim o‘zgarishi bosh boshqarmasi Ekopolitsiyasi tomonidan o‘rganildi.
Holat joyiga chiqib o‘rganilganda, qurilish hududida changni kamaytirish maqsadida suv purkagich moslamalaridan foydalanilayotgani aniqlandi.
Shuningdek, aniqlangan qonunbuzarlik holati yuzasidan qurilish uchun mas’ul shaxsga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 85¹-moddasi 1-qismi asosida 10 BHM miqdorida ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirildi.
Ayni vaqtda hududda chang ko‘tarilishining oldini olish maqsadida maxsus texnika orqali suv sepish ishlari davom ettirilmoqda.
———
🍀 Toshkent shahar Ekologiya va iqlim o'zgarishi bosh boshqarmasi matbuot xizmati
📱Telegram 🌐Instagram 🌐Facebook
Post #36586
164


