Dron yordamida ekologik nazorat tadbirlari o‘tkazildi
Toshkent shahar Ekologiya va iqlim o‘zgarishi bosh boshqarmasi Ekopolitsiyasining alohida maxsus topshiriqlar bo‘yicha tezkor guruhi inspektori hamda Atrof-muhit monitoringi, iqlim o‘zgarishiga moslashish va gidrometeorologiya sohasini muvofiqlashtirish (tahliliy laboratoriya) bo‘limi xodimlari tomonidan Yunusobod, Olmazor, Shayxontohur va Uchtepa tumanlarida ekologik qonunbuzilish holatlarini aniqlash hamda ularning oldini olish maqsadida dron yordamida monitoring ishlari olib borildi.
Mazkur tadbirlar davomida hududlarning ekologik holati kuzatilib, aniqlangan holatlar bo‘yicha tegishli choralar ko‘riladi.
🔎Atrof-muhit muhofazasi va ekologik qonunchilik talablariga rioya etilishini ta’minlashga qaratilgan bunday nazorat tadbirlari muntazam ravishda davom ettiriladi.
———
🍀 Toshkent shahar Ekologiya va iqlim o'zgarishi bosh boshqarmasi matbuot xizmati
📱Telegram 🌐Instagram 🌐Facebook
Post #36597
400