TGViewer
Toshkent shahar Ekologiya va iqlim o'zgarishi bosh boshqarmasi Toshkent shahar Ekologiya va iqlim o'zgarishi bosh boshqarmasi @ecopoytaxt · 1.78K subscribers
Post #36573 101

Forwarded from Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi

Toshkentda yana harorat inversiyasi kuzatilishi mumkin

23-sentabr soat 22:00 dan 24-sentabr tongga qadar yer yuzasidagi havo sovib, yuqoriroq qatlamdagi havo iliqroq qolishi natijasida harorat inversiyasi hosil bo‘lishi kutilmoqda.

Meteorologik prognozga ko‘ra, shamol tezligi Toshkent shahrida ayrim soatlarda 1-2 m/s gacha pasayadi, havoning vertikal aralashuvi esa sekinlashadi. Yog‘ingarchilik va shamol kutilmayotganligi sababli zarrachalarning uzoqroq muddat havoda qolib ketishi ehtimoli mavjud. Bu omillar PM2.5 va PM10 zarrachalarining yerga yaqin qatlamda to‘planishiga olib keladi.

Prognozlar Toshkent shahrida bugun 22:00dan tonggi vaqtlarga qadar havo sifati "sezgir guruhlar uchun nosog‘lom", ayrim nuqtalarda vaqtinchalik "nosog‘lom" darajagacha yomonlashishi mumkinligini ko‘rsatmoqda. Ertalab yer yuzasi isib, inversiya zaiflashishi va vertikal aralashuv kuchayishi bilan havo sifati asta-sekin yaxshilanishi kutilmoqda. Shu sababli kechki vaqtlarda ochiq havoda uzoq vaqt bo‘lmaslik tavsiya qilinadi.

Hozirda atmosfera havosi sifati Maxsus komissiya tomonidan doimiy monitoring qilinmoqda.

В Ташкенте вновь может наблюдаться температурная инверсия

С 22:00 23 сентября до утра 24 сентября в результате охлаждения воздуха у поверхности земли и сохранения тёплого воздуха в более высоких слоях атмосферы ожидается образование температурной инверсии.

Согласно метеорологическому прогнозу, в Ташкенте в отдельные часы скорость ветра может снизиться до 1–2 м/с, в связи с чем вертикальное перемешивание воздуха замедлится. Поскольку осадки и сильный ветер не ожидаются, существует вероятность более длительного нахождения взвешенных частиц в воздухе. Эти факторы могут привести к накоплению частиц PM2.5 и PM10 в приземном слое атмосферы.

Прогнозы показывают, что с 22:00 сегодня до утренних часов качество воздуха в Ташкенте может ухудшиться до уровня «вредный для чувствительных групп», а в отдельных районах — временно до уровня «вредный». Утром, по мере прогревания поверхности земли, ослабления инверсии и усиления вертикального перемешивания воздуха, ожидается постепенное улучшение качества воздуха. В связи с этим в вечернее время рекомендуется не находиться длительное время на открытом воздухе.

В настоящее время качество атмосферного воздуха находится под постоянным мониторингом Специальной комиссии.

📱Instagram | 📱Telegram | 📱Facebook | X | 📱 Linkedin
More from @ecopoytaxt
  1. Sep 23, 2026Atmosfera havosining holati o‘rganilmoqda Ayni damda Uchtepa tumanida Toshkent shahar Ekol…
  2. Sep 23, 2026Shayxontohur tumani, Qoratosh MFY, Qoratosh ko‘chasi, 12-uy oldida Toshkent shahar Ekologi…
  3. Sep 23, 2026Rasmiy munosabat Ijtimoiy tarmoqlarda Yashnobod tumani, Farg‘ona yo‘li ko‘chasida joylashg…
  4. Sep 23, 2026💬Rasmiy munosabat Ijtimoiy tarmoqlarda Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxo…
  5. Sep 23, 2026Ijtimoiy tarmoqlarda Yunusobod tumanida, Niyozbek yo‘li va Aripova ko‘chalari chorrahasida…
  6. Sep 23, 2026Olmazor tumani hududida o‘tkazilgan reyd tadbirlari davomida 277-sonli davlat maktabgacha…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →