TGViewer
Toshkent shahar Ekologiya va iqlim o'zgarishi bosh boshqarmasi Toshkent shahar Ekologiya va iqlim o'zgarishi bosh boshqarmasi @ecopoytaxt · 1.78K subscribers
Post #36555 259
Korrupsiyaning oldini olish va xizmat intizomi masalalari muhokama qilindi

Bugun Toshkent shahar Ekologiya va iqlim o‘zgarishi bosh boshqarmasining korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha bosh mutaxassisi D.X. Taymuxamedov tomonidan Ekopolitsiyaning Olmazor tumani bo‘limi xodimlari ishtirokida korrupsiyaning oldini olish, xizmat intizomini mustahkamlash hamda xodimlar o‘rtasida yuksak odob-axloq tamoyillarini shakllantirishga qaratilgan davra suhbati tashkil etildi.

Davra suhbatida korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashish borasidagi amaldagi qonunchilik talablari, xususan, O‘zbekiston Respublikasining “Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida”gi Qonuni hamda korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashish tizimini takomillashtirishga qaratilgan Prezident Farmonining mazmun-mohiyati tushuntirildi.

Shuningdek, xizmat faoliyatida korrupsiyaviy xavf-xatarlarning oldini olish, manfaatlar to‘qnashuviga yo‘l qo‘ymaslik, poraxo‘rlik va boshqa noqonuniy holatlarga nisbatan murosasiz munosabatda bo‘lish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Suhbat davomida xodimlarga xizmat vazifalarini qonuniylik, halollik, xolislik va mas’uliyat tamoyillari asosida bajarish, xizmat intizomiga qat’iy rioya qilish hamda fuqarolar bilan muloqotda odob-axloq qoidalariga amal qilish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

Tadbir yakunida korrupsiyaning har qanday ko‘rinishiga yo‘l qo‘ymaslik, qonunbuzilishlarning oldini olish va xizmat faoliyatida halollik tamoyillariga qat’iy amal qilish har bir xodimning muhim vazifasi ekani ta’kidlandi.
———
🍀Toshkent shahar Ekologiya va iqlim o‘zgarishi bosh boshqarmasi matbuot xizmati

✅Telegram | 🌐Instagram | 🌐Facebook
  • 👍 3
  • ❤ 1
More from @ecopoytaxt
  1. Sep 23, 2026Atmosfera havosining holati o‘rganilmoqda Ayni damda Uchtepa tumanida Toshkent shahar Ekol…
  2. Sep 23, 2026Toshkentda yana harorat inversiyasi kuzatilishi mumkin 23-sentabr soat 22:00 dan 24-sentab…
  3. Sep 23, 2026Shayxontohur tumani, Qoratosh MFY, Qoratosh ko‘chasi, 12-uy oldida Toshkent shahar Ekologi…
  4. Sep 23, 2026Rasmiy munosabat Ijtimoiy tarmoqlarda Yashnobod tumani, Farg‘ona yo‘li ko‘chasida joylashg…
  5. Sep 23, 2026💬Rasmiy munosabat Ijtimoiy tarmoqlarda Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxo…
  6. Sep 23, 2026Ijtimoiy tarmoqlarda Yunusobod tumanida, Niyozbek yo‘li va Aripova ko‘chalari chorrahasida…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →