Fuqaro tomonidan Mirobod tumani Haydar Aliyev ko‘chasi, 285-uy manzilida (mo‘ljal — Transport instituti va maktabgacha ta’lim tashkiloti) daraxtlarning tag qismi beton qoplama bilan qoplanganligi bo’yicha murojaat qilindi.
Mazkur murojaat yuzasidan Toshkent shahar Ekologiya va iqlim o‘zgarishi bosh boshqarmasi Ekopolitsiyasining Mirobod tumani bo‘limi xodimlari tomonidan hududga chiqib, holat o‘rganildi.
O‘rganish davomida aniqlangan holat mas’ullar tomonidan bartaraf etildi. Xususan, daraxtlarning tag qismidagi beton qoplamalar olib tashlanib, daraxtlarning ildiz atrofi ochiq holatga keltirildi.
___
🍀 Toshkent shahar Ekologiya va iqlim o'zgarishi bosh boshqarmasi matbuot xizmati
📱Telegram 🌐Instagram 🌐Facebook
Post #36702
148






- ❤ 1