Hydromet xabariga ko‘ra, Toshkent shahrida shamol tezligi 3–8 m/s ni tashkil etishi, ayrim vaqtlarda 10–14 m/s gacha kuchayishi hamda ba’zi joylarda chang-to‘zonlar kuzatilishi mumkin.
Hurmatli Toshkent shahri aholisi va mehmonlari!
❗️O‘zingiz va mol-mulkingiz xavfsizligini unutmang!
📌Kuchli shamol vaqtida daraxtlar, elektr tarmoqlari va mustahkam bo‘lmagan konstruksiyalar yaqinida yurishdan ehtiyot bo‘ling.
🚗 Avtotransport vositalaringizni imkon qadar daraxtlar, ko‘p qavatli bino va inshootlar hamda boshqa xavf tug‘dirishi mumkin bo‘lgan obyektlar tagida qoldirmang.
❗️ Sinish xavfi yuqori bo‘lgan yoki singan daraxtlarni aniqlasangiz, 1157 telefon raqamiga murojaat qilishingizni so‘raymiz.
___
🍀 Toshkent shahar Ekologiya va iqlim o'zgarishi bosh boshqarmasi matbuot xizmati
📱Telegram 🌐Instagram 🌐Facebook
Post #36699
138

- ❤ 1