TGViewer
Toshkent shahar Ekologiya va iqlim o'zgarishi bosh boshqarmasi Toshkent shahar Ekologiya va iqlim o'zgarishi bosh boshqarmasi @ecopoytaxt · 1.79K subscribers
Post #36693 205
RASMIY MUNOSABAT

Ijtimoiy tarmoqlarda Salar kanali bo‘yidagi daraxtlarning tag qismi beton qoplama bilan qoplanayotgani bo’yicha murojaat yuzasidan quyidagilarni ma’lum qilamiz:

Mazkur murojaat to‘liq bartaraf etildi. Xususan, daraxtlarning tag qismidagi beton qoplamalar olib tashlanib, daraxtlarning ildiz atrofi ochiq holatga keltirildi.

Shuningdek, mazkur holat yuzasidan hisob-kitoblar amalga oshirilib, tabiatga yetkazilgan zarar miqdori 12 320 000 so‘mni tashkil etgani aniqlandi.

Mazkur holatga huquqiy baho berish hamda qonunchilikda belgilangan tartibda tegishli choralarni ko‘rish maqsadida to‘plangan hujjatlar Mirzo Ulug‘bek tuman ma’muriy ishlar bo‘yicha sudiga taqdim etiladi.

O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 79-moddasiga asosan, 50 baravaridan 100 baravarigacha BHM miqdorida jarima qo‘llash masalasi sud tomonidan qonunchilikda belgilangan tartibda ko‘rib chiqilib, tegishli qaror qabul qilinadi.

Eslatma: Daraxtlarning tag qismini betonlash, asfaltlash yoki boshqa qattiq qoplamalar bilan qoplashga yo‘l qo‘yilmaydi. Bunday holatlar qonunchilikda belgilangan tartibda javobgarlikka sabab bo‘ladi.
___
🍀 Toshkent shahar Ekologiya va iqlim o'zgarishi bosh boshqarmasi matbuot xizmati

📱Telegram 🌐Instagram 🌐Facebook
  • ❤ 1
More from @ecopoytaxt
  1. Oct 5, 2026Rasmiy munosabat Ijtimoiy tarmoqlarda Yunusobod tumani 8-mavzesi, 49-uy orqa qismida joyla…
  2. Oct 5, 2026Rasmiy munosabat Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahri Chilonzor tumani 4-mavzesi hududida,…
  3. Oct 5, 2026RASMIY MUNOSABAT Ijtimoiy tarmoqlarda Yunusobod tumani, 4-mavze, 22–23-uylar yonida joylas…
  4. Oct 5, 2026🐒 Qorasuv-6 dahasida maymun saqlanayotgani aniqlandi Toshkent shahar Ekologiya va iqlim o…
  5. Oct 5, 2026🟢"Yashil lot" tizimi qanday afzalliklarga ega? Prezident farmoniga ko‘ra, "Yashil makon"…
  6. Oct 5, 2026“Yashil makon” umummilliy loyihasini amalga oshirish bo‘yicha vazifalar belgilab olindi O‘…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →