TGViewer
Toshkent shahar Ekologiya va iqlim o'zgarishi bosh boshqarmasi Toshkent shahar Ekologiya va iqlim o'zgarishi bosh boshqarmasi @ecopoytaxt · 1.79K subscribers
Post #36708 210
“Yashil makon” umummilliy loyihasini amalga oshirish bo‘yicha vazifalar belgilab olindi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 23-sentabrdagi PF-206-son Farmoni — “Yashil makon” umummilliy loyihasini amalga oshirishda mahallalar rolini kuchaytirish va hududlarning yashillik darajasini tubdan oshirishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi hujjat ijrosini ta’minlash maqsadida Toshkent shahar Ekologiya va iqlim o‘zgarishi bosh boshqarmasida tegishli ishlar muhokama qilindi.

Yig‘ilishda O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasining O‘rmon, bioxilmaxillik va ekoturizm siyosatini yuritish departamenti boshlig‘i B. Xolxojayev ishtirok etdi.

Unda “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida hududlarning yashillik darajasini oshirish, ko‘kalamzorlashtirish ishlarini samarali tashkil etish, mahallalarning ushbu jarayondagi ishtirokini kuchaytirish hamda belgilangan vazifalarni tizimli amalga oshirish yuzasidan bajariladigan ishlar kelishib olindi.
___
🍀 Toshkent shahar Ekologiya va iqlim o'zgarishi bosh boshqarmasi matbuot xizmati

📱Telegram 🌐Instagram 🌐Facebook
  • ❤ 1
  • 👍 1
More from @ecopoytaxt
  1. Oct 5, 2026Rasmiy munosabat Ijtimoiy tarmoqlarda Yunusobod tumani 8-mavzesi, 49-uy orqa qismida joyla…
  2. Oct 5, 2026Rasmiy munosabat Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahri Chilonzor tumani 4-mavzesi hududida,…
  3. Oct 5, 2026RASMIY MUNOSABAT Ijtimoiy tarmoqlarda Yunusobod tumani, 4-mavze, 22–23-uylar yonida joylas…
  4. Oct 5, 2026🐒 Qorasuv-6 dahasida maymun saqlanayotgani aniqlandi Toshkent shahar Ekologiya va iqlim o…
  5. Oct 5, 2026🟢"Yashil lot" tizimi qanday afzalliklarga ega? Prezident farmoniga ko‘ra, "Yashil makon"…
  6. Oct 4, 2026Fuqaro tomonidan Mirobod tumani Haydar Aliyev ko‘chasi, 285-uy manzilida (mo‘ljal — Transp…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →