TGViewer
Channel Public Channel
DAVLAT TILIDA ISH YURITISH VA MALAKA OSHIRISH MARKAZI

DAVLAT TILIDA ISH YURITISH VA MALAKA OSHIRISH MARKAZI

@dtiym

Davlat tilida ish yuritish asoslarini o'qitish va malaka oshirish markazining rasmiy sahifasi.


Telefon: +998 99 728 29 00

Facebook: www.facebook.com/dtrmuz
Youtube: https://www.youtube.com/@dtrm-talim
Instagram: https://www.instagram.com/davlat_tili_/
Subscribers
753
Photos
2.4K
Videos
146
Links
967
Recent Posts 7 shown
Post #3054 217
#Maqola #Yangi_Oʻzbekiston

ALIFBO MUKAMMALLIGI – ILMIY ZARURAT VA ZAMON TALABI

✍️ Inomjon AZIMOV,
Davlat tilida ish yuritish asoslarini o‘qitish va malaka oshirish markazi direktori, filologiya fanlari doktori, professor.

🌎Bizning manzillar:
🌐Veb-sahifa |✈️Telegram |™️ Facebook | 📺Youtube
  • 👍 1
  • 🤔 1
Post #3052 256
#etimologiya

So‘zlarimiz etimologiyasini bilasizmi❓

YAG‘IR ‘ish hayvonida yukdan ezilishi oqibatida paydo bo‘ladigan yiringli yara’.
Yoli quyuq eshakdan yаg‘ir bo‘lgan ot yashi (Maqol).

Bu so‘z qadimgi turkiy tilda mavjud bo‘lib, ‘o‘y’, ‘chuqurcha hosil qil-’ ma’nosini anglatgan yag‘- fe’lining -(i)r qo‘shimchasi bilan hosil qilingan sifatdosh shakli bo‘lsa kerak. O‘zbek tilida a unlisi ä unlisiga almashgan, ы unlisining qattiqlik belgisi yo‘qolgan. Sifatlanmishsiz ishlatilishi natijasida bu so‘z belgi ma’nosini anglatishdan narsa ma’nosini anglatishga ko‘chgan: yag‘ir joy → yag‘ir.
 
YAG‘RIN ‘tananing kurak suyaklari joylashgan qismi’.
Kun qiziq. Oftob yag‘rindan urib turibdi (G‘afur G‘ulom).

Bu ot qadimgi turkiy tildagi ‘ajrat-’ ma’nosini anglatuvchi yar- fe’lining -in qo‘shimchasi qo‘shilishi bilan yasalgan. Keyinchalik r g‘ undoshlari o‘rin almashgan. O‘zbek tilida a unlisi ä unlisiga almashgan, ы unlisining qattiqlik belgisi yo‘qolgan.
 
🛡 Ma'lumotlar Sh.Rahmatullayevning "O'zbek tilining etimologik lug'ati" dan olindi.

🌎Bizning manzillar:
🌐Veb-sahifa |✈️Telegram |™️ Facebook | 📺Youtube
  • 🔥 2
  • 👍 1
Post #3051 241
#chellenj #chorlov

O‘zbek tilida muqobili bor ekan, nega boshqa tildagi so‘zni ishlatamiz?

Tilimizda har bir fikrni ifodalashga yetadigan go‘zal va boy so‘zlar bor. O‘zbekcha so‘z turib, begona so‘zni tanlash — tilimiz imkoniyatlarini chetga surishdir. O‘zbek tilini sevish — uni shunchaki madh etish emas, har kuni so‘zlarimizda asrashdir.

✅ Keling, o‘zbekcha so‘z bor joyda o‘zbekcha so‘zni tanlaylik!

Oʻzbek tili qoida va meʼyorlari asosida shakllantirilgan hamda rasmiy muomalaga kiritiladigan yangi soʻz va atamalar bilan bizning kanalda tanishib boring.

🌎Bizning manzillar:
🌐Veb-sahifa |✈️Telegram |™️ Facebook | 📺
  • 👍 2
Post #3047 218
#jarayon

Soliq sohasida davlat tilida ish yuritish ko‘nikmalari oshirilmoqda


O‘zbekiston Respublikasi Soliq qo‘mitasi huzuridagi “Soliq ma’lumotlarini qayta ishlash markazi” MChJ xodimlari uchun sayyor shaklda tashkil etilgan navbatdagi malaka oshirish kursi davom etmoqda.

Ushbu kurs mashg‘ulotlari bevosita markazning o‘zida (sayyor shaklda) tashkil etilgan bo‘lib, xodimlarning ish faoliyatidan to‘liq ajralmagan holda nazariy bilimlarni mustahkamlash va amaliyotga tatbiq etishiga imkon yaratadi.

Mazkur tashabbus davlat tili nufuzini oshirish hamda soliq ma’lumotlarini qayta ishlash tizimida hujjatlar almashinuvi sifatini yangi bosqichga ko‘tarishga xizmat qiladi.

🌎Bizning manzillar:
🌐Veb-sahifa |✈️Telegram |™️ Facebook | 📺Youtube
  • 👍 2
Post #3046 282
#chellenj #chorlov

O‘zbek tilida muqobili bor ekan, nega boshqa tildagi so‘zni ishlatamiz?

Tilimizda har bir fikrni ifodalashga yetadigan go‘zal va boy so‘zlar bor. O‘zbekcha so‘z turib, begona so‘zni tanlash — tilimiz imkoniyatlarini chetga surishdir. O‘zbek tilini sevish — uni shunchaki madh etish emas, har kuni so‘zlarimizda asrashdir.

✅ Keling, o‘zbekcha so‘z bor joyda o‘zbekcha so‘zni tanlaylik!

Oʻzbek tili qoida va meʼyorlari asosida shakllantirilgan hamda rasmiy muomalaga kiritiladigan yangi soʻz va atamalar bilan bizning kanalda tanishib boring.

🌎Bizning manzillar:
🌐Veb-sahifa |✈️Telegram |™️ Facebook | 📺Youtube
  • 👍 2
Post #3041 220
#taqdimot

✅Farg‘onadagi ma’rifiy taqdimotlar Qo‘shtepada davom etdi.

✅Viloyat markazida boshlangan ushbu ma’rifiy tadbirlar uzviy ravishda Qo‘shtepa tumanida davom ettirildi.

✅Tumandagi ixtisoslashtirilgan maktabda tashkil etilgan navbatdagi uchrashuvda ham iqtidorli yoshlar va adabiyot ixlosmandlari e’tiboriga yangi nashrlar – “O‘zbek adabiy tili imlo qoidalarining shakllanish tarixi”, “Sotsiolingvistika atamalarining izohli lug‘ati” hamda to‘rt jildlik “Alisher Navoiy ensiklopediyasi” havola qilindi.

✅Tadbirda Farg‘ona viloyati hokimining ma’naviyat va davlat tili masalalari bo‘yicha maslahatchisi Sohibjamol Tongotarova, shuningdek, taqdimotning avvalgi qismida qatnashgan mutasaddilar — Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbek tilini rivojlantirish jamg‘armasi direktori Azizjon Eminov hamda Davlat tilida ish yuritish asoslarini o‘qitish va malaka oshirish markazi direktori, professor Inomjon Azimov ishtirok etib, o‘quvchilar bilan muloqot qildilar.

✅Bu galgi suhbat markazida asosan taqdim etilayotgan kitoblarning ilmiy-ma’rifiy ahamiyatini tushuntirish, o‘zbek adabiy tilining boy imkoniyatlari hamda Alisher Navoiy merosi yosh avlodning ma’naviy yuksalishida qanday muhim o‘rin tutishi kabi mavzular yoritildi.

✅Jonli va taassurotlarga boy o‘tgan ushbu uchrashuv o‘quvchilarda ona tilimizga bo‘lgan hurmatni yanada mustahkamlab, buyuk ajdodlarimizning bebaho merosini chuqur o‘rganishga ishtiyoq uyg‘otdi.

🌎Bizning manzillar:
🌐Veb-sahifa |✈️Telegram |™️ Facebook | 📺Youtube
  • 👍 1
Post #3034 267
#taqdimot

✅Farg‘onada o‘zbek tili va adabiyotiga oid muhim nashrlar taqdimoti o‘tkazildi

✅Ahmad Farg‘oniy nomidagi Farg‘ona viloyati axborot-kutubxona markazida “O‘zbek adabiy tili imlo qoidalarining shakllanish tarixi”, “Sotsiolingvistika atamalarining izohli lug‘ati” hamda to‘rt jildlik “Alisher Navoiy ensiklopediyasi” nashrlarining taqdimoti bo‘lib o‘tdi.

✅Tadbirda O‘zbek tilini rivojlantirish jamg‘armasi direktori Azizjon Eminov, Davlat tilida ish yuritish asoslarini o‘qitish va malaka oshirish markazi direktori, professor Inomjon Azimov, Qo‘qon universiteti prorektori, professor Zebo Qobilova, shuningdek, soha mutaxassislari, ziyolilar va adabiyot ixlosmandlari ishtirok etdi.

✅Taqdimot davomida o‘zbek tilining tarixi, bugungi taraqqiyoti va adabiy merosimizning ahamiyati haqida fikr-mulohazalar bildirildi. Mazmunli muloqot ishtirokchilarda ona tilimizga hurmat va milliy adabiy merosimizga bo‘lgan qiziqishni yanada oshirdi.

✈️Telegram | ™️Facebook | 📺 Youtube
  • 👍 2
  • ❤ 1
Older posts →

About this channel

How can I read @dtiym without a Telegram account?
TGViewer shows the public web preview Telegram publishes for DAVLAT TILIDA ISH YURITISH VA MALAKA OSHIRISH MARKAZI: recent posts, photos, videos and the subscriber count, with no app, login or account.
How many subscribers does DAVLAT TILIDA ISH YURITISH VA MALAKA OSHIRISH MARKAZI have?
DAVLAT TILIDA ISH YURITISH VA MALAKA OSHIRISH MARKAZI (@dtiym) has 753 subscribers on Telegram, refreshed roughly every 30 minutes.
Does DAVLAT TILIDA ISH YURITISH VA MALAKA OSHIRISH MARKAZI know I viewed it here?
No. Public channel previews carry no viewer identity, and TGViewer has no accounts or tracking of what you look up.
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →