TGViewer
DAVLAT TILIDA ISH YURITISH VA MALAKA OSHIRISH MARKAZI DAVLAT TILIDA ISH YURITISH VA MALAKA OSHIRISH MARKAZI @dtiym · 753 subscribers
Post #3052 257
#etimologiya

So‘zlarimiz etimologiyasini bilasizmi❓

YAG‘IR ‘ish hayvonida yukdan ezilishi oqibatida paydo bo‘ladigan yiringli yara’.
Yoli quyuq eshakdan yаg‘ir bo‘lgan ot yashi (Maqol).

Bu so‘z qadimgi turkiy tilda mavjud bo‘lib, ‘o‘y’, ‘chuqurcha hosil qil-’ ma’nosini anglatgan yag‘- fe’lining -(i)r qo‘shimchasi bilan hosil qilingan sifatdosh shakli bo‘lsa kerak. O‘zbek tilida a unlisi ä unlisiga almashgan, ы unlisining qattiqlik belgisi yo‘qolgan. Sifatlanmishsiz ishlatilishi natijasida bu so‘z belgi ma’nosini anglatishdan narsa ma’nosini anglatishga ko‘chgan: yag‘ir joy → yag‘ir.
 
YAG‘RIN ‘tananing kurak suyaklari joylashgan qismi’.
Kun qiziq. Oftob yag‘rindan urib turibdi (G‘afur G‘ulom).

Bu ot qadimgi turkiy tildagi ‘ajrat-’ ma’nosini anglatuvchi yar- fe’lining -in qo‘shimchasi qo‘shilishi bilan yasalgan. Keyinchalik r g‘ undoshlari o‘rin almashgan. O‘zbek tilida a unlisi ä unlisiga almashgan, ы unlisining qattiqlik belgisi yo‘qolgan.
 
🛡 Ma'lumotlar Sh.Rahmatullayevning "O'zbek tilining etimologik lug'ati" dan olindi.

🌎Bizning manzillar:
🌐Veb-sahifa |✈️Telegram |™️ Facebook | 📺Youtube
  • 🔥 2
  • 👍 1
More from @dtiym
  1. Sep 25, 2026#Maqola #Yangi_Oʻzbekiston ALIFBO MUKAMMALLIGI – ILMIY ZARURAT VA ZAMON TALABI ✍️ Inomjon…
  2. Sep 21, 2026#chellenj #chorlov O‘zbek tilida muqobili bor ekan, nega boshqa tildagi so‘zni ishlatamiz?…
  3. Sep 18, 2026#jarayon Soliq sohasida davlat tilida ish yuritish ko‘nikmalari oshirilmoqda O‘zbekiston R…
  4. Sep 17, 2026#chellenj #chorlov O‘zbek tilida muqobili bor ekan, nega boshqa tildagi so‘zni ishlatamiz?…
  5. Sep 17, 2026#taqdimot ✅Farg‘onadagi ma’rifiy taqdimotlar Qo‘shtepada davom etdi. ✅Viloyat markazida bo…
  6. Sep 16, 2026#taqdimot ✅Farg‘onada o‘zbek tili va adabiyotiga oid muhim nashrlar taqdimoti o‘tkazildi ✅…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →