TGViewer
DAVLAT TILIDA ISH YURITISH VA MALAKA OSHIRISH MARKAZI DAVLAT TILIDA ISH YURITISH VA MALAKA OSHIRISH MARKAZI @dtiym · 753 subscribers
Post #3041 220
#taqdimot

✅Farg‘onadagi ma’rifiy taqdimotlar Qo‘shtepada davom etdi.

✅Viloyat markazida boshlangan ushbu ma’rifiy tadbirlar uzviy ravishda Qo‘shtepa tumanida davom ettirildi.

✅Tumandagi ixtisoslashtirilgan maktabda tashkil etilgan navbatdagi uchrashuvda ham iqtidorli yoshlar va adabiyot ixlosmandlari e’tiboriga yangi nashrlar – “O‘zbek adabiy tili imlo qoidalarining shakllanish tarixi”, “Sotsiolingvistika atamalarining izohli lug‘ati” hamda to‘rt jildlik “Alisher Navoiy ensiklopediyasi” havola qilindi.

✅Tadbirda Farg‘ona viloyati hokimining ma’naviyat va davlat tili masalalari bo‘yicha maslahatchisi Sohibjamol Tongotarova, shuningdek, taqdimotning avvalgi qismida qatnashgan mutasaddilar — Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbek tilini rivojlantirish jamg‘armasi direktori Azizjon Eminov hamda Davlat tilida ish yuritish asoslarini o‘qitish va malaka oshirish markazi direktori, professor Inomjon Azimov ishtirok etib, o‘quvchilar bilan muloqot qildilar.

✅Bu galgi suhbat markazida asosan taqdim etilayotgan kitoblarning ilmiy-ma’rifiy ahamiyatini tushuntirish, o‘zbek adabiy tilining boy imkoniyatlari hamda Alisher Navoiy merosi yosh avlodning ma’naviy yuksalishida qanday muhim o‘rin tutishi kabi mavzular yoritildi.

✅Jonli va taassurotlarga boy o‘tgan ushbu uchrashuv o‘quvchilarda ona tilimizga bo‘lgan hurmatni yanada mustahkamlab, buyuk ajdodlarimizning bebaho merosini chuqur o‘rganishga ishtiyoq uyg‘otdi.

🌎Bizning manzillar:
🌐Veb-sahifa |✈️Telegram |™️ Facebook | 📺Youtube
  • 👍 1
More from @dtiym
  1. Sep 25, 2026#Maqola #Yangi_Oʻzbekiston ALIFBO MUKAMMALLIGI – ILMIY ZARURAT VA ZAMON TALABI ✍️ Inomjon…
  2. Sep 24, 2026#etimologiya So‘zlarimiz etimologiyasini bilasizmi❓ YAG‘IR ‘ish hayvonida yukdan ezilishi…
  3. Sep 21, 2026#chellenj #chorlov O‘zbek tilida muqobili bor ekan, nega boshqa tildagi so‘zni ishlatamiz?…
  4. Sep 18, 2026#jarayon Soliq sohasida davlat tilida ish yuritish ko‘nikmalari oshirilmoqda O‘zbekiston R…
  5. Sep 17, 2026#chellenj #chorlov O‘zbek tilida muqobili bor ekan, nega boshqa tildagi so‘zni ishlatamiz?…
  6. Sep 16, 2026#taqdimot ✅Farg‘onada o‘zbek tili va adabiyotiga oid muhim nashrlar taqdimoti o‘tkazildi ✅…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →