#taqdimot
✅Farg‘onada o‘zbek tili va adabiyotiga oid muhim nashrlar taqdimoti o‘tkazildi
✅Ahmad Farg‘oniy nomidagi Farg‘ona viloyati axborot-kutubxona markazida “O‘zbek adabiy tili imlo qoidalarining shakllanish tarixi”, “Sotsiolingvistika atamalarining izohli lug‘ati” hamda to‘rt jildlik “Alisher Navoiy ensiklopediyasi” nashrlarining taqdimoti bo‘lib o‘tdi.
✅Tadbirda O‘zbek tilini rivojlantirish jamg‘armasi direktori Azizjon Eminov, Davlat tilida ish yuritish asoslarini o‘qitish va malaka oshirish markazi direktori, professor Inomjon Azimov, Qo‘qon universiteti prorektori, professor Zebo Qobilova, shuningdek, soha mutaxassislari, ziyolilar va adabiyot ixlosmandlari ishtirok etdi.
✅Taqdimot davomida o‘zbek tilining tarixi, bugungi taraqqiyoti va adabiy merosimizning ahamiyati haqida fikr-mulohazalar bildirildi. Mazmunli muloqot ishtirokchilarda ona tilimizga hurmat va milliy adabiy merosimizga bo‘lgan qiziqishni yanada oshirdi.
✈️Telegram | ™️Facebook | 📺 Youtube
Post #3034
268







- 👍 2
- ❤ 1