#jarayon
Soliq sohasida davlat tilida ish yuritish ko‘nikmalari oshirilmoqda
O‘zbekiston Respublikasi Soliq qo‘mitasi huzuridagi “Soliq ma’lumotlarini qayta ishlash markazi” MChJ xodimlari uchun sayyor shaklda tashkil etilgan navbatdagi malaka oshirish kursi davom etmoqda.
Ushbu kurs mashg‘ulotlari bevosita markazning o‘zida (sayyor shaklda) tashkil etilgan bo‘lib, xodimlarning ish faoliyatidan to‘liq ajralmagan holda nazariy bilimlarni mustahkamlash va amaliyotga tatbiq etishiga imkon yaratadi.
Mazkur tashabbus davlat tili nufuzini oshirish hamda soliq ma’lumotlarini qayta ishlash tizimida hujjatlar almashinuvi sifatini yangi bosqichga ko‘tarishga xizmat qiladi.
🌎Bizning manzillar:
🌐Veb-sahifa |✈️Telegram |™️ Facebook | 📺Youtube
Post #3047
218




- 👍 2