#taqdimot
✅Farg‘onadagi ma’rifiy taqdimotlar Qo‘shtepada davom etdi.
✅Viloyat markazida boshlangan ushbu ma’rifiy tadbirlar uzviy ravishda Qo‘shtepa tumanida davom ettirildi.
✅Tumandagi ixtisoslashtirilgan maktabda tashkil etilgan navbatdagi uchrashuvda ham iqtidorli yoshlar va adabiyot ixlosmandlari e’tiboriga yangi nashrlar – “O‘zbek adabiy tili imlo qoidalarining shakllanish tarixi”, “Sotsiolingvistika atamalarining izohli lug‘ati” hamda to‘rt jildlik “Alisher Navoiy ensiklopediyasi” havola qilindi.
✅Tadbirda Farg‘ona viloyati hokimining ma’naviyat va davlat tili masalalari bo‘yicha maslahatchisi Sohibjamol Tongotarova, shuningdek, taqdimotning avvalgi qismida qatnashgan mutasaddilar — Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbek tilini rivojlantirish jamg‘armasi direktori Azizjon Eminov hamda Davlat tilida ish yuritish asoslarini o‘qitish va malaka oshirish markazi direktori, professor Inomjon Azimov ishtirok etib, o‘quvchilar bilan muloqot qildilar.
✅Bu galgi suhbat markazida asosan taqdim etilayotgan kitoblarning ilmiy-ma’rifiy ahamiyatini tushuntirish, o‘zbek adabiy tilining boy imkoniyatlari hamda Alisher Navoiy merosi yosh avlodning ma’naviy yuksalishida qanday muhim o‘rin tutishi kabi mavzular yoritildi.
✅Jonli va taassurotlarga boy o‘tgan ushbu uchrashuv o‘quvchilarda ona tilimizga bo‘lgan hurmatni yanada mustahkamlab, buyuk ajdodlarimizning bebaho merosini chuqur o‘rganishga ishtiyoq uyg‘otdi.
✈️ Telegram | ✅ Veb-sayt
Post #1805
208
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbek tilini rivojlantirish jamg‘armasi #taqdimot ✅Farg‘onada o‘zbek tili va adabiyotiga oid muhim nashrlar taqdimoti o‘tkazildi ✅Ahmad Farg‘oniy nomidagi Farg‘ona viloyati axborot-kutubxona markazida “O‘zbek adabiy tili imlo qoidalarining shakllanish tarixi”, “Sotsiolingvistika atamalarining…





- 🔥 1