TGViewer
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbek tilini rivojlantirish jamg‘armasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbek tilini rivojlantirish jamg‘armasi @uztrj · 810 subscribers
Post #1812 171
#jarayon

🤩Farg‘ona viloyati va Qo‘shtepa tumani bo‘ylab ma’rifiy uchrashuvlarni o‘tkazgan mehmonlar qishloq xo‘jaligi zahmatkashlarini ham e’tibordan chetda qoldirmadilar. Mutasaddilar tumandagi "Qoraqushchi-Otaboyev" MMTPga qarashli "Jo‘rabek Qodir yeri" fermer xo‘jaligiga tashrif buyurib, dalada mehnat qilayotgan ilg‘or terimchilar bilan ko‘rishdilar.

🤩Tadbirda ishtirok etgan Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbek tilini rivojlantirish jamg‘armasi direktori Azizjon Eminov, Davlat tilida ish yuritish asoslarini o‘qitish va malaka oshirish markazi direktori, professor Inomjon Azimov hamda Farg‘ona viloyati hokimining ma’naviyat va davlat tili masalalari bo‘yicha maslahatchisi Sohibjamol Tongotarova terimchilar bilan samimiy suhbatda bo‘ldilar.

🤩Suhbat davomida paxtani yig‘ib-terib olish ishlariga qo‘shayotgan hissalari hamda o‘z oilalari iqtisodini ko‘tarish yo‘lidagi fidokorona mehnatlari uchun paxtakorlarga chuqur minnatdorchilik bildirildi.

🤩Daladagi qizg‘in mehnat jarayonida paxtakorlarga ma’naviy hordiq va ko‘tarinkilik bag‘ishlash, ularni rag‘batlantirish maqsadida mehmonlar tomonidan ilg‘or terimchilarga kitoblar hamda esdalik sovg‘alari topshirildi.

✈️Telegram | ™️Facebook | 📺 Youtube
  • 👍 1
More from @uztrj
  1. Sep 17, 2026#taqdimot ✅Namangan viloyatida ona tilimiz rivojiga bagʻishlangan yangi kitoblar taqdimoti…
  2. Sep 17, 2026♾ Zukkoligingizni sinab ko‘ring! 🔘​Oddiy shashka o‘yini endi yangicha formatda! O‘yin dav…
  3. Sep 17, 2026#radio_loyiha 🇺🇿Ona tilimizni birgalikda boyitamiz. “Yoshlar” radiokanalida “So‘z sandig…
  4. Sep 16, 2026#taqdimot ✅Farg‘onadagi ma’rifiy taqdimotlar Qo‘shtepada davom etdi. ✅Viloyat markazida bo…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →