TGViewer
Channel Public Channel
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbek tilini rivojlantirish jamg‘armasi

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbek tilini rivojlantirish jamg‘armasi

@uztrj

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbek tilini rivojlantirish jamg‘armasi
Subscribers
810
Photos
1.2K
Videos
290
Links
967
Recent Posts 5 shown
Post #1818 1.85K
#taqdimot

✅Namangan viloyatida ona tilimiz rivojiga bagʻishlangan yangi kitoblar taqdimoti yuqori saviyada o‘tkazildi.

✅2026-yilning 15-sentabr kuni Namangan shahridagi Nodirabegim nomidagi viloyat axborot-kutubxona markazida oʻzbek tili va adabiyoti xazinasini boyitishga xizmat qiluvchi uchta yirik asar — 4 jildlik “Alisher Navoiy ensiklopediyasi”, “Oʻzbek adabiy tili imlo qoidalarining shakllanish tarixi” hamda “Oʻzbek tili omonimlari lugʻati” kitoblarining rasmiy taqdimot marosimi boʻlib oʻtdi.

✅Mazkur nufuzli tadbir Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat tilini rivojlantirish departamenti, Oʻzbek tilini rivojlantirish jamgʻarmasi, Davlat tilida ish yuritish asoslarini oʻqitish va malaka oshirish markazi, Namangan viloyati hokimligi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Oʻzbek tili, adabiyoti va folklori instituti hamkorligida tashkil etildi.

➡️batafsil

✈️Telegram | ™️Facebook | 📺 Youtube
  • 👍 3
Post #1812 172
#jarayon

🤩Farg‘ona viloyati va Qo‘shtepa tumani bo‘ylab ma’rifiy uchrashuvlarni o‘tkazgan mehmonlar qishloq xo‘jaligi zahmatkashlarini ham e’tibordan chetda qoldirmadilar. Mutasaddilar tumandagi "Qoraqushchi-Otaboyev" MMTPga qarashli "Jo‘rabek Qodir yeri" fermer xo‘jaligiga tashrif buyurib, dalada mehnat qilayotgan ilg‘or terimchilar bilan ko‘rishdilar.

🤩Tadbirda ishtirok etgan Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbek tilini rivojlantirish jamg‘armasi direktori Azizjon Eminov, Davlat tilida ish yuritish asoslarini o‘qitish va malaka oshirish markazi direktori, professor Inomjon Azimov hamda Farg‘ona viloyati hokimining ma’naviyat va davlat tili masalalari bo‘yicha maslahatchisi Sohibjamol Tongotarova terimchilar bilan samimiy suhbatda bo‘ldilar.

🤩Suhbat davomida paxtani yig‘ib-terib olish ishlariga qo‘shayotgan hissalari hamda o‘z oilalari iqtisodini ko‘tarish yo‘lidagi fidokorona mehnatlari uchun paxtakorlarga chuqur minnatdorchilik bildirildi.

🤩Daladagi qizg‘in mehnat jarayonida paxtakorlarga ma’naviy hordiq va ko‘tarinkilik bag‘ishlash, ularni rag‘batlantirish maqsadida mehmonlar tomonidan ilg‘or terimchilarga kitoblar hamda esdalik sovg‘alari topshirildi.

✈️Telegram | ™️Facebook | 📺 Youtube
  • 👍 1
Post #1811 177
♾ Zukkoligingizni sinab ko‘ring!

🔘​Oddiy shashka o‘yini endi yangicha formatda! O‘yin davomida nafaqat g‘alaba uchun kurashasiz, balki o‘zbek tilidagi rasmiy va sohaviy atamalarni ham o‘rganasiz.

⚠️​O‘yin qoidalari juda oddiy:
​Har bir tosh harflardan iborat.
​Raqib toshini urib olsangiz, uning harfi sizning hisobingizga o‘tadi.
​Berilgan so‘zning rasmiy muqobilini doskadan birinchi bo‘lib yig‘gan o‘yinchi g‘olib bo‘ladi!

​🔥74 ta murakkab va qiziqarli bosqich sizni kutmoqda. Barchasini yakunlay olasizmi?

🎯Maqsad — rasmiy muomalaga kiritilgan o‘zbekcha so‘zlarni targ‘ib qilish va amaliyotga keng joriy etish.

Hoziroq boshlang ➡️ https://softilim.com.uz/soz-shashka

✈️ Telegram | ✅ Veb-sayt
Post #1810 216
#radio_loyiha

🇺🇿Ona tilimizni birgalikda boyitamiz. “Yoshlar” radiokanalida  “So‘z sandig‘i” loyihasi. 

🎙“Yoshlar” radiosida ( FM 104.0) “So‘z sandig‘i”...

✈️ Telegram | ✅ Veb-sayt
  • 👍 2
Post #1805 208
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbek tilini rivojlantirish jamg‘armasi #taqdimot ✅Farg‘onada o‘zbek tili va adabiyotiga oid muhim nashrlar taqdimoti o‘tkazildi ✅Ahmad Farg‘oniy nomidagi Farg‘ona viloyati axborot-kutubxona markazida “O‘zbek adabiy tili imlo qoidalarining shakllanish tarixi”, “Sotsiolingvistika atamalarining…
#taqdimot

✅Farg‘onadagi ma’rifiy taqdimotlar Qo‘shtepada davom etdi.

✅Viloyat markazida boshlangan ushbu ma’rifiy tadbirlar uzviy ravishda Qo‘shtepa tumanida davom ettirildi.

✅Tumandagi ixtisoslashtirilgan maktabda tashkil etilgan navbatdagi uchrashuvda ham iqtidorli yoshlar va adabiyot ixlosmandlari e’tiboriga yangi nashrlar – “O‘zbek adabiy tili imlo qoidalarining shakllanish tarixi”, “Sotsiolingvistika atamalarining izohli lug‘ati” hamda to‘rt jildlik “Alisher Navoiy ensiklopediyasi” havola qilindi.

✅Tadbirda Farg‘ona viloyati hokimining ma’naviyat va davlat tili masalalari bo‘yicha maslahatchisi Sohibjamol Tongotarova, shuningdek, taqdimotning avvalgi qismida qatnashgan mutasaddilar — Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbek tilini rivojlantirish jamg‘armasi direktori Azizjon Eminov hamda Davlat tilida ish yuritish asoslarini o‘qitish va malaka oshirish markazi direktori, professor Inomjon Azimov ishtirok etib, o‘quvchilar bilan muloqot qildilar.

✅Bu galgi suhbat markazida asosan taqdim etilayotgan kitoblarning ilmiy-ma’rifiy ahamiyatini tushuntirish, o‘zbek adabiy tilining boy imkoniyatlari hamda Alisher Navoiy merosi yosh avlodning ma’naviy yuksalishida qanday muhim o‘rin tutishi kabi mavzular yoritildi.

✅Jonli va taassurotlarga boy o‘tgan ushbu uchrashuv o‘quvchilarda ona tilimizga bo‘lgan hurmatni yanada mustahkamlab, buyuk ajdodlarimizning bebaho merosini chuqur o‘rganishga ishtiyoq uyg‘otdi.

✈️ Telegram | ✅ Veb-sayt
  • 🔥 1
Older posts →

About this channel

How can I read @uztrj without a Telegram account?
TGViewer shows the public web preview Telegram publishes for Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbek tilini rivojlantirish jamg‘armasi: recent posts, photos, videos and the subscriber count, with no app, login or account.
How many subscribers does Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbek tilini rivojlantirish jamg‘armasi have?
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbek tilini rivojlantirish jamg‘armasi (@uztrj) has 810 subscribers on Telegram, refreshed roughly every 30 minutes.
Does Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbek tilini rivojlantirish jamg‘armasi know I viewed it here?
No. Public channel previews carry no viewer identity, and TGViewer has no accounts or tracking of what you look up.
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →