TGViewer
Isroil Tillaboyev blogi Isroil Tillaboyev blogi @domlajon · 19.4K subscribers
Post #14502 3.12K
#FidoyiUstozlar

50 yillik stajli, Sharof Rashidovlar bilan suhbatlashgan ustoz bilan ko‘rishish baxtiga muyassar bo‘ldim!

Yakkasaroy tumani 118-maktabida roppa-rosa 50 yildan buyon dars berib kelayotgan fidoyi ustoz bor ekan.

U kishi — Abdullayeva Odinaxon ustoz!

Kontent markazining "Fidoyi ustozlar" loyihasiga 118-maktab direktori Fotima Kulmuratovna ustozlari haqida maʼlumot yuborgan edilar. Birlari haqidagi suhbatni avvalgi videoda ko‘rgan edingiz, endi sizga tanishtirmoqchi bo‘lgan ustoz ulkan tajribaga ega, shu maktabda 35 yildan buyon ishlab kelayotgan, umumiy pedagigik staji naqd 50 yil(!) bo‘lgan ustoz Odinaxon ustoz.

Odinaxon ustoz o‘zining o‘quvchilarini nevaralarini o‘qitmoqda hozirda. Shohirdlari o‘zi bilan birga ishlaydi, barcha ota-onalar Odinaxon ustozga beramiz, deya iltimos qilar ekan haligacha.

Shuncha bir stavka dars bilan birga darsdan keyin ham qo‘shimcha mashg‘ulotlar o‘tishmoqda. Biz kirganda ham shunday mashg‘ulotlarini endi tugatib, bolalarga javob berdilar.

Sinf xonalari chinnidek, o‘zlari AKTni ham besh qo‘ldek biladigan, butun umrini boshlang‘ich o‘quvchilarga harf o‘rgatishga bag‘ishlagan ustoz bilan tanishish men uchun sharafdir.

Bunday ustozni eʼzozlab, u kishini duolarini olib birga ishlayotgan 118--maktabning fidoyi direktori Fotimaxon opaga va butun maktab jamoasiga havas qildim!

Odinaxon ustozga kuch-quvvat tilab, xayrlashdik. Barcha ustozlarni shunday eʼzozli ustoz bo‘lishini tilaymiz.

Ustoz bilan suhbatimizni tomosha qiling va shunday ustozga havas qiling: 👇👇👇

https://www.instagram.com/reel/DecGWM4MSxl/?xtok=cW5uOGdqdHJxNjhv


Siz ham Kontent markazining "Fidoyi ustozlar" loyihasi yordamida o‘z hayotida chuqur iz qoldirgan, shogirdlari kamoloti uchun sidqidildan mehnat qilayotgan ustozingizni butun O‘zbekistonga taniting!

📩 Tavsiyalar: @fidoyibot

#fidoyi_ustozlar

@domlajon
t.me/domlajon
  • ❤ 24
  • 🔥 7
  • 👏 2
  • 🥰 1
  • 😍 1
More from @domlajon
  1. Oct 14, 2026Aмерикалик ўқитувчи шундай дейди: бошланғич синф ўқувчиларига дарс бериш ниҳоятда оғирлаши…
  2. Oct 13, 2026Shaxmat orqali katta mukofot yutish imkoni: sovrin jamgʻarmasi 620 million soʻm boʻlgan "Z…
  3. Oct 13, 2026Vazirlik nomi o‘zgardi. Maktab, bog‘chalardagi peshtaxtalarni o‘zgartirishga budjetdan pul…
  4. Oct 13, 20263 kundan buyon Yandex taxi tarmog‘i Rossiyadagi bazasi portlatilgani oqibatida bizda ham f…
  5. Oct 13, 2026Bosh vazirning birinchi o‘rinbosari — ta’lim va ilm-fan vaziri rahbarlik qiluvchi tuzilmas…
  6. Oct 13, 2026#FidoyiUstozlar 🌟 👩‍🏫 Murodova Nasiba — 25 yillik tajribaga ega fidoyi ustoz! 📍 Toshke…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →